STOL TENNISI BÖYIÇA QORAQALPOĞISTON ÇEMPIONATI ÖTKAZILDI
Ikki kişi yoki ikki kişilik guruh orasida öynaladigan öyini – stol tennisi juda qadimiy hisoblansa-da, Özbekistonga 20 asr boşlarida kirib kelgan.
Uşbu çaqqonlik, epçillik va öta huşyorlikni talab etuvçi öyin mamlakatimizda mustaqillik yillarida ommalaşdi va rivojlandi, mamlakatimizning barça hududlarida tennis kortlari qurildi. Tennis öynaş uçun sportçilarga, tomoşabinlarga qulay şaroitlar yaratildi. 1992-yilda Özbekiston tennis Federatsiyasi tuzildi va Xalqaro tennis Federatsiyasining aʼzosi böldi.
Ötgan davr mobaynida sportning bu turi böyiça köplab nomdor, dunyo tan olgan vakillar yetişib çiqdi va ularga munosib örinbosar sportçilar tayyorlaşga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Xususan, uşbu sport turi bilan yoşlar-ösmirlar umumiy örta taʼlim maktablari tögarak maşğulotlarida, sport maktablarida şuğullanişib, öz iqtidorlarini rivojlantirişmoqda. Ularning bu saʼy-harakatlarini rağbatlantiriş, ommaviyligiga erişiş maqsadida turli musobaqalar taşkil etilmoqda.
2021-yil – Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida şu yilning 1-4-dekabr kunlari Amudaryo tumanida stol tennisi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionati bölib ötdi.
Musobaqalarga poytaxt Nukus şahri va tumanlardan havaskor tennisçi sportçilar iştirok etdilar. 2010-yilda tuğilgan va undan yoş ösmir öğil bolalar va qizlar örtasida ötkazilgan çempionatga 60 nafar öğil bolalar, 40 nafar qizlar iştirok etib, ğoliblik uçun özaro bellaşdilar.
Sportning stol tennisi turining ommaviyligiga erişiş, mahoratli tennisçilarni aniqlaş va ularning öz qobiliyatlarini namoyiş etişlariga şaroit yaratiş, nufuzli musobaqalarda Qoraqalpoğiston sport şarafini munosib himoya qila oladigan sportçilarni tarbiyalaş maqsadida taşkil etilgan musobaqalarda barça iştirokçilar öz imkoniyatlari darajasida ğoliblik uçun kuraş olib bordilar.
Beş kun davom etgan bellaşuvlar natijalariga köra, öğil bolalar örtasida birinçi örinni tumanimiz vakili Sarvar Rahimov, ikkinçi örinni Qonliköl tumani vakili Ramazon Abdijamilov, uçinçi örinlarni esa amudaryolik Zafarbek Yunusov, Çimboy tumani vakili Asad Sitçanovlar egalladilar.
Çempionatning qizlar orasidagi bahslari ham qiziqarli va murosasiz keçdi. Natijalarga köra, Nukus şahri vakillari Hurliman Madenova birinçi, Aydana Sarsenboyeva ikkinçi, Çimboy tumani vakili Qurbongul Turğonboyeva, Şömanay tumani vakili Aysöna Tirkeşovalar esa uçinçi örinlarni egalladilar.
Musobaqa yakunida ğolib bölgan va faxrli örinlarni egallagan yoş tennisçilarga taşkilotçilar tomonidan Diplom va qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Sönggi yillarda yurtimizda aholini, ayniqsa, yoşlarni sportga keng jalb etiş, ularning soğlom hayot keçirişlarini taʼminlaş masalasi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Ötkazilgan uşbu çempionat ham ana şu kabi maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶