USTOZLARIMDAN MINNATDORMAN
2011-yilning bahor fasli. Ayni “Sönggi qönğiroq” bayrami arafasi edi. “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi) gazetasidan uyimizga bir neçta nusxa keldi. Mazkur gazetaga men “Sönggi qönğiroq”, “Ustozimga” şeʼrlarimni yuborgan edim. Buni qarangki, şeʼrlarim gazeta sahifalarida bosilib çiqibdi.
Şu paytda şeʼrlarimni körgan tengdoşlarim menga havas bilan qaraydigan böldi. Eng muhimi, maktabimizda muştariylar eʼtirofiga sazovor böldim.
Albatta, gazeta sahifalarida bosilib çiqqan mitti şeʼrlarim mening hayot yölimning deboçasi böldi.
Şundan söng, hikoya, maqolalarim ham gazeta sahifalarida yoritila boşladi. Mana şundan buyon ön yildan ortiq vaqt ötdi. Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, qalam ahlining doimiy madadkori va suyançi – uning ustoz-murabbiyi sanaladi. Ortda qolgan yillar mobaynida “Taraqqiyot közgusi” tahririyatida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar menga ustozlik qildilar. Şulardan Allambergan Jumaniyozov, Ğulomjon Yeşniyozov, Robiya Yöldoşeva, Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganovalar menga öz bilimlarini berişdi.
Darvoqe, oiladagi adabiy muhit men uçun onamning kasbini tanlaşda boş omil bölgan, desam yanglişmayman. “Ot izini toy bosar”, deganidek bugungi kunda Qoraqalpoq Davlat Universiteti Jurnalistika fakultetining 4-bosqiç talabasiman.
Ayrim yurtdoşlarimiz bosma naşrlar yöqolib, ularning örnini internet saytlari egallaşini takrorlaşmoqda. Bu mutlaqo notöğri. Sababi, dunyoning rivojlangan davlatlarida internet naşrlari bizdagiga nisbatan ön karra taraqqiy etgan. Ammo şunday bölsa-da, davlatlarda matbuot millionlab nusxada çop etilmoqda. Çunki, gazeta va jurnallarni yuz yildan keyin ham qölga olib öqişimiz mumkin.
Çindan ham bular isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Negaki, matbuot hamişa jamiyat közgusi bölib kelgan, şunday bölib qoladi ham. Men uşbu fursatdan foydalanib, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati jamoasini, umr-u jonini ijodga baxşida etgan ustozlarni tabarruk sana – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan muborakbod etaman!
Sevara Ismoilova,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶