NOSOZ MUZLATKICh UChUN TOʻLANGAN 2,5 MILLION SOʻM PUL QAYTARIB OLIB BERILDI
Qipchoq shaharchasida istiqomat qilayotgan fuqaro Jamila Matmurodova Mangʻit shahridagi buyum bozorida faoliyat koʻrsatayotgan doʻkonlardan biridan narxi 2,5 million soʻmlik muzlatkich sotib olgan edi.
Ammo yaxshi niyat bilan sotib olingan ushbu muzlatkich nosoz boʻlib chiqdi. Xaridor J.Matmurodovaning nozos muzlatkichni xarid qilgan doʻkoniga qaytarib topshirish borasidagi harkatlari foyda bermadi – sotuvchi A.Jumaniyozova ushbu nosoz muzlatkichni qaytarib olishni rad qildi.
Shundan keyin fuqaro J.Matmurodova Amudaryo tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat xodimlari J.Matmurodovaning xohishiga koʻra unga muzlatkich uchun toʻlangan 2,5 million soʻm pulini qaytarib olishiga amaliy yordam koʻrsatdi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶