21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:34
Adabiyot 👁 255

JAYXUNDAY JOʻShQIN IJOD

JAYXUNDAY JOʻShQIN IJOD

Tillaringda - nomimdir,
Yoʻllaringda - qonimdir,
Kiprigingda osilib
Turgan mening jonimdir, - deya sheʼrlar bitgan, mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti, xususan, Qoraqalpogʻistonda oʻzbek adabiy muhitining rivojlanishiga oʻziga xos hissa qoʻshgan  shoirlardan biri Mansur Axmedov haqida eshitib, ijodi bilan qiziqib, izlanib koʻrganimda avvaliga kutubxonalardan maʼlumot topolmay qiynaldim. Lekin kutubxonalardagi gazeta-jurnallarni izlab, shoir haqida maʼlumot toʻplar ekanman, mening tasavvurimdagi shaxs faqat shoirgina emas, tarjimon va jurnalist qiyofasida ham namoyon boʻldi. Avvaliga faqat shoir sifatida eʼtirof etilgan bu insonning mohir jurnalistik maqolalarini gazeta sahafalarida oʻqib, Vatan uchun fidoyi farzand ekanligining guvohi boʻlgan boʻlsam,  qoraqalpoq tilidan oʻzbek tiliga tarjimalarini  koʻrib, bilimdon tarjimon ekanligini angladim. Izlanishlarim mevasi sifatida shoirning nashr qilinib, kitobxonlar qoʻliga yetib kelmagan sheʼriy toʻplami mening qoʻlimda! «Kiprigingda osilib turgan mening jonimdir…» Bu yorga nisbatan oshiqning sogʻinchi, betakror oʻxshatishi,  muhabbati izhoridir, inson qalbiga besoʻroq kirib keluvchi ilohiy muhabbatiga qoʻyilgan yodgorlik, degan taassurot  koʻnglimdan oʻtdi. Nimaga kitob bunaqa nomlangan, nimalar haqida yozilgan ekanligini bilish ishtiyoqi bilan kitobni varaqlar ekanman, ilk sheʼriy parcha shoir sheʼriyati haqida, ruhiyati haqida, koʻngil kechinmalari haqida gapirayotgandek tasavvur uygʻotdi, diqqatimni tortdi. Nimaga aynan bunaqa sheʼr yozgan-u, nega bunday bashorat qilgan degan fikrlar koʻnglimdan oʻtdi, dilimni oʻrtadi. Mana ushbu misralar:
Toʻgʻri,
Oʻq qochmaydi,
Oʻq otiladi.
Lekin men oʻqdirman.
Qochayotgan oʻq,
Gʻashingizga tekkan yovni qulatib,
Bir kun yoʻq boʻlaman.
Yoʻq boʻlaman!
Yoʻq!!!

Yoki «Surat ortidagi yozuv» sheʼrida shunday misralar bor:
Onajon!
Faqat sogʻinganda bir qarab qoʻying,
Mayliga,
oqmasin koʻzdan yosh sizib,
Yaxshilar qatori eslagan koʻyi,
Qoʻysangiz bas labingizni tekkizib!


Bu mazmundagi sheʼrlarni oʻqigan paytingizdayoq butun vujudingiz zir titraydi, har bir inson koʻnglidan nimalar kechishi, har bir kitobxonning oʻzigagina ayon. Shoirning sheʼrlari faqat oʻzi uchungina emas, uning ichki kechinmalari oʻzi kabi boshqa kancha dillarga oʻxshash boʻlsa, shunchalik odamlar orasida yashab qolaveradi. Bu misralar har birimizning qalbimiz tubidagi, tilga chiqazib aytolmaydigan dilrozlarimizdek tilga koʻchadi, goʻyo. Chunki bu dunyo oʻtkinchi, oʻtkinchi dunyoda faqat ezgu ishlarimiz, qilgan yaxshiliklarimiz, shoirning «surat ortidagi yozuv»idek oʻtli misralarigina avlodlardan-avlodlarga oʻtib boraveradi. Bu misralar eskirmaydi, har bir oʻquvchi tilida yangidan yangrayveradi, qalbida yashayveradi. Shoir «Bir kun yoʻq boʻlaman» deb baralla aytayotgan boʻlsa-da, jisman bu dunyoni tark etishini tabiat qonunidek tasvirlagan boʻlsa-da, lekin sheʼrlari bilan insonlar orasida qayta yashash imkoni berilgan ularga.

Shoirning toʻplamida turli mavzudagi sheʼrlarni oʻqib, koʻnglingiz ravshanlashadi. Bu sheʼrlar Vatan haqida, sevgi, sadoqat haqida, sogʻinch va gʻam haqida, tabiat va yoshlik haqidagi mavzulardan iborat ajoyib guldastaga oʻxshaydi. Sheʼrlari inson qalbiga juda yaqin, tili sodda, mazmunan zalvorli, hayot haqiqatligini rassomdek tasvirlay olgan chiroyli tashbehlardan, boy sheʼriy janrlardan iborat ekanligining guvohi boʻlamiz. Shoirning juda katta koʻngil kengliklarini tasvirlab berish uchun faqat vaqt kerak, olam ranglarini kashf qilish va olam ichra inson hayotini  ranglar bilan tasvirlash ishtiyoqi boshqacha, lekin vaqt juda kam, shoir aytganidek:

Imkon boʻlsa edi menda,
chizardim-
Olamning nomaʼlum sirlarini ham.
Xayoli osmonni tutgan shoirning
Yozib ulgurmagan sheʼrlarini ham.
Imkon kerak faqat…

Darhaqiqat, agar imkon boʻlganida, agar shoir bevaqt bu dunyoni tark etmaganida yana qancha sheʼrlar, qancha-qancha yuraklarni sel qiluvchi misralar, ilohiy muhabbatning bir-biridan goʻzal tasviri yaratilgan boʻlardi. Toʻplamdan juda katta mazmunli ishq, dard, samimiyat aks etgan sheʼrlar oʻrin olgan, badiiy tasvir vositalari juda oʻz oʻrnida qoʻllangan, rang-barang mavzudagi misralar kitobxonni oʻziga jalb qiladi. Bu esa shoirning adabiyot ilmini ham juda yaxshi egallaganidan darak beradi. Jumladan, “Mangʻit” muvashshahi xuddi yangi yilning samimiy tilaklari singari koʻnglingizga yetib boradi. Har bir misrasida faqatgina yaxshiliklarnigina oʻz xalqiga ilinib turgan fidoyi Vatan farzandining samimiy tilaklari yarq etib koʻzga tashlanadi:

Talablar tilayman haqqoniy, dadil,
Savoblar tilayman muqaddas, ulugʻ.
Javoblar tilayman oqil va odil,
Bagʻring butun boʻlsin, diydoring yorugʻ.
Tinchlik - eng qimmatli ehson muborak,
Tir mingu toʻqqiz yuz toʻqson muborak!

Shoirning ijtimoiy hayotning baʼzi jihatlarini, insonlar orasidagi, farzand va ota-ona orasidagi mehr-oqibatni badiiy tarzda tasvirlagan «Soʻnggi armon» sheʼri hech qachon oʻz qimmatini yoʻqotmaydigan dolzarb mavzuga bagʻishlangani bilan diqqatga sazovordir. Sheʼr oqibatsiz farzand haqida, uni oʻzi yemay yedirib, kiymay kiydirib, qishning qirovli kunlarida paxta terib topgan pulini shaharda oʻqiyotgan oʻgʻliga yuborib, oʻzi kasal boʻlsa ham oʻgʻlini oʻylagan, uning oʻqimishli inson boʻlishini orzu qilgan, mehr koʻrmagan mehribon ota-ona haqida:

Bir yil boʻldi, bir stolni

Saqlaydi u chirmashib.

Bugun esa volidasi

Omonatin topshirdi, - lekin farzand onani soʻnggi yoʻlga kuzatishga kelmadi, u katta odam, uning vaqti yoʻq, qishloqda hamma uni kutmoqda, u esa oʻzi oʻtirgan lavozim stolini asrab-avaylash bilan ovora, bu holatdagi ogʻir ruhiy iztirob va muallif kechinmalari misralar mazmuniga singdirilgan:
…«Borolmayman bugun, - dedi, -
Shoshilinch bir ish chiqdi»
Birdan ota koʻzlaridan
Ikki tomchi yosh chiqdi…
Koʻz yoshlarin arta olmay,
Bir jilmaydi telbahol.
Bu jilmayish to umrbod
Qolar mening esimda.
Bunday gʻarib tabassumni
Koʻrmaganman hech kimda.
Soʻnggi yoʻlga armon bilan
Ketdi ona nihoyat.
Yigʻlab yozgan ushbu sheʼrim
Ogʻir tushdi bagʻoyat.

Shoir nihoyatda ogʻir bir ichki iztiroblar bilan tasvirlagan bu holat haliyam oqibatsiz farzandlar orasida topiladi. Shoir voqelikni xuddi rassom kabi turli ranglar bilan chizgandek taassurot uygʻotadi. Shoir ijodida oʻziga xos katta oʻrin egallagan jihatlaridan biri bu «Jumakaning gurrunglari» turkumidir. Bu keng koʻlamli hangoma taʼbir joiz boʻlsa, shoir E.Vohidov qalamiga mansub «Donishqishloq latifalari» hangomalar turkumi taʼsirida yozilgan, desak xato boʻlmas. Bilamizki, E.Vohidov ijodida badiiy qahramon Matmusaning oʻta soddaligi misolida xalqning hayotiga bogʻliq falsafiy maʼnolar aks ettirilgan, hajviy kulgi mohirona tasvirlangan  boʻlsa, M.Axmedov turkumidagi hangoma ham aynan qishloqdagi sodda bir insonning boshidan kechirgan kulgili holatlar, voqealar silsilasida juda teran falsafiy mazmunda aks ettirilgan. Oʻzgalarni aldashni niyat qilib yolgʻon gapirishi oqibatida aro yoʻlda yolgʻiz oʻzi qolib ketganligini kulgili tarzda tasvirlaydi. Bu fikrlarni biz quyidagi parchada koʻrishimiz mumkin:

Kimki xalqni aldamoqni
Niyat qilsa oldiga,
Biling, albat tushgusidir
Jumakaning holiga! - degan misralar orqali xalqni aldovchi yolgʻonchilar ahvoliga juda mazmunli xulosa berilgan.

Muallif sheʼriyatidagi oʻziga xos xususiyatlaridan biri mahalliy  til kaloritining saqlanishidir. Sheʼrlarda juda sodda va oʻrinli, juda ustalik bilan Mangʻit shevasiga xos boʻlgan til materiallaridan foydalanganki, bu faqat sheʼrlarining soʻz boyligini oshirishga xizmat qilgan deyish mumkin. Shoir asar qahramonlarini tasvirlash jarayonida ularning individual nutqiga juda katta eʼtibor qaratgan. Masalan, quyoshlomo, adan, doʻngalak, qoptol, pot, somsom, orqayin. chugʻul, qanshar kabi soʻzlar xalq jonli tilida koʻp qoʻllaniluvchi soʻzlardir, biz bu kabi soʻzlarni asosan, hangomalarida koʻproq uchratamiz. Shoirning qaysi mavzudagi sheʼrini oʻqisak-da xalq diliga juda yaqin ekanligini anglaymiz, chunki shoir xalqning ezgu niyatlarini, oʻy-fikrlarini, his-tuygʻularini sheʼrlari mazmuniga singdirgan. Muallif bir sheʼrida shunday yozadi:

Bir kuni koʻzlarim yumilar,
Yuragim ham tinar, jim boʻlar.
Yaxshi-yomon gapim tugaydi
Ham ziyonim, nafim tugaydi. Darhaqiqat, ayni damda shoir oramizda yoʻq, lekin uning oʻtli misralari har bir kitobxon qalbidan chuqur joy olishi shubhasiz, bu dilrozlari esa faqatgina shoirning oʻziniki emas, balki kancha-qancha sheʼrni sevib oʻqigan, uqqan qalblarning dilrozlaridir.

Shu sabab ham bu sheʼriyat insonlar qalbida mangu yashashga qodir:
Sahifa uzra toʻkila boshlar.
Shudring kabi omonat yoshlar.
Shudring kabi yoshlari uning
Sheʼrlarimni yuvadi mening.
Gullay boshlar shunda har tomrim,
Boshlanadi ikkinchi umrim!
Boshlanadi ikkinchi umrim!..

Bugun biz shoirning dil tubidagi sir-asrorlari bilan, qalb kechinmalari bilan yaqindan tanishdik, sheʼrlari orqali adabiyot maydoniga chaqmoqdek kirib kelgan bir shoir lirik kechinmalarini oʻqib, mazmun-mohiyatini anglab olishga urindik, umid qilamizki shoir sheʼrlari sizlarning ham qalblaringizdan chuqur joy oladi.
Shoirning ruhlari shod, oxiratlari obod boʻlsin.

Raʼno IBRAGIMOVA,
Toshkent Davlat Agrar Universiteti Nukus filiali katta oʻqituvchisi.

***

Boʻlsin
Qatorda yurgan har yigitning avval
Koʻkraginda oʻti-olovi boʻlsin.
Kimmanu kimdan kamman, deb har mahal
Oʻz-oʻzina berar soʻrovi boʻlsin.


Ming noz etgan bilan, juvon qiz boʻlmas,
Ming oynak, azizim, bitta koʻz boʻlmas,
Hargiz, har kimsaning oʻz vaqtinda, bas,
Boshga qoʻnar qori, qirovi boʻlsin.

Dunyo doʻngalakdur, tinmay aylanar,
Amru-farmoyishga koʻnmay aylanar,
Goʻyo koʻru, karu, gungday aylanar,
Xar kimsaning adlu-insofi boʻlsin.

Ostinda -tulpori, qalbinda-joʻshi,
Doʻstu yoron bilan oʻtsa yoz - qishi,
Soʻnggi yoʻlga ketar boʻlsa har kishi,  
Sochin yulib yigʻlar birovi boʻlsin.

Oʻgʻil - qanotli ot, qiz - qanotli qush,
Tirnoqqa zor banda misoli behush,
Farzandim deb yigʻsang siymu-zar, kumush,
Ularning ham senga siylovi boʻlsin.

Dargʻasiz kemadir yolgʻiz har xotin,
Jilovsiz ot derlar yolgʻiz er zotin,
Mansur shunday bayon etar murodin,
Har kimning dargʻayu jilovi boʻlsin.

Mansur AHMEDOV.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026