SOGʻLOM TURMUSh TARZI – KELAJAK POYDEVORI
Sogʻlom turmush tarzi bugungi kunda juda keng tarqalgan tushuncha boʻlib, u asosan har bir inson tomonidan oʻziga xos tarzda talqin etiladi. Bunday turmush tarziga asosan sogʻlom ovqatlanish, yomon odatlardan voz kechish, kun rejimiga rioya qilish kabilar kiradi.
Xizr eli mahallasida joylashgan 46-son umumtaʼlim maktabida ham cogʻlom turmush tarzi platformasiga amal qilingan holda tadbirlar tashkil qilindi. Maktab pedagogik jamoasi va oʻquvchi-qizlar “Sogʻlom turmush uchun 5000 qadam” yurish marafonida qatnashishdi.
Shundan soʻng, 10-11-sinflar oʻquvchi-qizlari bilan oʻtkazilgan sogʻlom ovqatlanish mavzusidagi trening-mashgʻulotlari oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida oʻquvchilarga sogʻlom kun tartibini toʻgʻri tashkil qilish, sogʻlom ovqatlanish haqida tushuncha berildi. Oʻquvchilarga sogʻlom ovqatlanishda ovqat faqat tabiiy boʻlishi va tarkibida barcha kerakli makro va mikro elementlar, vitaminlar boʻlishi kerakligi aytib oʻtildi.
Toʻgʻri ovqatlanish tizimi tanamiz uchun zararli boʻlgan har qanday ovqatdan voz kechishni anglatadi. Bunday yeguliklar qatoriga tarkibida zararli kimyoviy qoʻshimchalar mavjud boʻlgan yarim tayyor, tuzli, yogʻli mahsulotlar, turli ziravorlar, qovurilgan va dudlangan ovqatlar va gazlangan ichimliklar kiradi. Shundan soʻng, mashgʻulot qiziqarli intellektual oʻyinlar davom ettirildi. Mashgʻulotlar davomida yoshlar toʻgʻri kun tartibiga rioya qilish, sogʻlom ovqatlanish va jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanish kerakligiga tushunib yetishdi.
Adolat Matkarimova, 46-sonli maktab psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶