MEHRU MUHABBATGA OŞNO OILA
MEHRU
MUHABBATGA OŞNO OILA
Muhabbat!
Insonning qalb ardoğiga aylangan bu ilohiy tuyğudan hamişa kuç, qudrat olib
yaşaymiz. Ana şu qudrat, nazarimizda insonlarni turli balo-qazolardan, yomonliklardan,
kulfatlardan omon olib çiqadi. Kim uçundir Muhabbat ikki sohir qalbning hayoti
timsolidir. Yana kimgadir ona-Vatanga yor ezgu tuyğular ramzidir. Nima bölganda
ham qalbidan ana şu ilohiy tuyğuga joy berib, uni eʼzozlagan inson hayotda öz
örnini topib, yuksak ahloqiy fazilatli şaxs sifatida şakllanişi tabiiy.
-
Men aytsam, juda balandparvoz, kitobiy gapday tuyu-lişi mumkin, - vazmin sözlaydi bizning bugungi qahramonimiz Saʼdulla Örozboyev. -Töğrisi, bizning oilamiz haqiqiy,
çin maʼnodagi muhabbatning mevasi. Muhabbat deganda bir-birovga tikilib, dil
izhorlarini eşitib ötirişni tuşunmaslik kerak. Bizning oilada Muhabbat - eng
avvalo tuğişganlik mehri, bir-birovning qadriga yetib yaşaş, işonç, sabr va
qanoat hamda bardoş kabi hislatlarning uyğunligi sifatida qadrli. Agar (Alloh
rahmatiga olgan bölsin) hayotdan ança erta ketgan ota-onamiz biz farzandlarini
ana şunday ezgu tuyğular ruhida tarbiyalaşmaganlarida bilmadim, beş nafar
yetimçalarning bugungi hayoti qanday holatda bölardi!..
Saʼdulla
otasi Qozoqboy aka vafot etganida endigina 14 yoşga tölgan öspirin edi. Uni hayot
juda erta ulğaytirdi. Biri-biridan kiçik, tarbiyaga muhtoj ukalariga boş bölib,
oilaning kam-kösti, oğir-yengiliga yelka tutdi. Jamoa xöjaligida kalxozçi bölib
işlovçi onasining yoniga kirib, dalaga işga çiqdi: ariq tozalab, ğöza yaganaladi,
çopiq qildi, to keç kuzgaça kattalar bilan bir safda paxta terdi. Onasidan
tomorqada har xil poliz va sabzavot ekinlari östirib, parvarişlaşni örgandi.
Maktabni tugatgaç, onasining qistovi bilan Toşhovuz şahridagi moliya va iqtisod
texnikumida öqib, iqtisodçi mutaxassisligiga ega böldi. «Orolqişloqsuvquriliş»
idorasida 10-yil iqtisodçi vazifasida xizmat qilib, öziga yaraşa hurmat, eʼtibor
topdi.
Ukalari
ulğaygan sari Saʼdullaning taşvişlari ham ulğayib bordi. Onasi bilan bamaslahat
öz oilalariga tegişli bölgan
Saʼdulla
otasi örnida elçi bölib, özga xonadon eşigini oçdi: avval ukasi Nurullani,
keyin Muzaffarni uylantirişdi. Singillarini turmuşga berişdi.
-
Har gal uyimizda töy bölganida özimni uçib-uçib toliqqan quşday sezardim, -
yaxşi kunlarni eslab deydi Saʼdulla. - Odamlar quvonçdan öynab-kulişsa, men
çekka-çekkaga çiqib quvonçimdan yiğladim. Köz yoşimni ukalarim körmasin, deb
şunday qilardim. Bilmadim, könglim kemtik bölib ösganim uçunmi, hozir ham
qattiq sevinsam, közimga yoş quyilib kelaveradi.
Quvonç
yoşlari... Saʼdulla bunday quvonçli kunlarga yetguniça ozmunça mehnat, maşaqqat
çekdimi!! Rözğorning oğir yukidan yelkalari yağir bölgan Saʼdulla ukalarini katta
hayotga tayyorlaş, öqitiş, uyli-joyli qiliş uçun özini ötga, çöqqa urdi. Bir oyoği
işda bölsa, bir oyoği bozorda, köngli esa uyda böldi. Baxtiga oilalariga kelib
qöşilgan kelinlar - umr yöldoşi Aqljon ham, kelinlari Dilfuzaxon bilan
Hamidaxonlar ham biri-biridan aqlli, uyim, joyim deydiganlardan bölib çiqdi.
Uçala kelin xuddi opa-singillarday, bir-birlariga mehribon, pazanda, çevar.
Uçalasi ham öqituvçi. Katta xonadonga oilaning kattasi - Saʼdulla bilan Aqljon boş-qoş. Kelinlar esa xuddi
kelişib olişganday Saʼdullani qaynota örnida «ota» deya siylaşadi.
Xalqimizda:
«birlaşgan özar, birlaşmagan tözar» degan ğoyat ibratli hikmat bor. Qozoqboy ota
öğil-qizlarining kamolini körolmay hayotdan erta ketgan, bolalar ota tarbiyasini
körişmagan bölişsa-da, aqlli va dono ayol (xudo rahmat qilsin) Xatira momo va
oilaning katta öğli Saʼdulla Örozboyevning yetim gödaklarga körsatgan mehr va
oqibati bois, bugun bu oila Amir Temur nomli ovuldagi eng ibratli,
saranjom-sarişta, obod xonadonlardan biriga aylandi.
-
Afsuski, bugungi kamolimizni onajonim körmadilar, - deydi Saʼdulla.- Baribir
şukur qilaman. Oilamizda heç kim bir-biriga ovozini kötarib gapirmaydi. Seniki,
meniki degan past tuşunçaning özi yöq, ukalarimning farzandlari xuddi özimniki
kabi qadrli, bir-biriga mehribon.
Azizlar, Saʼdulla aslo maqtanayotgani yöq.
Aslida u maqtaşga arzigulik katta oilaning dono sardori, maqtanişga arzigulik
işlarning uddasidan çiqa olgan tadbirli, mulohazali ota. Tahsinga loyiq,
tarbiyali, intizomli inson, ukalariga boş bölib, yoş boşidan otalik masʼuliyatini
zimmasiga olgan fidoyi, mehr-oqibatli, qalbi muhabbatga limmo-lim töla ibratli Aka!
Ayrim
ota-onalari hayot tuğişganlar qila olmagan işlarni özining kengfeʼlliligi,
oçiqqöl va oçiq köngilligi bilan uddalab kelayotgan Saʼdulla Örozboyevning
xonadonida hamma öz işini bilib qiladi. Oila iqtisodini kötariş borasida barça
birday qayğuradi. Ukalari ham, kelinlari ham oylik maoşlarini oila sardori -
Saʼdullaga keltirib berişsalar, bir jomadan pul böladi!
-
Yaqinda oilaviy daromadimiz xisobiga Nurulla ukamga alohida imorat qurib, oilasini
bölakladik. - Mamnunligini yaşirmaydi Saʼdulla. - Endi Muzaffar ukamga yangi
imorat quriş niyatidamiz. Eng muhimi, ahilligimizga köz tegmasin!
Baʼzan
qaynona-qaynotasi, ovsinlari bilan çiqişolmay ajraşişgaça borgan yoki oiladagi
yetar-yetmaslikdan nolib yuradigan yoş kelinlarni körsak Saʼdulla Örozboyevning öz tuğişganlariga bölgan gözal
va samimiy munosabati haqida öylaymiz. Yana,
Saʼdullaning: «Muhabbat deganda bir-biriga tikilib, dil izhori qilib ötirişni
tuşunmaslik kerak. Muhabbat - eng avvolo tuğişganlik mehri» - degan fikrlari
haqida öylaymiz. Va qaynoğani qaynota örnida
körib, öqituvçilik kasblaridan ortib, tomorqa xöjaligida, «Örozboyev
Allambergan» fermer xöjaligi hisobidagi ijara yerida xuddi opa-singillarday,
hamjihat işlaşga, oila çorvasiga, parrandasiga qarab, öz rizqlarini öz qöllari
bilan yaratişga intilib, ahillikda yaşayotgan Aqljon, Dilfuza va Hamida
kelinlarining aql-u farosatiga tan beramiz. Bu oiladagi öziga xos tarbiyaviy muhitga, intizom va
sariştalikka, ahillika havas qildim. Dilimizdan esa oila sardori - Saʼdullaning:
-
Muhabbat - eng avvalo tuğişganlik mehri! - degan fikrlari keçdi.
Ha
azizlar, tuğişganlar örtasida mehr-muhabbat bölsa, xonadon
obod, oila barkamol, el-yurt, Vatan osoyişta. Bor bölsin mehr-muhabbat!
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Amu news” ning maxsus muxbirlari.
Suratda: Saʼdulla Örozboyev
umr yöldoşi Aqljon, ukalari, kelinlari va farzandlari bilan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶