QONUNÇILIKKA KIRITILGAN ÖZGARTIRIŞLAR SAYLOVLARNING DEMOKRATIK TARZDA ÖTIŞINI TAʼMINLAYDI
Yurtimiz va xalqimiz hayotida bu yil muhim siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bölib ötadi.
Özbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi ÖRQ-670-sonli Qonuni bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga özgartiriş kiritildi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi belgilab qöyilgan.
Saylov kodeksining 10-moddasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunçilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengaşlarga deputatlar saylovini ötkaziş böyiça saylov uçastkalari tuman va şaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilişi belgilangan edi. Yangi özgartişga muvofiq uşbu moddadagi Mahalliy Kengaşlar viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari hamda tuman-şahar Kengaşlariga ajratilib, viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari deputatligiga saylovlar böyiça saylov uçastkalari okrug saylov komissiyasi tomonidan, tuman, şahar Kengaşlari deputatlari saylovini ötkaziş böyiça saylov uçastkalari esa tuman, şahar saylov komissiyalari tomonidan tuzilişi belgilandi.
Kiritilgan özgartirişlarga köra saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan şikoyatlar faqat sudlar tomonidan körib çiqiladi. Prezident saylovini ötkaziş böyiça okrug saylov komissiyasi 8–18 aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. Ilgari 6-8 nafar edi. Endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (maşğulotining turi), iş joyi kiritilmaydi. Saylovçilar bilan uçraşuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning ötkaziliş joyi va vaqti haqida tegişli tuman (şahar) hokimliklari kamida uç kun oldin yozma ravişda xabardor qilingan holda ötkaziladi. Bunda uşbu ommaviy tadbirlarni ötkaziş uçun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Qonun bilan, Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uçastkalarida ovoz beriş saylov kuni uşbu saylov uçastkalari joylaşgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gaça ötkazilişi belgilandi.
Saylovlarning oçiq-oşkora tinç va qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda ötkazilişida sudlarning ham örni katta. Zero, har qanday demokratik davlatlarda bölgani kabi saylovoldi taşviqotlari va saylovgaça bölgan boşqa jarayonlardan, şuningdek, saylov natijalaridan saylovçilar va saylanuvçilar hamda boşqa şaxslar tomonidan eʼtirozlar yuzaga kelişi tabiiy jarayon hisoblanadi. Bunday hollarda, saylov qonunçiligi buzilişlarining sudlar tomonidan körib çiqilişi amaldagi qonun hujjatlarida belgilab qöyilgan. Kodeksning 86-moddasiga kiritilgan özgartişga köra, Senat aʼzolari saylovi yakunlari ustidan Öz.R Oliy sudiga şikoyat beriş muddati ön kundan 15 kunga uzaytirildi.
Kodeksga kiritilgan yangi özgartirişlarda saylov komissiyasi aʼzolari va saylovçilarga yanada kengroq imkoniyat yaratişga alohida eʼtibor qaratilgan. Saylov komissiyalarining aʼzolariga saylovga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkazişga doir xarajatlar smetasida körsatilgan miqdorda transport, ovqatlaniş xarajatlarining va boşqa xarajatlarning örnini qoplaş maqsadida kompensatsiya tölanişi, saylov komissiyasining doimiy iş joyiga ega bölmagan aʼzolariga, şu jumladan pensionerlarga mehnatga haq tölaşning yagona tarif setkasiga muvofiq iş haqi tölanişi belgilandi. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolariga aeroport, aerovokzallar, temir yöl vokzallari hamda stantsiyalarining rasmiy şaxslar va delegatsiyalarga xizmat körsatiş zallaridan tekin foydalaniş huquqi berildi. Saylovçilarning çet davlatda turgan joyida ovoz beriş borasidagi munosabatlar ham tartibga solingan. Şuningdek, saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida töldiriş uçun trafaretlar tayyorlanişi mumkin.
Qonunçilikka kiritilgan mazkur özgartirişlar saylovlarning demokratik tarzda ötkazilişiga xizmat qiladi.
Qayrulla Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶