“Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda “Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida tarğibot oyligi ötkaziş töğrisida
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan 1991-yildan boşlab tuman gazetasi jamiyatni eski tuzum mafkurasidan xalos qilib, mustaqillikni mustahkamlaşdek buyuk va şarafli vazifani ado etişda, xalqimizni milliy istiqlol ğoyalariga sadoqat, ming yillar davomida şakllangan qadriyatlar, milliy urf-odat va anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalaşda, ularni imon-eʼtiqodli qiliş, dunyo tamadduniga hissa qöşgan ota-bobolarimizning boy maʼnaviy merosini asrab-avvaylaş va uning bebaho qadr-qimmatini yoşlarga anglatiş, ularning qalblarida faxr-iftixor, Özbekistonning buyuk kelajagiga işonç tuyğularini uyğotişda muhim vosita bölmoqda.
Bugun erkin va ozod Vatan, obod va farovon turmuş quriş, mamlakatimizni har jihatdan taraqqiy ettirib, demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati quriş, uni dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga qöşiş, aholini, ayniqsa yoşlarni milliy istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşda ham "Taraqqiyot közgusi” gazetasi fidoyi va jonkuyar tarbiyaçi vazifasini bajarmoqda.
Ayniqsa, hozirgi globallaşuv davrida va şiddatli zamonda "Taraqqiyot közgusi” gazetasi, uning ilovasi "Mening oilam” gazetasi hamda tahririyatning Internetdagi www.amunews.uz veb-saytida berilayotgan tezkor va xolis xabarlar, publitsistika janriga oid ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda iqtisodiy hayotni tölaqonli aks ettiruvçi lavha va oçerklar tumanimiz aholisining axborotga bölgan ehtiyojini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Şularni hisobga olib, mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati katta ekanligini eʼtirof etgan holda
QAROR QILAMAN:
1. "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati mehnat jamoasining tumanda 2014-yil 15-iyuldan 15-avgustgaça "Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida tarğibot oyligi ötkaziş töğrisida bildirgan taklifi maʼqullansin.
2. "Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida tarğibot oyligi ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin (ilovalar berilmaydi).
Taşkiliy qömitaga Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyatiga bağişlangan barça tadbirlarni yuqori saviyada, mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligiga hamohang tarzda taşkil qiliş hamda ötkaziş vazifasi topşirilsin.
3. "Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida ötkaziladigan tarğibot oyligi doirasida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati (Ğ.Yeşniyozov)ga tarğibot oyligini ötkaziş bilan boğliq çora-tadbirlarning bajarilişi böyiça har haftada Taşkiliy qömitaga axborot berib boriş vazifasi topşirilsin.
5. Tumandagi muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari belgilangan uçraşuvlar rejasiga muvofiq öz mehnat jamoalarida, ovul va mahallalarda tarğibot oyligi doirasida ötkaziladigan ijodiy keçalar, adabiy-badiiy uçraşuvlarni yuqori saviyada taşkil qilişda amaliy yordam körsatsinlar.
6. Uşbu qarorning bajarilişini nazorat qiliş tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova zimmasiga yuklansin.
R.Yöldaşev,
Amudaryo tumani hokimi.
2014-yil 7 iyul, 443-son.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶