Yoşlarimiz hayotda aslo qoqilmasin!
Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov öz sözlarida "Har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo öz farzandlari qiyofasida, unib-ösib kelayotgan yoş avlod timsolida şu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilişini röyobga çiqaradigan buyuk kuçni köradi”, - deb taʼkidlagan edilar.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi qarori bilan voyaga yetmaganlar işlari böyiça hukumat komissiyasining respublika Boş prokurori raisligidagi yangi tarkibi tasdiqlandi. Mazkur qaror voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari işonçli himoya qilinişi uçun mustahkam huquqiy zamin yaratdi, voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat bölimining masʼuliyatini oşirdi. U hukumat komissiyasi faoliyatini rejalaştiriş, uning yiğilişlarida köriladigan masalalarni tayyorlaş va yiğiliş qarorlari ijrosini taʼminlaş işlari bilan ham jiddiy şuğullana boşladi.
Şu nuqtai nazardan kelib çiqib, tumanimizda yil boşidan umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilarini örta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga töliq qamrab oliş, barça öquvçilarning 12 yillik majburiy taʼlim olişini taʼminlaş böyiça öquvçilar bilan 2-marta sörovnoma, yil davomida "Ota-onalar yiğilişlari”, "Oçiq eşiklar kuni”, "Kasbing - kelajaging” tadbirlari, "Men orzu qilgan kasb” mavzusida inşolar tanlovi, "Qiz bolaning kasbi - uning baxti” mavzusida davra suhbatlari ötkazilib, ommaviy axborot vositalari orqali öquv yili davomida yoritib borildi. 16 soatlik öquv-amaliy maşğulotlari hamda 8 marotaba «Mutaxassisliging - sening kelajaging» körgazmalari taşkil qilindi.
Örta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida davomatni kötariş, "Maktab-mahalla-kollej” hamkorligini yölga qöyiş böyiça barça umumtaʼlim maktablari direktorlariga qator vazifalar berilgan. Har bir bitiruvçiga maktabdan masʼul şaxslar buyruq bilan biriktirilgan.
Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilarini taʼlimning keyingi bosqiçiga qamrab olişda, tumanda bitiruvçi yoşlar köpligi sababli, muammolar mavjud. Ularning yeçimi böyiça kollejlarda qöşimça guruhlar oçiş, yaʼni tuman markazidan 35-40 km. uzoqda joylaşgan 7-, 50-, 41-hamda 32-sonli maktablar uçun 7-sonli maktabda, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejidan 14-18 km. uzoqda joylaşgan 78-, 81-, 39-, 29-hamda 67-sonli maktablar uçun "Qum yop” mahalla fuqarolar yiğini hududida filiallar taşkil qiliş böyiça körsatmalar berildi.
Şuningdek, tumanda joriy yilning ötgan davri mobaynida 4 marotaba mehnat yarmarkalari ötkazilgan bölib, unda 171 ta korxona, taşkilot, muassasalar 526 ta böş iş örinlari bilan qatnaşgan bölişsa, mazkur mehnat yarmarkasida qatnaşgan 299 nafar fuqarolardan 237 nafari öz mutaxassisliklari böyiça işga joylaşganlar.
Bundan taşqari, kollej bitiruvçilari bilan uç tomonlama mehnat şartnomalarining tuzilişi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan muntazam ravişda monitoring örnatilgan, hozirgi kunda 2588 nafar kollej bitiruvçilari va korxona-taşkilotlar bilan 3 tomonlama şartnoma tuzilgan bölsa, şundan 80 nafar bitiruvçi 15 ta yirik korxonalar va 2508 nafar bitiruvçilar 845 ta kiçik korxonalar bilan şartnomalar tuzişgan.
Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, erta turmuş qurişning oldini oliş maqsadida xotin-qizlar qömitasi, FHDYo bölimi, tegişli taşkilotlar hamkorligida har bir kasb-hunar kollejida va Akademik litseyda "Yoş oila” maşğulotlari olib borildi. 2014-yil 5 oyida jami 11 ta seminar ötkazilib, unda 1669 nafar yoşlar iştirok etişdi.
Şuningdek, nikoh yoşiga yetmagan qizlarni şarʼiy nikoh orqali erta turmuşga beriş holatlarini keltirib çiqarmaslik maqsadida tuman boş imom-xatibi bilan hamkorlikda tumandagi ovul va mahallalar imom-xatiblaridan nikohga kiruvçilar qonuniy nikohdan ötmaslaridan oldin şarʼiy nikoh öqimasligi haqida tuşuntiriş xatlari olinganligi sababli joriy yilning ötgan davrida voyaga yetmaganlarga şarʼiy nikoh öqitilişi qayd etilmadi.
18-19 yoşdagi köpçilik qizlarimiz kasb-hunar kollejlari öquvçilari hisoblanadi, talaba vaqtida turmuşga çiqsa, ertaga kasb egallaşiga salbiy taʼsir körsatadi. Şuning uçun 1-bosqiç öquvçi-talabalarning ota-onalari bilan uçraşuv taşkil qilinib, talabalarning öz vaqtida öqişga borişi uçun ota-ona masʼulligi tuşuntirilib, sababsiz dars maşğulotlarini qoldirmasliklari yuzasidan taqdim qilinib borilayotgan til-xatlarga farzandlari kasb-hunar kollejlarida öqişi davomida turmuş qurişlariga ota-onalar jiddiy qarşilik qilsalar, erta turmuşning va öquvçilarning dars maşğulotlaridan çalğişlarining oldi olingan bölardi. Tuşuntiriş işlari olib borişda birinçi navbatda mahalla, "Kamolot” YoIH, xotin-qizlar qömitasi, taʼlim muassasalari masʼulligini oşiriş lozimdir.
Bugungi kollej yoki litsey öquvçisi mamlakat işlab çiqarişining barça sohalari uçun zahira mutaxassislar hisoblanadi. Xoh sanoatda, xoh iqtisodiy sohada yoki adabiyot va sanʼatda bölsin, har qanday mehnat jamoasi öz safini bilimdon va zukko, tadbirkor mutaxassis kadrlar hisobiga töldirib borsagina jamiyatda rivojlaniş va yangilik böladi. Şu bois, jamiyat va mamlakat taraqqiyoti, kelajagini taʼminlovçi yoş avlod tarbiyasi uçun barçamiz masʼulmiz. Yoşlarga şunday tarbiya beraylikki, ular ilm-irfonda, hayotda hamişa ilğor insonlar bölib yetişsinlar, turmuş çorrahalarida aslo qoqilmasinlar.
F.Allambergenov,
tuman prokurori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶