YuKSAK XIRMON YaRATIŞ TARADDUDI
Paxta – boyligimiz, ğururimiz, deyişning özi har birimizning qalbimizga zavq, şu bilan birga xotirjamlik bağişlaydi. Yiğim-terim mavsumi xalqimizni yagona ezgu maqsad – milliy iftixorimiz bölgan "oq oltin”ni öz vaqtida yiğiştirib olişdek xayrli yölda birlaştiradi. Nafaqat paxtakor dehqonlarimiz, balki barça soha xodimlari hamjihatlik bilan paxta yiğim-terimi davrida öz örinlarini dalada deb bilişadi. Ayniqsa, tumanimizning barça hududlaridagi mahallalarda yaşovçi uyuşmagan aholidan iborat köngilli haşarçilar guruhlari tuzilib, paxtakorlarga yordam beriş uçun haşarga çiqişlari anʼanaga aylangan.
Bu yilgi paxta yiğim-terimiga har yilgidan ham puxta hozirlik körildi. 507 ta fermer xöjaliklarida paxta yiğim-terimini uyuşqoqlik bilan taşkil etiş maqsadida hududlar böyiça masʼul rahbarlar tayinlanib, 306 ta yiğim-terim otryadi taşkil etildi. Fermer xöjaliklari işçilari, xöjalik hisobidagi idora va taşkilotlar işçi-xodimlari, uyuşmagan aholidan iborat köngilli haşarçilar guruhlaridan taşkil topgan bu terim otryadlari tomonidan kuniga 1000-1300 tonna, yaʼni yillik rejaning 3-4 foizi miqdorida paxta terilib, davlat xazinasiga topşirilmoqda.
Paxta yiğim-terimida iştirok etayotgan har bir terimçi uçun köngildagiday mehnat şaroiti yaratilgan. Yaʼni, terimçilarni dala boşiga olib boriş va ularni terimdan söng öz vaqtida manzillariga yetkaziş maqsadida zarur transport vositalari ajratildi. Dala boşida qaynatilgan suv, issiq ovqat taşkil etilib, terilgan paxtalar öz vaqtida tarozida tortilib, traktor aravalariga yuklanayotgani paxta nobudgarçiligining oldini oliş imkonini bermoqda.
Haşarçilar uçun köngildagidek şaroitlar yaratib berildi. Haşarçilar yordami bilan tumanimiz dalalaridan har kuni yillik rejaning 3,20-3,25 foizi miqdorida ming tonna atrofida paxta terilayotgani har birimizning qalbimizda minnatdorçilik hissini uyğotadi. Haşarçilarning dam olişi uçun zarur şart-şaroitlar mavjud. Bu esa ularning öz vaqtida dam olib, dalaga çiqişlari uçun imkon bermoqda. Bundan taşqari, haşarçilarning soğligi doimiy nazoratda. Hududlarga birkitilgan tibbiyot xodimlari terimçilar huzurida tez-tez bölişib, ularning salomatligini nazorat qilib borişadi.
Bugun – hamma paxtakor. Barçaning fikri-yodi dalalarda yetiştirilgan "oq oltin”ni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmay yiğiştirib olib, davlat xazinasiga topşirişdek xayrli taşviş bilan band. Maqsadimiz – tumanimizning yuksak paxta xirmonini bunyod etib, ona Vatanimiz xazinasiga armuğon etişdir.
Anvar Yöldoşev,
tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶