11 NAFAR HAMYuRTIMIZGA “MEHR-SAXOVAT” KÖKRAK NIŞONI BERILDI
Hozirgi pandemiya şaroitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularga beminnat kömak beriş borasidagi işlarni umumxalq harakati darajasiga kötarişga katta hissa qöşgan, jamiyatimizda tinçlik-osoyiştalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşda faol iştirok etib, beğaraz homiylik yordami hamda ezgu işlari bilan köpçilikka alohida örnak bölayotgan yurtdoşlarimizni taqdirlaş maqsadida Prezident farmoni bilan “Mehr-saxovat” kökrak nişoni taʼsis etilgan edi. Quvonarlisi şuki, tumanimizda ham 11 nafar hamyurtimiz uşbu kökrak nişoniga munosib deb topildi.
24-sentyabr kuni tuman hokimligi binosida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosarlari, bölimlar rahbarlari, va tumanimizning bir guruh faollari iştirokida “Mehr-saxovat” kökrak nişonini topşiriş marosimi bölib ötdi. Marosimda tuman hokimi nutq sözlab, uşbu mukofotga loyiq deb topilgan yurtdoşlarimizni samimiy qutladi.
Tuman hokimi öz sözida butun dunyoni larzaga solgan pandemiya davrida tumanimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaşda özining beminnat yordamini ayamay oğir kunlarda yelkadoş bölayotgan, mehr-muruvvat, xayr-saxovat körsatayotgan hamyurtlarimizga öz minnatdorçiligini izhor etdi. Sinovli bu kunlar hademay ortda qolişini, hamjihatlikda uşbu ofatni yengib çiqişimiz muqarrarligini, ayni paytda karantin qoidalariga amal qiliş, atrofdagilarga ham buni tuşuntiriş, işsiz va ehtiyojmandlarni qöllab-quvvatlaş lozimligini aytib ötdi. Şundan söng, “Mehr-saxovat” kökrak nişoni öz egalariga tantanali ravişda topşirildi.
Jumladan, muhtaram Prezidentimizning “Mehr-saxovat” kökrak nişoniga tumandagi “Usta Allayar” fermer xöjaligi boşliği Rajabbay Sultanov, “Beşbayev Qurbanğali” fermer xöjaligi rahbari Qurbanğali Beşbayev, “Qoraqalpoq mahsulotlari” masʼuliyati çeklangan jamiyati raisi Yerkin Rasulov, “Xöjaköl” fermer xöjaligi boşliği Xidirboy Xaydarovlar munosib körildi.

Şuningdek, Sanitariya-epidemiyalogiya nazorati davlat inspektsiyasi Qoraqalpoğistin Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tumani filiali mudiri Durbek Bobojanov, “Qurilişxizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyati raisi Bahodir Töraboyev, “Maqsud öğli Rahmatjon” masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori Maqsud Abdullayev, “Xudaybergan ota” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Rustam Allakulovlar ham uşbu mukofotga loyiq deb topildilar.
Şu bilan birga Toşkent şahrida faoliyat yuritayotgan “Grand stroy” xususiy korxonasi rahbari Raşid Xudayberganov, “Amudaryo maxsus quriliş” masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori örinbosari Javlonbek Yöldaşev hamda “Polvonboy ovuli” fermer xöjaligi raisi Mansur Xöjaahmedovlar ham özlarining xayr-saxovat işlari natijasida “Mehr-saxovat” kökrak nişoniga sazovor böldilar.
Taqdirlaş marosimiga yiğilganlar kökrak nişoni sohiblarini davlatimizning bu kabi yuksak eʼtibori hamda rağbati bilan samimiy tabrikladilar va yurtimiz boşiga tuşgan oğir kunlarda kamarbasta bölgan yurtdoşlarimizning hayr-saxovat işlari boşqalarga örnak bölişini taʼkidlab, ularning kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Xalqimizda “Savob işni har kim, har kun qilişi kerak” degan ajoyib bir naql bor. Mana şu hikmatli sözlarga amal qilayotgan, sinovli kunlarda savobli işlar boşida turib, özgalarga namuna bölayotgan yurtdoşlarimizni uşbu mukofot bilan samimiy qutlaymiz.
Amudaryo tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶