KOʻKLAM TARADDUDI
Dehqon uchun qish fasli ham qizgʻin ish fasli boʻladi. Ekin ekiladigan maydonlarni kuzgi-qishki sugʻorish, dalalar atroflarini zararkunanda hasharotlar tuxum qoʻyadigan begona oʻtlar poyalaridan tozalash, suv yoʻllarini qazish bilan mashgʻul qishloq xoʻjaligi xodimlari koʻklamgi ekishga tayyorgarlikni ham oʻz vaqtida tugatib, barcha texnikalarni soz holga keltirishadi.
«Namuna» muqobil mashina traktor parkida ham texnikalar koʻklamgi ekin ishlariga taʼmirlab, tayyor qilib qoʻyilmoqda.
Suratda: (chapdan) «Sanjarbek Soatboyev» fermer xoʻjali-gi raisi Jamshid Davletov, «Namuna» MMTP raisi Olimboy Jumaniyozov, «Murodbek-Zebo» fermer xoʻjaligi raisi Mansur Eshchonovlarning taʼmirlangan texnikalarni koʻzdan kechirmoqda.
Mahmudjon Shomurodov surati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶