OILANING OBRÖSI
Özbek oilalarida mehr-oqibat, keksalarga hurmat va eʼtibor yuksak insoniy fazilat sifatida qadrlanadi. Bobo bilan buvi öz farzandlarini qanotlari ostiga olib, nevara-çevaralari bilan ikki, hatto uç avlod bölib, katta xonadonga jamlanib yaşaşlari ham ana şu fazilatning ustunligidan.
- Oilaning mustahkamligi köp jihatdan keksa avlod vakillariga boğliq, - deydi Manğit şahrining «Döstlik» mahallasida yaşovçi ibratli oila sohibasi Tursunoy Ötalova.
- Xalqimizda: «otning izini toy bosar» degan hikmat bekorga aytilmagan. Ortiqboy aka bilan oila qurib, beş nafar farzandli, 12 nafar nevarali böldik. Özimiz katta xonadonning sohiblari bölsak-da hamon ilohim, umrlari uzoq bölsin, qaynona-qaynotamning maslahatisiz biron işga qöl urmaymiz.
Keksalar duosini oliş ham xalqimiz uçun bobomeros maʼnaviy qadriyatlardan. Örozimbat bobo bilan Rahima momolarning katta farzandi Ortiqboy va uning rafiqasi Tursunoydagi feʼli kenglik, köngli va qöli oçiqlik xislatlari bobo bilan momodan ötgan bölsa, ne ajab. Özlari yangi rözğor tutib, Örozimbat bobo xonadonidan alohida yaşayotganlariga köp yillar bölsa-da, hamon na Ortiqboy na Tursunoy keksalar bilan kengaşmay biron işni boşlagan emas.
Ortiqboy Örozimbat bobo bilan Rahima momoning ilk quvonçi - katta farzandi. Sakkiz farzandining ikki nafaridan erta ayrilgan Örozimbat bobo bilan Rahima momo oiladigi muammolarni hal etiş borasida Ortiqboy öğliga köproq suyanadigan bölişdi. Boşqa öğil-qizlariga har işda bir-birini qöllab-quvvatlab yaşaşni örgatib borişdi. Öğil-qizlarini mehnatkaş, mehr-oqibatli qilib tarbiyalaşdi. Şundanmi, farzandlarining barçasi uyim-joyim, rözğorim, deydigan, oilasi tinçligi uçun qayğuradigan, obrö-eʼtiborli insonlar bölib voyaga yetişdi. Eng muhimi, öğil-qizlar inoq, ahil.
Ortiqboy öz oilasi biznesini taşkil etiş niyatini amalga oşirişini ham eng avvalo ota-onasining maslahati bilan boşladi.
- Boşlanişida ança qiyinçiliklar böldi, - deydi Ortiqboy tadbirkorlik faoliyatini boşlagan ilk yillarni eslab. - Har gal ota-onam öz maslahatlari bilan könglimni kötarib turganidanmi, qiyinçiliklarni yengib, işlarim yurişib ketdi. Avvalo, kiçik makaron işlab çiqariş tsexini oçdik. Farzandlarim işli bölişdi. Oilamizga baraka kirdi.
«Mehnatdan kelsa boylik - turmuş bölar çiroylik», - deganlari şu-da. Bobosi bilan buvisidan, ota-onalaridan mehnatkaşlikni, tadbirkorlikni örgangan egizak öğillari Ahmadjon bilan Abdullajon, egizak kelinlari Oyşa-Fotima, kenja öğil Şuhratjon va Azizaxon kelinlari ham Ortiqboy bilan Tursunoyning qöl-qanotlari bölişdi. Oilaviy tadbirkorlik orqasidan bu oilaning barça aʼzosi iş bilan taʼminlandi. Ahmadjon bilan Abdullajon uçun uylariga yaqin joydan yangi imoratlar qurib, hovli töylari ötkazişdi. Qizlari Nargiza hamda Dilafrözlarni öqitib, ilmli qilişdi. Şuhratjon esa «Behruz» MÇJni taşkil etib, öz xususiy korxonasiga ega böldi. Toşket şahridagi mebelsozlik korxonalari bilan şartnoma asosida mebel mahsulotlari olib kelib sotişni yölga qöydi. Unga bu işda umr yöldoşi - oilaning kenja kelini Azizaxon eng yaqin yordamçi.
- Ortiqboy bilan Tursunoyning farzandlari ham xuddi özlariga öxşab xayr-saxovatli, muruvvatli, - deydi «Döstlik» mahallasi raisining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Nina Xöjayeva - Mahallamizda ötkaziladigan har xil tadbirlarda bu oilaning tadbirkor farzandlari hamişa homiylik yordamini körsatişadi. Kam taʼminlangan oilalarga bayram va hayitlarda sovğalar berişadi.
«Birning duosidan eʼtibor, mingning duosidan tuman boylik qaytadi» - deganlari naqadar haqiqat. Bugungi kunda Ortiqboy Ötalovning oilasini nainki «Döstlik» mahallasida, balki Manğit şahrida köpçilik yaxşi bilişadi. Yoşlari ulğayib, özlari bobo-buvi bölib qolişgan, qöşa-qöşa kelin-u bir uy töla nevaralar qurşovidagi katta xonadon -baxtli oila sohiblari Ortiqboy bilan Tursunoyning har kuni tongda ado etadigan, özlariga xuş yoqadigan farzandlik burçlari bor. Bu - izzatli xonadonning izzatli, pir-u badavlat keksalari (Alloh umr bersin) - Örozimbat bobo bilan Rahima momoning ahvolini sörab, duoi-fotihasini oliş! Zero, bu katta xonadondagi qut-baraka, oilaviy baxtiyorlik, özbekona intizom va ahillik ana şu ezgu qadriyat - özaro mehr-oqibat, kattalarga hurmat va samimiy eʼtibor tufaylidir. Oilaning - xonadonning fayzi ham, obrö-eʼtibori ham şunda!
Keksalar qöl oçib tursa duoga,
Ezgulikdan gullab ketgusi jahon.
Farzandlar mardona boqib dunyoga,
Baxtga makon bölgay har bir XONADON!
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Amu news” ning maxsus muxbirlari.
Suratda: Ortiqboy Ötalov va Tursunoy Ötalovalar farzandlari davrasida

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶