FARZANDINI ÇET DAVLATDA NAZORATSIZ QOLDIRGAN OTA-ONALAR JAVOBGARLIKKA TORTILADI
Prezident tomonidan şu yil 15-martda imzolangan Qonun (ÖRQ–823-son) bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritildi. Bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida zarur darajadagi vasiylik va homiyliksiz qoldirişning oldini oliş, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadidagi uşbu Qonun bilan «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni, Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining tegişli moddalari özgartirildi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçaga köra, Özbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxs yoxud hamrohlik qiluvçi şaxs tomonidan çet davlat hududida nazoratsiz qoldirilsa, BHMning 10 baravaridan 50 baravarigaça, yaʼni 3 mln. sömdan 15 mln. sömgaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Şunga köra, maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körib çiqişda köpi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud uşbu huquqbuzarlikni sodir etgan şaxs zimmasiga bolani çet davlatdan Özbekistonga qaytariş yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etiş böyiça çoralar köriş majburiyatini yuklaydi.
Maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bolani çet davlat hududida nazoratsiz qoldiriş yoki sud tomonidan belgilangan muddatda Özbekiston hududiga qaytarilişini taʼminlamaslik BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Bundan taşqari, oilaviy nodavlat MTTlarning faoliyati uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, bolalarning maktabgaça taʼlim bilan qamrab olinişini oşiriş maqsadida «Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida»gi Qonunga oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 25 nafardan 50 nafargaça köpaytirilişini nazarda tutuvçi özgartiş kiritildi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçaga köra, bolani çet davlatda nazoratsiz qoldiriş, xuddi şunday xatti-harakat uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda Özbekistonga qaytarilişini taʼminlamaslik 3-yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
A.Safarov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶