14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 295

UZUMChILIKNI RIVOJLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR-KENGASh OʻTKAZILDI

UZUMChILIKNI RIVOJLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR-KENGASh OʻTKAZILDI

Joriy yilning 4-fevral sanasida Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi “Erkin Rasulov asalarichi” fermer xoʻjaligida yangi intensiv bogʻlar yaratish, uzumchilikni rivojlantirish hamda xalqimizni toʻrt faslda ham sarhil meva mahsulotlari bilan taʼminlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan koʻrgazmali seminar-kengash oʻtkazildi.

Koʻrgazmali seminar-kengashda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Quanishbay Nurimbetov, tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov hamda tumanimizdagi bogʻdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xoʻjaliklari masʼullari, soha mutaxassislari ishtirok etishib, tumanimizdagi mavjud mevazor bogʻlar, yangidan barpo etiladigan intensiv bogʻlar va serhosil navli uzumzorlar xususida toʻxtalib, ayni paytda sohibkor-bogʻbonlar oldida turgan mavsum yumushlari, bogʻlarda bahorga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar boʻyicha oʻzaro tajriba almashdilar. Nafaqat qishloq xoʻjaligi korxonalari, balki tomorqa xoʻjaliklarida ham uzumchilikni rivojlantirish, tokzorlarda mavsum yumushlarini sifatli  oʻtkazish, ayni paytda koʻmib qoʻyilgan uzum toklarini bahor mavsumida ochish, zangilarga, sim bagʻazlarga sifatli koʻtarish va bogʻlash, oziqlantirish ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Tumanimizda qishloq xoʻjaligining barcha sohalarini, shu jumladan uzumchilikni jadal rivojlantirish, tuproq unumdorligini, uzum toklarining hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sifatini yaxshilash hamda ularni kuz-qish oylarida zahirada saqlash, halqimizning meva va uzum mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻla qondirish maqsadida manzilli ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda tumanimizdagi qishloq xoʻjalik korxonalarida jami 693,6 gektar bogʻ va 290,1 gektar uzumzorlar mavjud boʻlib, ushbu bogʻlarda oʻtgan yilda jami 6687,3 tonna meva, 2949 tonna uzum hosili yetishtarildi va mevalar yaxshilab saralanib, sovutkich va muzlatkichlarga joylashtirildi hamda arzonlashtirilgan narxlarda savdo yarmarkalari orqali xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

Bugungi kunda tumanimizda bogʻdorchilikka ixtisoslashgan 35 ta qishloq xoʻjaligi korxonalari va 4 ta uzumchilikka ixtisoslashgan MChJlar mavjud boʻlib. pakana va yarim pakana (intensiv) yangi mevali bogʻlar 154 gektarga yetkazildi.

Tumanimizda meva eksporti hajmini koʻpaytirish hamda yurtimiz dasturxoniga sifatli va arzon meva mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida 2021-yilda jaxon standartlariga mos keladigan, Turkiya texnologiyalari asosida, intensiv usulda yana 500 gektar maydonda yangi bogʻlar barpo etish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan jami 413 ming dona koʻchat yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilgan.

Bundan tashqari, 2021-yilda tumanimizda uzumchilikni rivojlantirish maqsadida 1000 gektar maydonda, yaʼni 339 ta qishloq xoʻjaligi korxonalariga qarashli yer maydonlarida tokzorlar barpo etish va yangi, serhosil navli koʻchatlar yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish ishlari boshlab yuborildi hamda tokzorlar barpo qilinadigan maydonlarda shoʻr yuvish, shudgorlash, yer tekislash ishlari olib borilmoqda.

Koʻrgazmali seminarda “Mangʻit Omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Azimboy Jumamurodov oʻzi rahbarlik qilayotgan agrofirmada amalga oshirilayotgan ishlar bilan ishtirokchilarni batafsil tanishtirib, yangi tok koʻchatlarini oʻtqazish hamda ilk oziqlantirish boʻyicha oʻz tajribalarini amalda koʻrsatib berdi. Lazerli uskuna yordamida tekislangan yerda tok koʻchatlarini joylashtirish, yil davomida yosh nihollarni parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri tashkil etish, shuningdek, uzum mevalarini turli zararkunanda hashoratlardan saqlash boʻyicha himoya tizimlarini yaratish haqida ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berdi.

Koʻrgazmali seminar-kengashda tumanimiz bogʻdorchilik korxonalari rahbarlari hamda bogʻbon va ishchilari tomonidan tushgan savollarga tajribali bogʻbon va soha masʼullari batafsil javob berdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019