TUMANDA ÇOPVA MAHSULOTLAPI YeTIŞTIPIŞ HAJMI OPTADI
Amudaryo tumanida çorvaçilik sohasini jadal rivojlantiriş, içki isteʼmol bozorini sifatli göşt va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaş masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 29-yanvarda imzolangan “Çorvaçilik tarmoğini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati ham mamlakatimizda qişloq xöjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalaniş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, sohaga yetuk, malakali kadrlarni jalb etgan holda çorvaçilik sohasida yuqori samaradorlikka erişiş közda tutilgan. Bundan taşqari, çorvaçilik va naslçilik sohasini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, mahsuldorlikni oşiriş va ozuqabop ekinlar uruğçiligini rivojlantiriş, çorvaçilik xöjalikliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalaniş holatini tahlil qilib borişga eʼtibor qaratilgani çorvaçilik sohasi bilan şuğullanuvçi fermer xöjaliklariga yer maydonlari ajratişda şaffoflikni taʼminlaş imkonini yaratadi. Yaʼni, har bir boş çorva moliga mutanosib ravişda ozuqabop ekin maydoni ajratiladi va yerdan unumli foydalaniş masʼuliyati ortadi.
Mazkur Qaror bilan çorvaçilik sohasida iş yurituvçi subʼektlar uçun davlat tomonidan subsidiyalar ajratiş közda tutilgani tadbirkorlar uçun juda katta imtiyozdir. Prezidentimizning mazkur Qarori amudaryolik çorvadorlar uçun ham muhim ahamiyatga ega hujjat böldi.
Tumanda sohani rivojlantiriş maqsadida 2019-2021-yillarda bördoqiçilikka ixtisoslaşgan 2 ta kompleks taşkil etiş, jumladan “Soatov Otabek” agrofirmasida yiliga 60 tonna göşt tayyorlaşga ixtisoslaşgan 600 mln. sömlik, “Qurbonboyev Şohjahon” masʼuliyati çeklangan jamiyatida yiliga 600 tonna göşt tayyorlaş böyiça 550 mln. sömlik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, “Xöjaköl” fermer xöjaligida 280 boş qoramol boqilib, yiliga 854 tonna, “Yerlapas” fermer xöjaligida 270 boş qoramol boqilib, yiliga 823 tonna sut tayyorlaş rejalaştirilgan.
Çorva uçun töyimli ozuqa bazasini yaratiş ham 2020-2021-yillarda bajaradigan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. – Bu yil ğalladan böşagan maydonlarning bir qismiga takroriy ekin sifatida Italiyadan keltirilgan beda uruği ekiladi. Şuningdek, Turkiya uruğçilik kompaniyasi don va silos uçun makkajöxori uruğlarini şartnoma asosida yetkazib beriş böyiça öz takliflarini bildirmoqda. Bu ham soha rivojida muhim omil hisoblanadi.
Darvoqe, bugungi kunda Amudaryo tumandagi çorvaçilik subʼektlariga 2 ming 289 gektar yer maydoni ajratilgan bölib, şundan 1 ming 285 gektari ekişlik yerlardir. Mazkur çorvaçilik subʼektlari ixtiyorida 2 ming 600 boş qoramol bölib, şundan 1 ming 100 boşi sigirlardir. 2020-yilda çorva mollari nasldorligini yaxşilaş, çetdan keltirilgan nasldor mollarni mahalliy iqlim şaroitiga moslaştiriş maqsadida “Amudaryo sohili” fermer xöjaligida 200 mln. söm öz mablaği va 900 mln. söm bank krediti asosida yirik loyiha amalga oşirilmoqda. Loyiha doirasida Qozoğistondan 40 ta zotor qoramollar keltirildi. “Amu nasl çorva” agrofirmasi tomonidan jami 260 boş zotli qöylar olib kelinib, parvariş qilinmoqda. “Polvonboy ovuli” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan esa Belarus davlatidan umumiy qiymati 1,2 mlrd. sömlik 103 boş zotdor qoramollar keltirilib, mahalliy şaroitga moslaştirildi.
Bir söz bilan aytganda, Amudaryo tumanida çorvaçilik sohasini jadal rivojlantiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Bu esa öz navbatida göşt va sut mahsulotlari tayyorlaş hajmining ortişiga zamin yaratadi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶