Jamiyat
👁 455
Farovon mahallasida koʻklamning shoh taomi - sumalak qaynatildi
Bahor oʻlkamizga tabiatni uygʻotib, jonlantirib, atrofga koʻrk bagʻishlab kirib keladi. Bundan zavq olgan bobodehqonlar atrofga fayz kiritish va rizq undirish uchun tayyorgarlik koʻra boshlashadi. Onaxonlar esa elu-yurtga, xonadonlarga baraka tilab, koʻklamning shoh taomi sumalakni tayyorlashga kirishadi.
Koʻklamning ilk kunida Farovon mahallasida "Farovon" koʻchasidagi Bahrom va Zulfizar Xolboyevlar xonadonida bahoriy taom - sumalak qaynatildi. Sumalak qaynatishda ayollarga kayvoni onaxon, mahalla faoli Shukurjon Yoʻldosheva bosh-qosh boʻldi.
Mahallaga bahoriy kayfiyat olib kelgan bu marosim barchaga xushnudlik ulashdi.
Salomat Masharipova, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi
“Farovon” mahallasi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶