XOTIRALARDA YaŞAYoTGAN QAHRAMON JANGÇI
Tumanimizning sölim qişloqlaridan biri – Xitoy ovulida tuğilib-ösgan Baxtjon Tojimbetov Örinboy oğa bilan Gulsara onalarning önta bölsa – örni, qirqta bölsa – qiliği boşqa 12 nafar farzandlarining biri edi. Tabiatan mehribon, bir sözli va qatʼiyatli Baxtjon özining epçilligi, mehnatsevarligi, uddaburonligi bilan aka-ukalari, opa-singillari orasida ajralib turardi...
Agar Baxtjon Tojimbetov hayot bölganida ayni bahorda 57 yoşga tölgan, öğil-qizlarini kamolga yetkazib, el-yurtda obröli oila sohibi darajasiga yetgan bölardi. Afsus... Baxtjonning taqdiri sovuq Afğon uruşi janggohlariga tutaşdi. U Afğonistonda keçayotgan dahşatli muhorabalarda ilk jangga kirganida 19 yoşda edi. Sobiq SSSR Armiyasining motorlaşgan harbiy qismlaridan birida pulemyotçi sifatida 1982-yilning 4-mart kuni Ganjitol toğidagi beayov janglarda ilk marta duşman bilan yakkama-yakka töqnaşdi. Jasur va epçil Baxtjon öz pulemyotidan tinimsiz öq yoğdirib, duşmanni esankiratib qöydi. U birinçi jangidayoq rota komandirining nazariga tuşdi. Şu bois, rota komandiri Baxtjon xizmat qilayotgan qism navbatdagi muhim topşiriqni qabul qilib olganida duşmanni tösib turiş nuqtasiga pulemyotçi Baxtjonni tanladi. 1982-yilning 5-mayida muhim topşiriqni bajarişga kirişgan Baxtjon va uning rotadoşlari uçun oğir va qaqşatqiç janglar böldi. Tiş-tirnoğigaça qurollangan duşman tödasiga qarşi janglarda Baxtjonning pulemyoti duşmanga köp talofat yetkazdi. Tinimsiz öq yoğdirayotgan pulemyot nuqtasini yöq qiliş maqsadida duşman öta aniqlik bilan jang qilişga ötdi va... manfur yov öz niyatiga yetdi. Yuragiga yaqin joyidan oğir yaralangan Baxtjon Tojimbetov yuragini çangallab turib ham duşmanga qarata bir-ikki marta öq uzişga ulgurdi...
Şu kuni rota askarlari Baxtjonning qahramonligi evaziga muhim topşiriqni ado etdilar... Baxtjon esa...
Xotira va qadrlaş kuni bayrami arafasida Baxtjon Tojimbetov tahsil olgan 27-sonli umumtaʼlim maktabida qahramon jangçining xotirasiga bağişlangan xotira marosimi ötkazildi.
Xotira marosimini maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Jumaboy Saparboyev oçdi va Baxtjon Tojimbetovning öquvçilik davri haqidagi xotiralaridan sözlab berdi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi “Veteran” jangçi-faxriylar va nogironlari birlaşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimining Amudaryo tumani böyiça vakili Bahodir Jumaniyozov, Baxtjon Tojimbetovning sinfdoş döstlari Saʼdulla Ismoilov, Rahimboy Matqurbonov, Gulimbat Sitrzayev, Baxtjonning ukasi Kengesboy Tojimbetov, tumanimizdagi sobiq afğonçi jangçi-faxriylar hamda 27-sonli maktab öquvçilari iştirok etdilar.
Şuningdek, xotira tadbirida Bahodir Jumaniyozov Baxtjon Tojimbetovning janglarda körsatgan jasorati, harbiy qasamyodiga sodiqlik bilan mardlik va jasurlik namunalarini namoyon eta olgani, ölimidan söng “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangani haqida batafsil maʼlumot berdi.
Xotira tadbirida sobiq afğonçi jangçi-faxriylardan Rahimboy Xalillayev va Ozodboy Xöjaniyozov, 27-sonli maktab öquvçilaridan Dilşod Otaxonov, Vohidjon Bobojonov, Umida Xalillayeva, Javohir Qöçqorov, Diyorbek Rahimboyevlar ham sözga çiqdilar.
Bölib ötgan xotira tadbiri davomida iştirokçilardan bir guruhi Baxtjon Tojimbetov mangu qönim topgan “Qumqalʼa” qabristoniga borib, uning qabrini ziyorat etişdi va Baxtjonning ruhiga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.
Sobiq afğonçi jangçi, faxriy, tadbirkor Solijon Xörozov homiyligida ötkazilgan mazkur xotira tadbiri inson xotirasi hamişa muqaddasligini, tinçlik va osoyiştalikning qadri hamma moddiyatlardan ham uluğligini, bu muqaddas tuyğularga sodiq yaşaş xalqimiz uçun oliy qadriyat ekanligini amalda namoyon etgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶