PREZIDENT MASLAHATÇISINING BIRINÇI ÖRINBOSARI IŞTIROKIDA SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Aholining turli qatlamlari bilan töğridan-töğri muloqot qiliş orqali mavjud dolzarb muammolarni bevosita joyida bartaraf etiş yuzasidan aniq va tezkor çoralar körişda ötkazilayotgan sayyor qabullarning örni juda ahamiyatlidir.
Buningdek tadbirlarda fuqarolarning ariza va murojaatlari xolislik tamoyillari asosida körib çiqilib, ijobiy hal etilayotgani – mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotganining yaqqol ifodasidir.
Şu yilning 4-martida tuman hokimligi majlislar xonasida sud-huquq masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining birinçi örinbosari Baxtiyor Islomov boşçiligida, Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari, Özbekiston Respublikasi harbiy prokurori Şuhrat Uzoqov, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari, Tergov departamenti boşliği Yahyojon Abdulhaqov, Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi raisi örinbosari Ğafurjon Şukurov, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi örinbosari Ikram Muslimov, Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari Muzraf Ikromov va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi vazirliklar masʼullari iştirokida bölib ötgan sayyor qabul ham tumanimiz aholisining sud-huquq sohasidagi köpgina muammolarining ijobiy yeçimini topişiga sabab böldi.
Sayyor qabulda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev Prezidentimiz taşabbusi bilan xalqning dardini tinglab, turmuşidagi muammolarini hal qiliş borasida köpgina saʼy-harakatlar olib borilayotgani, ayniqsa keyingi yillarda sud-huquq sohasini demokratlaştiriş, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va Qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasidagi roli tobora ortib borayotganini, bu öz navbatida jamiyatimizda ijtimoiy adolatning barqarorligiga, fuqarolar tinçligi va totuvligiga xizmat qilayotganini taʼkidladi. Tumanimiz fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, muammolarini tinglaş, yeçimiga amaliy kömak beriş uçun taşrif buyurgan maʼsullarga minnatdorçilik bildirdi.
Sayyor qabulda tumanimizning 150 nafardan ortiq fuqarolari qatnaşib, sud-huquq sohasiga doir murojaatlar qildilar.
Qabul davomida sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatiş işlari jazosidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etiş, tayinlangan sinov muddatida yuklatilgan majburiyatlarni olib taşlaş, tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qiliş (transport vositasini boşqariş huquqidan) jazosidan muddatidan oldan şartli ravişda ozod qiliş va şu kabi sud masalalariga oid bölgan 20 nafar fuqarolarning muammolari hal qilindi. Ular buning uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma taşakkurnoma bildirdilar.
Sayyor qabul davomida Boş prokuratura tomonidan jami 15 nafar fuqarolardan 21 ta murojaatlar qabul qilinib, 1 nafar fuqaroning murojaatlari joyida ijobiy hal qilinib, 5 ta murojaatlarga huquqiy maslahat va maʼlumot berildi, 6 ta murojaatlarga tuşuntiriş berildi. Qolgan 9 nafar fuqarolarning murojaatlari ijro uçun nazoratga olindi.
Adliya Vazirligi tomonidan 11 nafar fuqarolardan 11 ta murojaatlar qabul qilinib, 9 tasi huquqiy maslahat va maʼlumotlar beriş orqali hal qilindi, 2 tasiga tuşuntiriş berildi.
Bundan taşqari 4 nafar yoşlarga fuqarolik pasporti berildi. Adliya Vazirligi tomonidan 9 nafar fuqarolarga huquqiy maslahat va maʼlumotlar beriş orqali murojaatlari hal qilindi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi örinbosari tomonidan jami 78 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular 50 ta jinoyat işlari böyiça, 17 ta fuqarolik işlari böyiça, 11 ta maʼmuriy işlar böyiça sudlarga oid muammolari yuzasidan murojaat qildilar.
Jami 78 ta murojaatlardan 42 tasiga huquqiy tuşuntirişlar berildi, 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi. 26 ta murojaat böyiça arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida xal qiliş uçun qabul qilindi, uşbu murojaatlarning barçasi qanoatlantirilib, tegişli sudlov xayʼatiga körib çiqiş uçun ötkazildi. 10 ta murojaat böyiça - jinoyat işlari böyiça hukm qilingan 10 nafar şaxs jazoni ötaşdan muddatidan oldin ozod qilindi.
Sayyor qabul mamlakatimiz sud-huquq sohasida insonparvarlik, bağrikenglik tamoyillari ustuvor ekanligining, inson qadr-qimmati yuksak tutilayotganining namoyişi böldi, desak adaşmaymiz.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶