SAYYoR SUD MAJLISIDA LITsENZIYaSIZ AVTOTRANSPORT XIZMATI KOʻRSATISh BOʻYIChA HUQUQBUZARLAR JAZOLANDI
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 176-moddasi, 3 bandiga muvofiq aholiga litsenziyasiz avtotransport xizmatini koʻrsatganligi uchun bunday xizmat turi bilan shugʻullangan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigacha, agar bu huquqbuzarlik holati mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 150 baravarigacha jarima jazosi qoʻllanilishi belgilangan.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksda belgilangan maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha jazo choralari qoʻllanilganidan soʻng, bir yil davomida qayta huquqbuzarlik sodir etilganda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima jazosi tayinlanadi.
Shunday boʻlsa-da, baʼzi avtomotransport vositalarini boshqaruvchi shaxslar tomonidan bu boradagi mavjud qonun-qoidalarga, Nizom talablariga rioya qilmasdan, maxsus litsenziyaga ega boʻlmay turib, xalqqa xizmat koʻrsatish holatlari uchramoqda. Maxsus litsenziyaga ega boʻlmay turib aholiga avtotransport xizmati koʻrsatish qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligining avtomobillarda yoʻlovchi tashish xavfsizligini taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha boʻlimi tomonidan muntazam ravishda reydlar oʻtkazilib, bu boradagi kamchiliklar vaqtida aniqlanmoqda va zarur choralar koʻrilmoqda.
Xususan, joriy yilning avgust oyi boshidan shu kunga qadar Respublika hududlarida 141 ta reyd tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu reyd tadbirlari jarayonida mavjud qonun-qoidalarga amal qilmaslik holatlari aniqlanib, huquqbuzar fuqarolarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima jazolari qoʻllanildi. Bir necha avtotransport vositalari esa vaqtinchalik jarima maydonchalariga qoʻyildi.
Joriy yilning 10-avgust sanasida Amudaryo tuman Davlat Soliq inspektsiyasi maʼmuriy binosida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Arman Koshanov raisligida boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksda belgilangan qonun talablariga rioya qilmasdan, maxsus litsenziyaga ega boʻlmay turib, aholiga avtotransport xizmati koʻrsatgan shaxslarga qonunda belgilangan talablar asosida jarima jazolarini tayinlash boʻyicha toʻplangan maʼmuriy ishlar koʻrib chiqildi.
Unga koʻra, maxsus litsenziyasiz, zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan aholiga avtotransport xizmati koʻrsatib, oʻz xatti-harakatlari bilan mavjud qonun talablarini buzgan 17 nafar shaxs qarshisiga toʻplangan ishlar birma-bir muhokama etilib, ularga nisbatan qonunda belgilangan tegishli jazo choralari qoʻllanildi.
Sayyor sud majlisida mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashda nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari, balki fuqarolar ham masʼul ekanligi taʼkidlanib, fuqarolar orasida huquqbuzarliklar sodir boʻlishining oldini olishda ularning huquqiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶