USTOZLARIMDAN MINNATDORMAN
Inson orzu-maqsadlar bilan yaşaydi. Ularga yetişişga harakat qilib, doim oldinga intiladi. Örganişlar bilan boşlangan hayot örganişlar bilan davom etadi. Ayniqsa, taʼlim maskani inson hayotida ulkan ahamiyat kasb etadi. Bilim dunyosiga ilk qadam şu yerdan boşlanadi. Ustoz-öqituvçilarimiz bor bilimini bizga beradi, ilm örgatib, mustaqil hayotga kuzatadi.
Men 40-sonli maktabda tajribali, mahoratli ustozlardan taʼlim oldim. Bu dargohga kelgan ilk kunim, hayajonlanganim hamon yodimda. Ustozlarim mehr bilan qölimdan tutib, boşlab kirgan bu ziyo maskanida yillar davomida bilim örgandim. Barça fanlarni öqituvçilarim yordamida özlaştirdim, tuşunçalarimni kengaytirdim. Tarix fanidan Jahongir Otaniyozov, matematikadan Doniyor Yöldoşev, ingliz tilidan Nurbek Jumaniyozov, ona tilidan Hulkaroy Xöjaniyozovalardan taʼlim olib, tafakkurimni boyitdim. Kasb tanlaşimda ham ota-onam bilan bir qatorda öqituvçilarimning kömagi beqiyos böldi. Mendagi iqtidorni töldirib, şakllantirgan muallimlarim bergan bilimlar bilan talaba bölişga erişdim. Ayni paytda nufuzli oliygohlardan biri bölgan Toşkent Davlat huquqşunoslik universitetida 1-bosqiçda, yangi ustozlarimdan tahsil olişni boşlab yubordim.
Men kelajakda kuçli bilimga ega huquqşunos bölib, rahmatlik bobom Gulmirza Matyusupov va buvijonim Şukurjon Rajabova, dadam Möʼminjon Matyusupovlar kabi tumanimiz aholisining haq-huquqlari qonuniy himoya qilinişiga, fuqarolarning huquqiy ongi, bilimi, madaniyati yuksalişi, davlatimizdagi qonunlar, hujjatlar ijrosi taʼminlanişiga hissa qöşişni maqsad qilganman.
Bu hayotimda ustozlarim tufayli erişgan ilk va eng katta yutuğim. Şunday baxtga muşarraf bölişimga kömak bergan ustozlarimdan juda minnatdorman hamda ularni Öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami bilan tabriklayman. Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
Muhsinbek Mirzayev, Toşkent Davlat huquqşunoslik
universiteti 1-bosqiç talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶