Navröz kelmay qolmasin!
Örik guli – bayoti,
Tolmas quşlar qanoti,
Sevişganlar najoti –
Vafo kelmay qolmasin!
Tutun tölgan havoga,
Sunʼiy ohang navoda,
“Qiyur-qiyur”samoda
Turna kelmay qolmasin.
Qoğoz gullar serobday,
Çin işq, mehr sarobday,
Laqqa, suvan kamyobday,
Bakra kelmay qolmasin.
Qirilmagan bölsaydi,
Kökqarğa, ğoz kelsaydi,
Nevaram ham körsaydi,
Jayron kelmay qolmasin.
Asrang boşdan – oyoğin:
Osmon, Ummon, köl, toğin,
Kalon Minor mayoği –
Laylak kelmay qolmasin.
Qumrilarni jerkitmang,
Qalb ayvonin berkitmang,
Qaldirğoçni hurkitmang –
Tamom, kelmay qolmasin!
Qarang, hidlar amaki,
Gulmas – şarob, tamaki,
Kuy-sozlar ham qalbaki,
Maqom kelmay qolmasin.
Könglim, mağrursan, biroq
Gina-kekdan böl yiroq,
Bir-biriga et-tirnoq –
Jigar kelmay qolmasin.
Egallang ilm – çiroqni,
Jon deb oçing quçoqni,
Çitmang qoş-u qaboqni,
Mehmon kelmay qolmasin.
Dilga durud, sanolar,
Tilga şukur, duolar,
Ming bir dardga davolar,
Şifo kelmay qolmasin.
Şular bari kelsin-ey,
Olam gulga tölsin-ey,
Hamma baxtli bölsin-ey,
Omad kelmay qolmasin!
Murodi har odamning,
Qutluğ bölsin qadami,
Elning oydin bayrami –
Navröz kelmay qolmasin!
Tursunboy Abdullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶