BOTULIZM KASALLIGI INSON UÇUN XAVFLI
Oziq-ovqat mahsulotlaridan notöğri foydalaniş oqibatida insonning bebaho boyligi bölgan soğligiga zarar yetişi mumkin.
Botulizm – lotinça “botulus” sözidan olingan bölib, “kolbasa” degan maʼnoni bildiradi. Botulizm kasalligi ötkir yuqumli kasallik bölib, meʼda-içak, markaziy asab tizimi, xususan, orqa miya va uzunçoq miyaning zararlanişi bilan xarakterlanadi. Botulizm kasalligi qözğatuvçisi kolbasa isteʼmol qilib, zaharlangan bemor organizmidan topilgan.
Öşa yili uning epidemiologiyasi va klinikasi matbuotda yoritilgan va unga botulizm nomi berilgan. Bu kasallik aksariyat hollarda uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qiliş natijasida yuzaga kelişini köpçilik juda yaxşi biladi. Botulizm mikrobi konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarida kislorodsiz muhitda tez köpayadi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga botulizm qözğatuvçilari turli yöllar bilan ötadi. Masalan, göştga hayvon söyilayotganda, nimtalanayotganda, baliqlarga esa tutilayotganda, tirnalgan, jarohatlangan teri qoplamalaridan yoki içaklaridan tuşişi mumkin. Köp hollarda botulizm tuzlangan baliqlardan tarqaladi. Sabzavot, mevalar va qöziqorinlarga botulizm qözğatuvçilarining sporalari asosan tuproqdan ötadi.
Bugungi kunda yurtimizdagi savdo majmualarida sanoat usulida belgilangan sanitariya qoida va meʼyorlari asosida işlab çiqarilgan konserva mahsulotlarining barça turlari mavjud. Işlab çiqariş korxonalarida konserva mahsulotlarini avtoklav apparati yordamida 2 atmosfera bosimda, yaʼni, 132 daraja haroratda zararsizlantiriladi yoki sterilizatsiya qilinadi. Uy şaroitida esa bunday şaroit yaratiş muşkul va bu konservalarni esa kafolatli deb bölmaydi.
Konservalarni isteʼmol qilingandan söng, 2 soat, baʼzan 3-4 kun ötgaç, zaharlaniş alomatlari kuzatiladi.
Botulizm kasalligida quyidagi klinik belgilar paydo böladi, yaʼni, oğiz qurişi, köngil aynişi, holsizlaniş, qayt qiliş, körişning xiralaşişi, jismlarning ikkita bölib körinişi, qorin sohasida oğriq yuz berib, yutiş va gapiriş qobiliyati pasayadi, böyin va oyoq muşaklari zaiflaşişi kabi belgilari kuzatiladi.
Botulizm kasalligini davolaş hamda asoratlarining oldini olişda yagona yöl – şifokorga öz vaqtida murojaat qilişdir. Bemorni uy şaroitida özi bilganiça davolaş oğir asoratlarga olib kelişi mumkin.
Durbek Bobojonov,
tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat
salomatligi markazi sanitariya-gigiyena bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶