“MILLIY TIKLANIŞ” DEMOKRATIK PARTIYaSI MUHOFAZA OSTIDAGI MADANIY MEROS OBʼEKTLARINI ÖRGANDI
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining 2025-yilga möljallangan iş rejasida muhim vazifalar belgilangan. Bu vazifalar orasida röyxatga olinmagan madaniy meros obʼektlarini aniqlaş, ularning yöqolib ketişining oldini oliş, davlat muhofazasini kuçaytiriş, ularni davlat yoki YuNESKO röyxatiga kiritiş böyiça takliflar işlab çiqiş hamda bu natijalar asosida doimiy komissiyalar va Kengaş sessiyalariga masalalar kiritiş, deputat sörovlari çiqariş va mansabdor şaxslarning hisobotlarini eşitiş böyiça işlar mavjud.
Uşbu vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesidagi “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzolari, partiya Markaziy Kengaşi vakillari, mahalliy Kengaşlarga partiyadan saylangan deputatlar, partiya Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi xodimlari hamda soha ekspertlaridan iborat işçi guruhi Amudaryo tumanida joylaşgan Çilpiq qalʼa yodgorligi arxeologiya obʼektining bugungi holati, turistik infratuzilmasi va kadastr hujjatlari bilan tanişdi.
QORAQALPOĞISTONDAGI MADANIY MEROS OBʼEKTLARI
Qoraqalpoğiston Respublikasida jami 299 ta moddiy madaniy meros obʼekti davlat muhofazasiga olingan. Şulardan:
131 tasi – arxeologiya obʼektlari;
24 tasi – arxitektura yodgorliklari;
99 tasi – monumental sanʼat yodgorliklari;
45 tasi – diqqatga sazovor joy obʼektlari.
ÇILPIQ QALʼANING ÖZIGA XOSLIKLARI
Çilpiq qalʼasi Amudaryo tumanining Qipçoq ovuli hududida joylaşgan. Qalʼa devorlarining balandligi 15 metrga yetadi va balandligi 0,8-1,05 metr bölgan paxsa (loydan) bloklardan qurilgan. Devorlarning eni yuqorida 2-3 metr, pastki qismida esa 4,8-5,5 metrni taşkil etadi. Devorlarning taşqi yuzalari asosga nisbatan 80 gradusga teng qiyalikka ega. Içki maydonçaning örta qismida qoya çiqib turadi. Bu qoya va devor orasidagi böşliq butun balandligi böylab qum va loy bilan töldirilgan bölib, uning qalinligi gorizontal qatlamlarga bölingan. Vertikal böylab esa antik ölçamdagi (40x40x10-11 sm) ğiştdan ötkirlaştirilgan radial devorlar bilan ajratilgan.
Örganişlar davomida deputatlar arxeologiya merosi obʼektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş holatini yanada takomillaştiriş masalalari böyiça asoslantirilgan takliflar berişdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶