BUNYoDKORLIK – TARAQQIYoT TIMSOLI
Dunyoning köpgina davlatlari koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy qiyinçiliklarga duç kelib, iş örinlari qisqarib, aholisi qaşşoqlaşiş darajasi ösişi kuzatilgan 2020-yilda ham pandemiyaning tarqalib ketişining oldini oliş va jilovlaşga qaratilgan oqilona çora-tadbirlar tufayli mamlakatimizda epidemologik holat yaxşilanib, bunyodkor xalqimiz ertagi kunimizning yanada obod va farovon bölişiga astoydil intilib mehnat qildi. Natijada butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizning barça hududlari ham zamonaviy qiyofa kasb etib, muhtaşam turar joy binolari, maktablar, maktabgaça taʼlim taşkilotlari, idora, korxonalarning maʼmuriy binolari, dam oliş, maişiy xizmat körsatiş maskanlari binolari qurilib foydalanişga topşirildi.
2021-yilning 10-yanvar holatiga belgilangan dastur asosida barça manbalar hisobidan 50 milliard 672 million sömlik investitsiyalar va boşqa mablağlar özlaştirildi. Bular asosan 8 ta maktabni, 6 ta maktabgaça taʼlim taşkilotini rekonstruktsiya qiliş, tuman Madaniyat bölimi maʼmuriy binosini mukammal taʼmirlaşga sarflandi. 7 ta köp qavatli uy-joylar mukammal taʼmirlandi, 5 ta köpqavatli uylar yangidan qurildi, 6,9 kilometrlik yangidan içimlik suvi quvurlari tortildi. 7,93 kilometrlik davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllari joriy taʼmirlandi, şuningdek, 11 ta boşqa obʼektlarda quriliş-taʼmirlaş işlari bajarildi.
Bundan taşqari 2019-yilgi “Obod qişloq” Dasturi doirasida qurilişi tugallanmagan 3 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlarining rekonstruktsiyasi 2-bosqiç uçun 4 milliard 263 million sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari ham 2020-yilda töliq bajarildi. Tumanda yoşlarni kasb-hunarga öqitiş maqsadida 2 qavatli zamonaviy “Yoşlar öquv markazi” binosi qurilişi davom ettirilmoqda.
Tumanimizning Gulzor mahallasida jami bahosi 12,3 milliard sömlik 72 xonadonli 4 qavatli 3 ta arzon uy-joylar qurilişi davom ettirilmoqda. Uşbu obʼektlarni 2021-yil aprel oyida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. 2020-yilda loyiha qiymati 1 milliard 145 million söm bölgan 6,9 kilometrlik yangi suv tarmoqlari tortilib, foydalanişga topşirildi.
Şuningdek, Investitsiya dasturiga muvofiq Yusuf xöja aholi punktida 2,8 kilometr, Olmazor va Yangiobod mahallalarida 4 kilometrdan ortiq yangi suv tarmoği tortilib, foydalanişga topşirildi.
2021-yil uçun belgilangan rejalar yanada yuksak. Ijtimoiy soha va infratuzilma obʼektlarini yaxşilaş maqsadida tumanda kelgusi yil uçun belgilangan dasturlar asosida barça manbalar hisobidan 76 milliard 525 million sömlik jami 22 ta obʼektlarda investitsiyalar va boşqa dasturlar asosida quriliş-taʼmirlaş işlari olib boriladi. Uşbu dastur asosida 1 ta maktab, 1 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti binolarini rekonstruktsiya qiliş, 1 ta tuğruqxona binosini yangidan barpo etiş, 27 ta köp qavatli uy-joylarda mukammal taʼmirlaş va quriliş işlari, 7,2 kilometr içimlik suv quvurlarini tortiş va 1 ta suv inşootini rekonstruktsiya qiliş, 3,35 kilometr davlat va mahalliy axamiyatidagi avtomobil yöllarini joriy taʼmirlaş işlari amalga oşiriladi.
2021-yilda Xolimbeg, Qangli, Qipçoq ovullari hamda Uyşin mahallasi hududi optik tolali internet tarmoği bilan töliq qamrab olinadi.
Oq oltin ovuli hududida joylaşgan 37-sonli suv tarqatiş inşooti rekonstruktsiya qilinib, 7,2 kilometr suv tarmoği yangidan tortiladi.
Şuningdek, “Obod qişloq” Davlat dasturi asosida 5 ta mahalla - Xitoy, Kuyuk köpir, Bobur ovullari, Ayoqçi mahallasi hamda Jumurtov şaharçasi ijtimoiy soha obʼektlari va infratuzilma obʼektlarida quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilişi rejalaştirilgan.
Amalga oşirilayotgan buningdek bunyodkorlik işlari tumanimiz qiyofasi yana ham gözallaşib, aholi turmuşi sifati yaxşilanişiga xizmat qiladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶