Tumanda çiqindi taşuvçi texnikalar soni yana 3 taga köpaydi
Mamlakatimizda aholining salomatligiga, ekologik muhitga salbiy taʼsir körsatadigan noxuş vaziyatlar sodir bölişining oldini oliş maqsadida iqtisodiyot sohalarida va aholi punktlarida hosil böladigan maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni boşqariş tizimini takomillaştirişga qaratilgan saʼy-harakatlar izçillik bilan amalga oşirilmoqda. Natijada hududlarning sanitariya-gigiyenik holati tobora yaxşilanib bormoqda.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentyabrdagi “Qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori va uşbu qarorga muvofiq işlab çiqilgan “Yöl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar özining ijobiy samarasini bermoqda.
Unga köra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududlarda maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşirişda davlat-xususiy şerikligi modeli amaliyotga joriy etildi. Uşbu islohotlarning amaliy samarasi sifatida davlat şerigi – Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi hamda Davlat ekologiya qömitasining hududiy organi bilan xususiy şerik, yaʼni “GLOBAL POSITION SYSTEM” MÇJ örtasida 2023-yil 20-yanvarda bitim imzolangan edi.
Uşbu bitimga binoan “GLOBAL POSITION SYSTEM” MÇJ Amudaryo, Taxtaköpir, Qoraözak tumanlarining qattiq maişiy çiqindilarini olib çiqiş böyiça xizmatlar körsatiş va 18 milliard sömlik investitsiya kiritiş majburiyatini olgan. Bugungi kungaça korxona tomonidan 7 milliard 657 million sömlik investitsiya mablağlari kiritildi va mazkur tumanlar hududlarining sanitariya-gigiyenik holati yaxşilanib, qattiq va maişiy çiqindilar töplanib qolişiga barham berilmoqda.
Yaqinda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi tomonidan lizing asosida mazkur jamiyatga umumiy qiymati 2 milliard 607 million söm bölgan 3 ta ISUZU rusumli maxsus çiqindi taşuvçi avtotransport vositalari yetkazib berildi. Natijada hududlarda yaşovçi aholining qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar bilan qamrab oliniş darajasi yanada kengaydi.
Investitsiya asosida, lizingga xarid qilingan maxsus texnikalar Amudaryo tumaniga olib kelindi va tuman hokimi iştirokida filialga tantanali ravişda topşirildi. Bu texnikalar qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş böyiça körsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oşiriş imkonini beradi. Bundan taşqari, uşbu maxsus texnikalar olib kelinişi bilan tumanda yana 9 ta yangi iş örni yaratildi.
Mazkur texnikalarning keltirilişi korxonaning texnika parkini yanada boyitiş bilan birga, tumandagi barça ovul va mahallalar, sanoat işlab çiqariş korxonalari, taʼlim-tarbiya muassasalarining hududlarida qattiq maişiy çiqindilar töplanib qolişining oldini oliş, atrof-muhit, ekologik vaziyatning yaxşilanişi, aholi maskanlarining yanada obod va fayzli göşaga aylanişini taʼminlaş yönalişidagi işlarni yanada jadallaştirişga xizmat qiladi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶