Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida "Xalqlar döstligi" festivali ötkazildi
Millatlararo totuvlik, özaro hurmat va bağrikenglik tamoyillari Yangi Özbekiston taraqqiyotining eng mustahkam poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda jonajon yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari yagona maqsad – Vatan ravnaqi, köp millatli xalq farovonligi hamda yurt tinçligi yölida ahil va inoqlikda umrguzaronlik qilmoqda. Mamlakatimizda qaror topgan va hukm surayotgan mana şunday tinçlik va osoyiştalik, diniy bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaş, ayniqsa, kelajagimiz egalari bölgan yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, çeksiz insoniylik va özaro hamjihatlik tuyğularini yuksaltiriş maqsadida Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida Xalqlar döstligi kuni munosabati bilan döstlik festivali taşkil etildi.
Uşbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tom maʼnoda yurtimizdagi barqarorlikning va döstlikning yorqin ifodasiga aylandi. Festival doirasida jamiyatning turli qatlamlarini keng qamrab olgan köplab mazmunli tadbirlar ötkazildi. Xususan, "Biz yagona Vatan farzandlarimiz", "Özbekiston — yagona Vatan" hamda "Qöşniçilik va bağrikenglik saboqlari" mavzularida taşkil etilgan davra suhbatlari qizğin fikr-mulohazalarga boy böldi.
Mazkur muloqot maydonlarida harbiy xizmatçilar, turli davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, köpni körgan muhtaram nuroniylar, umidli yoşlar hamda turli milliy madaniy markazlarning faollari özaro suhbatlaşdilar. Davra suhbatlari davomida Yangi Özbekistonda millatlararo totuvlik va özaro hurmatni taʼminlaş borasida izçillik bilan amalga oşirilayotgan islohotlar haqida atrofliça fikr almaşildi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan aynan mana şunday birdamlik va hamjihatlik riştalari mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim omillaridan ekanligi alohida eʼtirof etildi. Özbekiston diyorida yaşayotgan barça fuqarolar millatidan qatʼi nazar, yurt ravnaqi uçun munosib hissa qöşayotgani faxr va iftixor bilan tilga olindi.
Festivalning badiiy qismi tadbir iştirokçilariga unutilmas lahzalarni hadya etib, çin maʼnoda ulkan döstlik va hamjihatlik bayramiga aylanib ketdi. Katta sahnada turli millat vakillari tomonidan ijro etilgan betakror xalq kuy-qöşiqlari, jozibador milliy raqslar hamda öziga milliy urf-odatlarni aks ettiruvçi sahna körinişlari barçaga manzur böldi. Bu rang-barang madaniy çiqişlar milliy qadriyatlarimizning naqadar boyligini, xalqimizning bağrikengligini va özaro hurmat tamoyillarini yana bir karra yorqin ifodalab berdi.
Tadbir davomida maxsus taşkil qilingan körgazmalar ham barçaning diqqat markazida böldi. Milliy madaniyat, betakror hunarmandçilik va ajoyib amaliy sanʼat namunalaridan iborat mazkur körgazmalar yiğilganlarga yurtimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanişiş imkonini yaratdi. Namoyiş etilgan körgazmalarda asrlar oşa saqlanib kelayotgan milliy qadriyatlar, turli millatlarning öziga xos anʼanalari va gözallikka bölgan iştiyoqlari namoyon böldi. Bu esa mehmonlarda, ayniqsa, yoş avlod vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, yoşlarning böş vaqtini yanada mazmunli ötkaziş va ularni haqiqiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida qator qiziqarli tadbirlar uyuştirildi. Xususan, yoşlar örtasida turli sport musobaqalari, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi körgazmali çiqişlar hamda turli xil bellaşuvlar va intellektual tanlovlar yuqori saviyada ötkazildi.
Uşbu qiziqarli sport va harbiy körgazmali çiqişlar nafaqat yoşlarning jismoniy tayyorgarligini oşiriş va ularni soğlom turmuş tarziga keng jalb etişga yordam berdi, balki ularning murğak qalbida Vatanga sadoqat, fidoyilik va mardlik xislatlarini toblab, ona yurt himoyasiga doimo şay turiş ruhida tarbiyalaşga xizmat qildi.
Festival yakunida alohida taʼkidlanganidek, jamiyatimizdagi millatlararo totuvlik, özaro hurmat va bağrikenglik muhiti Özbekistonning eng bebaho boyligidir. Mazkur muqaddas tuşunçalar xalqimizning asl kuç-qudrati hamda barqaror taraqqiyotimizning mustahkam poydevori bölib xizmat qiladi.
Mana şunday keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar jamiyatimizdagi iliq döstlik riştalarini yanada mustahkamlaşda, ösib kelayotgan yoş avlod qalbida yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirişda va eng asosiysi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusini kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona Vatanimizning tinçligi va barqaror ravnaqi, köp millatli xalqimizning birdamligi va hamjihatligi bu muqaddas zaminda yaşayotgan barça fuqarolarning eng uluğ boyligi, eng yuksak qadriyati hisoblanadi. Döstlik, mehr-oqibat, diniy bağrikenglik va özaro hurmat tamoyillari doimo ustuvor bölgan, odamlari özaro yelkadoş bölib yaşayotgan jamiyatda esa taraqqiyot bardavom böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶