21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:48
Iqtisodiyot 👁 272

MAJBURIYaTLARNI BAJARMAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

MAJBURIYaTLARNI BAJARMAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda qonunda koʻrsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 234-moddasiga koʻra, majburiyat fuqarolik-huquqiy munosabat boʻlib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pul toʻlash va hokazo yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa, qarzdordan oʻzining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Fuqarolik Kodeksining 341-moddasida majburiyat, uning lozim darajada bajarilishi bilan bekor boʻlishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 324-moddasida qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shartligi belgilangan.

Sud amaliyotida majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha manfaatdor shaxslar tomonidan kiritilgan daʼvolar koʻpchilikni tashkil etadi.
Jumladan, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan «BO’STON CLUSTER» MChJning fermer xoʻjaliklariga nisbatan 20 ta daʼvo arizalari toʻliq qanoatlantirilib, majburiyatlarni lozim darajda bajarmaganligi natijasida jami 1 143 469 977 soʻm asosiy qarz undirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan.

Ishlarni koʻrishda nafaqat kreditor, balki qarzdorning ham manfaatlari inobatga olinishi lozim. Bu borada yana sud amaliyotiga murojaat etadigan boʻlsak, daʼvogar «UZAGROSERVIS» AJ javobgar «Azamat-Sarvar» fermer xoʻjaligiga nisbatan 12.183.400 soʻm asosiy qarz va 6.091.700 soʻm penya undirish tugʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, «Toʻrtkoʻl Agroservis MTP» MChJ va javobgar «Azamat-Sarvar» fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2018-yil 30-yanvar kuni qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatish va mexanizatsiya yordamida ishlar bajarish buyicha 88-sonli shartnoma tuzilgan. Unga koʻra, «Toʻrtkoʻl Agroservis MTP» MChJ tomonidan javobgarga 12.183.400 soʻm miqdorida mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatilib, shartnoma majburiyatlari daʼvogar tomonidan bajarilgan boʻlsa ham, javobgar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash shu kunga qadar amalga oshirilmagan. Ammo, «Toʻrtkoʻl Agroservis MTP» MChJ va «UZAGROSERVIS» AJ oʻrtasida 2020-yil 22-may kuni talabtan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi tuzilgan boʻlib, 2018-yil 30-yanvar kungi 88-sonli shartnoma buyicha vujudga kelgan javobgarning 12.183.400 soʻm qarzini talab qilish huquqi daʼvogarga oʻtkazilgan.

Shuningdek shartnomaning 5.6-bandida taraflar koʻrsatilgan xizmat (bajarilgan ish)lar, yetkazib berilgan moddiy-texnikaviy resurslar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun buyurtmachi ijrochiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlash haqida kelishilgan. Shu bois, daʼvogar tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻlanmagan 12.183.400 soʻm ish haqini qaytarish hamda kechiktirilgan kunlar uchun 6.091.700 soʻm penyani 20 foizga yaʼni 1.218.340 soʻmga qanoatlantirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan. Bu bilan penyaning undirilishi qarzdorning moddiy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatishi inobatga olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli Qarorining 4-bandida Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga muvofiq sud qarzdor tomonidan majburiyatlarning bajarilish darajasini, majburiyatda ishtirok etuvchi taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek kreditorning manfaatlarini eʼtiborga olib, neustoyka miqdorini kamaytirishga haqli deb belgilangan. 

Mazkur qarorda qarzdor majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan bogʻliq nizolarni qonuniy hal qilishga qaratilgan muhim tushuntirishlar sudlarga berilgan.

Q.O.XOJAMURATOV, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.

B.T.BEKMURATOV, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026