Siyosat
👁 2,400
Özbekiston dunyodagi eng baxtli mamlakatlar 30taligiga kirdi
Özbekiston Gallup World tadqiqot taşkiloti tomonidan tuzilgan baxtli davlatlar röyxatiga kirdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Ijobiy taassurotlar körsatkiçi (Positive Experience Index) reytingida Özbekiston 138 mamlakat içida 29-örinda joylaşdi, deyiladi Daryo.Uz xabarida.
Uşbu reytingda Özbekiston MDH davlatlari içida birinçi örinni egalladi. Şuningdek, u Frantsiya (34-örin), Finlyandiya (36), Italiya (45), Buyuk Britaniya (54) va Yaponiya (60) kabi baʼzi rivojlangan mamalakatlarni ortda qoldirdi.
Paragvay, Panama va Gvatemala röyxatda yetakçilik qildi. AQŞ 15-örinda joylaşdi.
Gallup kompaniyasining taʼkidlaşiça, köp pul topadigan kişilar baxtliroq bölib çiqqan. «Biroq baxt har doim ham pulga sotilavermaydi», — deya taʼkidlandi xabarda.
Reyting 138 mamlakatning har birida mingga yaqin kişilardan olingan sörov natijasida tuzilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶