TUMANIMIZ ĞALLAKORLARI YuKSAK QIRMIZI DON XIRMONINI BUNYoD ETDILAR
Tumanda ötgan yil kuz mavsumida 2021-yil hosili uçun 324 ta fermer xöjaliklari hamda qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 3800 gektar maydonga ğalla ekilib, davlatga 9500 tonna qirmizi don yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzilgan edi. Şundan 25 ta fermer xöjaliklarida 316,8 gektar maydonda uruğlik ğalla ekilib, 950 tonna uruğlik don yetiştiriş rejalaştirildi va barça ğalla ekilgan maydonlarda kuzgi-qişki va bahorgi agrotexnik tadbirlar öz vaqtida amalga oşirildi.
Ğalla örim-yiğim işlarini uyuşqoqlik bilan taşkil etiş böyiça tuman ştabi taşkil etilib, çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi. Unga köra, 324 ta fermer xöjaliklarida 18 ta örim-yiğim otryadlari tuzildi. Ğalla isrofgarçiligining oldini oliş maqsadida örim-yiğim mavsumida 18 ta otryadga jami 109 nafar masʼullar, şundan 54 nafar IIB xodimlari biriktirildi.
Mavsum jarayonida 18 ta kombayn yuksak unum bilan işlatildi. Şuningdek, ğallani zahira omboriga talofatsiz yetkazib berişda 54 ta yuk avtomobillari, 36 ta transport traktorlari, 18 ta köçma taʼmirlaş ustaxonasi, 18 ta yoqilği taşiş agregatlari samarali faoliyat olib bordi. Natijada ğallakor dehqonlarimiz peşona teri evaziga yetiştirilgan yuksak qirmizi don xirmoni bunyod etildi. Deyarli barça ğalla ekilgan maydonlardan yuqori navli ğalla yiğiştirib olindi. Tumanimiz ğallakorlari zimmalaridagi şartnomaviy rejalarini şaraf bilan ado etdilar.
Ayni kunlarda esa ğalladan böşagan maydonlarga rejadagi takroriy ekinlarni ekiş işlari ham nihoyasiga yetkazilib, vaqtinça işsiz yoşlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ekin ekib, foydalanişlari uçun hosildan böşagan ğalla maydonlaridan yer ajratib berilmoqda.
F.Saʼdullayev, tuman hokimining qişloq va
suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶