Yoşlar yetakçilari yangilanayotgan Özbekistonning obrösi, nufuzini oşirişga hissa qöşadi
Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodning sifatli taʼlim olişi, ilmli, salohiyatli bölib voyaga yetişlariga şaroit yaratişga doir köpgina islohotlar amalga oşirilayotir.
Joriy yilning 19-yanvarida Prezidentimiz qabul qilgan “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq endilikda yoşlar muammolari bevosita mahallalarda hal etiş, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy işlarning samaradorligini oşiriş maqsadida har bir şaharça, ovul, mahallalarda yoşlar yetakçisi lavozimi joriy etildi.
Yoşlar yetakçilarining zimmasiga mahallalarda yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, milliy xalq öyinlari va sport turlarini yoşlar orasida ommalaştiriş, Beş muhim taşabbus loyihalari, yoşlar festivallari va boşqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oşiriş, yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, iqtidorli, isteʼdodi va taşabbuslarini rağbatlantiriş, ularning intellektual jihatdan kamol topişini taʼminlaş kabi masʼuliyatli vazifalar yuklangan.
Şuningdek, huquqbuzarlik sodir etişga moyilligi bölgan, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan yoşlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinişi va moslaşuviga kömaklaşadi.
Mahallalarda joriy etilgan yoşlar yetakçisi lavozimiga tayinlanganlar hududlarda yoşlarning tadbirkorlik ğoyalarini amalga oşirişda, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boşqa yordam çoralarini jalb qilişda hokim yordamçisi bilan hamkorlik qiladi. Yetakçi tavsiyasi asosida moddiy ahvoli qiyin yoşlarni qöllab-quvvatlaş uçun bir martalik moddiy yordam, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoş oilalarga 12 oygaça turar joy ijarasi kompensatsiyasini qoplaş uçun subsidiya, psixologik masalahatga muhtoj yoşlarga ixtisoslaşgan nodavlat notijorat taşkilotlari hamda nodavlat taʼlim taşkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat körsatilişi bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun subsidiya, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarning safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatni ötaş badalini töliq qoplaş uçun subsidiya, mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoşlarning tölov-kontrakt summasining 50 foizigaça qoplaş uçun subsidiya ajratilişi mumkin.
Qarorda qayd etilişiça, mahallada yoşlar siyosatini samarali amalga oşirişga erişgan yoşlar yetakçilari har çorak yakunida moddiy-maʼnaviy rağbatlantiriladi. “Yangi Özbekiston islohotçisi” kökrak nişoni bilan ham öz faoliyatini namunali taşkil etgan, özining şaxsiy fazilatlari bilan boşqalarga örnak bölayotgan yetakçilar taqdirlanadi.
Yoşlar bilan işlaş tizimidagi bu özgarişlar yangilanayotgan Özbekistonning nufuzini yana ham oşirişga xizmat qiladi.
Jasur DAVLETOV, Yoşlar agentligi tuman bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶