Okrug va uçastka saylov komissiyalari raisligiga nomzodlar uçun seminar ötkazildi
Joriy yilning dekabr oyida Parlament va mahalliy Kengaşlarga bölib ötadigan saylovlarga ham qizğin hozirlik körilmoqda.
16-18-avgust kunlari tumanimizdagi 82-sonli maktab binosida saylovlarga tayyorgarlik köriş va ularning taşkiliy-huquqiy masalalari böyiça seminar-trening bölib ötdi. Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va tuman hokimligi tomonidan taşkillaştirilgan seminar-treningda respublika darajasidagi trenerlar, hududiy ekspertlar va tuman trenerlari maşğulotlar ötkazişdi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining şu yil 23-iyuldagi “Saylov qonunçiligi va zamonaviy axborot texnologiyalari böyiça tizimli öqitiş yuzasidan çora-tadbirlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 926-sonli qaroriga muvofiq ötkazilgan seminar-treningda 5 ta guruhga bölingan holda 95 nafar okrug va uçastka saylov komissiyalari raisligiga nomzodlar qatnaşişdi.
Uç kun davom etgan maşğulotlarda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qöllagan holda Saylov kodeksi, taqdimot materiallari, Markaziy saylov komissiyasi nizom va yöriqnomalari asosida tinglovçilarning bilimlari oşirildi. Şuningdek, saylovlarning mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunçilik, komissiyalar va ularning vakolatlari, tayyorgarlik jarayonlari, natijalarni maʼlum qiliş, saylov töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlik, takroriy ovoz beriş kabilarga doir bölgan modullar böyiça tuşunçalar berildi va amaliy könikmalar hosil qilindi. Undan taşqari, tinglovçilar Saylov kodeksi, Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi hamda Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodekslarning saylovlar bilan boğliq moddalarini amaliyotda qöllaş yuzasidan batafsil maʼlumotga ega böldilar.
Seminar-treningda saylovlarga puxta tayyorgarlik köriş, komissiyalar faoliyati samaradorligini oşirişga doir masalalar yuzasidan okrug va uçastka saylov komissiyalari raisligiga nomzodlar, yaʼni tinglovçilarni qiziqtirgan savollarga tegişli javoblar ham berib borildi.
Aytiş kerakki, bu kabi seminarlar saylovlarni taşkil qiliş va ötkazişga bevosita aloqador bölgan masʼullarning bilim va könikmalarini oşirişda, uşbu muhim siyosiy jarayonni qonun talablari asosida oçiq va oşkora tarzda ötkazişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu sababli kelgusida ham bunday seminarlarni maxsus jadval asosida taşkil qiliş rejalaştirilgan.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶