Tadbirkorlar murajaatlarini hal qiliş yuzasidan sayyor qabul ötkazildi
Bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan tadbirkorlik subektlarini yanada qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirişga qaratilgan köplab imkoniyatlar hamda şart-şaroitlar yaratilmoqda.
Joriy yilning 14-sentyabr sanasida Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qiliş, ularga har tomonlama yordam beriş, taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi mudiri Rinat Aytmuratov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil devonining Qoraqalpoğiston Respublikasidagi boş inspektori Aybek Kamalov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosarlari, bölimlar boşliqlari, korxona-taşkilotlar masʼullari hamda tadbirkorlar iştirok etdilar.
Uçraşuvda sözga çiqqanlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 20-avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ötkazgan oçiq muloqotida sohani yanada rivojlantiriş borasida qator ustuvor vazifalar belgilab berilganini qayd etdilar.
Taʼkidlanganidek, Prezident mazkur uçraşuvda tadbrikorlar murojaatlarini hal qilişga qaratilgan 7 ta muhim yönalişni körsatib ötdi. Birinçi yönaliş – biznesni moliyalaştiriş, ikkinçisi – soliq tizimini takomillaştiriş va biznesga soliq yukini kamaytiriş, uçinçisi – yer ajratiş, törtinçisi – infratuzilma, beşinçisi – eksportyor korxonalarni qöllab-quvvatlaş, oltinçisi – transport-logistika, yettinçisi – sohadagi tartib-taomillarni soddalaştiriş masalalariga qaratildi.
Tuman hokimligida ötkazilgan uçraşuv mobaynida tadbirkorlar tomonidan turli mazmundagi 15 dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatlardagi masalalar asosan elektr taʼminoti, bank-kredit, savdo qiliş uçun terminal oliş mazmunida bölib, köpçilik tadbirkorlar kredit olişda muammolarga duç kelayotganlarini, ularni hal qilişda amaliy yordam berişlarini sörab murojaat qildilar.
Xususan, “Maftuna-Sultonboy Qoramon” oilaviy korxonasi rahbari Mahkambek Şerjanovning elektr tarmoğiga ulanişda amaliy yordam sörab qilgan murojaati, “Örta qalʼa çorvadori” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Ğulom Rasulovning parrandaçilik fermer xöjaligiga tuman ekologiya bölimidan xulosa olişda amaliy yordam beriş haqidagi murojaatlari tegişli masʼullar tomonidan körib çiqilib, hal qilinadigan böldi.
Şuningdek, tadbirkorlarning bank va kredit masalalarida qilgan murojaatlari böyiça tumanimizdagi tijorat banklari filiallari masʼullariga topşiriqlar berilib, muammolar bartaraf qilinadigan böldi. Tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga tegişliça javoblar qaytarildi.
Tuman hokimlining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶