Keldi çin nurli davron
(Qasida)
“Işonçim bor, Vatan, bir kun,
kelar çin nurli davroning”
Erkin Vohidov.
Toğlar tomon solingan söqmoqlarda izim bor,
Daryolarga qöşilgan irmoqlarda sozim bor.
Sozimning jarangidan taralgan hur sözim bor:
Sözim budir, Ona Yurt, jonimga ekdim seni,
Bolajonim, desang bas, Onajon – Vatan, meni!
Çaqirtoşlar tovonim tilganda “voh”, demadim,
Kezib çöl, biyoboning quvroq giyoh körmadim.
Tuz böhron tört tomonim, “bu ne hol, oh”, demadim,
Şunçalar latif, xoksor, mehribon kördim seni,
Oğirimni yelkalab, asrading Vatan, meni!
Purviqor toğlaringday yuksalganda yuraklar,
Nasib etdi beklarday, öz yerimda yurmaklar,
Har şahr-u çorboğingda davr-u davron surmaklar...
Bu dunyo ayvonida mardona kördim seni –
Oppoq, oydin yöllarga şaylading Vatan, meni!
Qayon boqsam özgariş – ezgu işlar pallasi,
Har onda yangilaniş – yangi “yöl xaritasi”.
Xaritada yöq yangliş – ayon xalqning ertasi,
Tildan tuşmas şukrona! Kördim uluğ imkonni –
Taraqqiy etayotgan Yangi Özbekistonni!
Köz yetgan joy guluzor, obodon mahallalar,
Tinmagay şom-u sahar kuy, qöşiq va yallalar.
Törtta fasl betakror sepin yoygan pallalar,
Poylaringga tökilib, otam, deb suydim seni,
Şul mehrdan qöymasin Yaratgan egam meni!
Yer-u osmon saylgoh, xuşxonlar sayrondadur,
Yulduzlar tunga panoh, oy tongga salomdadir.
Rizqqa töla dala, boğ, har köngil oromdadir,
Haq, hidoyat yölida sobit kördim elimni –
Özingdan uzmagayman aslo Vatan, dilimni!
Öttiz yillik dovondan oşgan mard-i maydonim,
Mustahkam ildizlardan quvvat olgan arkonim.
Taraqqiyot mavjidan orolangan davronim,
Közlarimga tötiyo, tabarruk etgum seni –
Mehrigiyoh bağringdan qöymasin Vatan, meni!
Törtta faslga monand naqşlangan koşonam,
Yelkalarin yağrida bars qişlagan afsonam.
Bedov otlar maydonda, çars, kişnagan ostonam,
Oriyati, ğururi heç sinmagan qudratim –
Kökragimni tik tutgan, bukilmagan qurbatim!
Vatan! Keldi davroning, bağringda erkin quşman,
Istiqlol – çaroğboning, kim uçundir men tuşman.
Çamanzor tört tomoning – çamaningdan unmişman,
Gul-u gulzor içinda sarviqad kördim seni –
Sarv-u gullaring aro mohiröy etding meni!
Mamnunman, tonglarimda, har kunimda halovat,
Döst-yoron yonlarimda, tilda şukr – qiroat.
Fayziyob davralarda bir mehrli harorat –
Xalq-u Vatan bir jon-tan, kelib çin nurli davron –
Bugun uluğ töyxona jonajon Özbekiston!
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶