Içimlik suvidan qonuniy va samarali foydalaniş yuzasidan tumanda nazorat tadbirlari ötkazilyapti
Içimlik suvi inson uçun eng zarur resurslaridan biri sanaladi. Bugungi kunda suv zaxiralarining kamayişi va talabning ortişi tufayli jahon hamjamiyati mazkur muammoga jiddiy eʼtibor qaratayotgani sir emas. Global iqlim özgarişi, resurslardan samarasiz foydalaniş, suv taqçilligi hamda noqonuniy ulanişlar içimlik suvi bilan boğliq muammolarni yanada kuçaytirmoqda. Şu sababli mahalliy darajada ham suv resurslaridan oqilona va unumli foydalaniş, şuningdek, hisob-kitob intizomini taʼminlaş dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Amudaryo tumanida aholini toza içimlik suvi bilan barqaror va uzluksiz taʼminlaş, mavjud infratuzilmani zamonaviylaştiriş hamda suv yöqotilişini kamaytirişga qaratilgan keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu yönalişda xizmat sifati va masʼuliyatni oşiriş, isteʼmolçilarda suvdan foydalaniş madaniyatini şakllantiriş ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Tumandagi mavjud holat çuqur tahlil qilinib, tegişli idoralar tomonidan bir qator amaliy çora-tadbirlar belgilangan. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş hududiy inspektsiyasining içimlik suvidan oqilona foydalaniş va sotişni muvofiqlaştiriş hamda oqova suv xizmatlaridan foydalaniş bölimi mutaxassislari hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining Amudaryo tumani filiali xodimlari hamkorligida mahallalarda xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan suhbatlar taşkil etilmoqda. Uşbu tarğibot işlari aholini suvdan oqilona foydalaniş, hisob-kitobda aniqlikni taʼminlaş hamda tölov intizomini yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Şu bilan birga, ular orqali suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlarni aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça profilaktik çoralar körilmoqda.
Suv taʼminoti tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş, hisoblagiçlarning plombalarini buziş yoki körsatkiçlarini soxtalaştiriş kabi qoidabuzarliklar tizim samaradorligiga jiddiy ziyon yetkazadi, moliyaviy yöqotişlarga va noqonuniy isteʼmolga olib keladi. Şu sababli, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksida bunday harakatlar uçun qatʼiy javobgarlik belgilangan. Jumladan, qonunbuzarlik holatlarida fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa ön beş baravaridan yigirma beş baravarigaça jarima qöllanilişi nazarda tutilgan. Bu kabi qonunbuzarliklar oqibatida butun tizimning işonçliligi va samaradorligi izdan çiqadi, natijada halol tölov qiluvçi aholi ham bevosita jabr köradi.
Aholining huquqiy ongi va javobgarlik hissi ortgan sari, suv taʼminoti tizimidagi muammolar kamayib, uning samaradorligi oşib boradi. Bu esa nafaqat iqtisodiy barqarorlikni, balki ijtimoiy muvozanatni taʼminlaşda ham muhim örin tutadi.
Keskinlaşib borayotgan iqlim özgarişlari şaroitida suv resurslarini tejamli va oqilona boşqariş — bugungi kunning ustuvor talabi hisoblanadi. Bunday tizimli va maqsadli işlar suvdan foydalanişda masʼuliyat va nazoratni mustahkamlab, keng kölamli ekologik barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶