Uçastka saylov komissiyalari tomonidan saylovga qizğin tayyorgarlik körilmoqda
Mamlakatimizda tobora yaqinlaşayotgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik işlari qizğin tarzda olib borilmoqda. Amudaryo tumanida hamda uşbu muhim siyosiy jarayonni munosib tarzda ötkaziş borasida amaliy işlar olib borilmoqda.
Tumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkaziş maqsadida jami 64 ta saylov uçastkalari tuzilgan bölib, ularning 54 tasi umumtaʼlim maktablarida, 2 tasi kasb-hunar maktabida, 1 tasi musiqa va sanʼat maktabida, 1 tasi muhandislik texnikumida, 1 tasi sport maktabida, 3 tasi madaniyat muassasalarida, 1 tasi fuqarolar yiğinlari binolarida va 1 tasi taşkilot binosida joylaşgan. Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov komissiyasining qarori bilan saylovçilar soniga qarab, har biri 11-15 nafar aʼzodan iborat tarkibda uçastka saylov komissiyalari tuzildi.
Aytiş kerakki, tumanda saylov uçastkalarining moddiy-texnik taʼminoti hamda saylovçilar uçun qulayliklar yaratiş bilan boğliq taşkiliy işlar öz vaqtida amalga oşirildi. Saylov uçastkalarida mavjud muammo va kamçiliklar barataraf qilinib, xonalar zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Saylovga tayyorgarlik köriş, saylov bilan boğliq jarayonlar xususida jamoatçilikni xabardor qilib boriş, aholi, ayniqsa, saylovda ilk marotaba qatnaşadigan yoşlarning bu boradagi bilim va tuşunçalarini kengaytiriş borasida tarğibot-taşviqot işlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, tumandagi Qipçoq ovul fuqarolar yiğini binosida joylaşgan 141-saylov uçastkasida ham saylovga tayyorgarlik işlari avjida. Uçastka saylov komissiyasi raisi Ibragim Rajabov boşçiligida barça zaruriy işlar öz muddatlarida amalga oşirilmoqda. Saylov uçastkasi markazi bölmiş ovul fuqarolar yiğini binosida mahalliy byudjet mablağlari hisobidan 392 mln söm mablağ evaziga qayta taʼmirlaş işlari olib borildi. Bino atrofi obodonlaştirilib, gullar ekildi. Xonalar zaruriy jihozlar - stol-stullar, kompyuter jamlanmalari bilan jihozlanib, saylovçilar uçun barça qulayliklar yaratildi.
Aytiş kerakki, 141-saylov uçastkasi hududida ikkita aholi punkti mavjud bölib, bular Kökça hamda Qayrovul aholi punktlaridir. Ularda istiqomat qiluvçi jami aholi soni 3701 nafarni taşkil etib, ularning 2407 nafari saylov jarayonlarida iştirok etadilar. Şundan 107 nafari 18 yoşga tölgan, saylov jarayonlarida ilk bora iştirok etadigan yoşlardir.
Çoyköl ovulidagi 22-sonli maktabda joylaşgan 138-sonli uçastka saylov komissiyasi aʼzolari ham saylovga tayyorgarlik jarayonlarini qizğin tarzda davom ettirişmoqda. Uçastka saylov komissiyasi raisi Azimjon Bekbergenov boşçiligidagi 15 nafar aʼzolari Prezident saylovini munosib ötkaziş maqsadida tizimli işlarni taşkil etmoqdalar.

Xususan, saylov uçastkasi markazi joylaşgan binoda mavjud kamçiliklar aniqlanib, zarur quriliş-taʼmirlaş işlari olib borildi. Uçastka saylov komissiyasi raisi, örinbosari, kotibi hamda aʼzolarining samarali faoliyat olib borişlari uçun alohida xonalar ajratilib, yumşoq mebellar, televizor, stol-stul hamda kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlangan. Saylov uçastkasi hududida 543 ta xonadonda istiqomat qiluvçi 595 ta oilalar mavjud. Jami aholi soni 3564 nafarni taşkil etib, ularning 2318 nafari saylovçilardir.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, uçastka saylov komissiyalari raisi, örinbosari, kotiblari hamda aʼzolari malakalarini oşiriş maqsadida saylov qonunçiligi doirasida turli mavzularda seminar-trening maşğulotlari ham ötkazilmoqda.
Tumanimizdagi Oybek nomli mahalla hududidagi 55-sonli maktab 97-sonli saylov uçastkasining markazi hisoblanib, bu yerdagi uçastka saylov komissiyasi tomonidan ham saylovga munosib tayyorgarlik körilmoqda. Uçastka saylov komissiyasi raisi Rohatoy Yusupova boşçiligida 13 nafar kişidan iborat uçastka saylov komissiyasi siyosiy jarayonni qonun talablari asosida ötkaziş borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

Saylov uçastkasi hududida 25 ta köça joylaşgan bölib, ularda 4530 nafar aholi istiqomat qilişadi. Şundan jami saylovçilar soni 2500 nafar bölib, birinçi marta ovoz beruvçilar 78 nafarni, közi ojizlar 3 nafarni, nogironligi bor fuqarolar 67 nafarni taşkil etadi.
Uçastka saylov komissiyasi joylaşgan bino Saylov kodeksi va boşqa zarur qöllanmalar bilan taʼminlangan. Uçastka saylov komissiyasi raisi, örinbosari, kotibi va aʼzolarining faoliyat olib borişlari uçun alohida xonalar ajratilib, ular kompyuter jamlanmalari, telefon, stol-stullar bilan yetarli darajada taʼminlangan.
Taʼkidlaş kerakki, tumanimizdagi barça saylov uçastkalarida ham Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik körilib, saylovçilarning saylovda iştirok etişlari uçun barça qulayliklar hamda şaroitlar yaratilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶