Har bir mahallaga 500 million söm: Qoraqalpoğiston mahallalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan ajratilgan mablağlar evaziga qanday işlar amalga oşirildi?
2023-yilning 30-mart kuni hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanişiş maqsadida Qoraqalpoğistonga taşrif buyurgan mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev aholi farovonligini yanada oşirişga qaratilgan 3 ta yangi taşabbusni ilgari surgan edi.
Qoraqalpoğiston sanoatini rivojlantiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy etiş, aholi bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş doirasida hududdagi 452 ta mahallaning har biriga töğridan-töğri 500 million sömdan qöşimça mablağ ajratililişi belgilandi. Buning uçun alohida Qoraqalpoğiston mahallalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil qilinib, unga 2023-yilda 250 milliard söm ajratildi.
Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda yurtboşimiz tomonidan qaratilgan yuksak eʼtibor va işonçni oqlaş, yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalaniş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Ajratilgan mablağ ovul va mahallalarda insonlarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga, mavjud kamçiliklarni bartaraf qilişga yönaltirilmoqda.
Xususan, Farovon mahallasi hududidagi Xalqobod köçasidagi isteʼmolçilarga xizmat körsatadigan transfarmator örnatildi, elektr liniyalari tortildi va tayanç ustunlari örnatildi. Şu orqali elektr energiyasi bilan boğliq muammaolar hal qilindi. Şuningdek, Kimyogarlar-4 köçasidan Kimyogarlar-16 köçasigaça yöllarga toş yotqizildi. Bu orqali piyodalar va haydovçilar uçun yöllarda harakatlaniş yanada osonlaşdi. Qolaversa, Kimyogarlar köçasiga bolalar maydonçasi qurildi. Farovon MFY binosiga quyoş paneli örnatildi hamda mahalla hududidagi yöl çetiga piyodalar yölakçasi qurildi.
Ajratilgan mablağ hisobidan Döstlik mahallasida ham xayrli va samarali işlar amalga oşirildi. Jumladan, Döstlik MFY maʼmuriy binosiga quyoş paneli örnatildi. Mahalla hududidagi Şörçi, Gurlan berk köçalariga toş yotqizildi. Şörçi köçasiga içimlik suvi tarmoqlari tortildi hamda Döstlik köçasiga kuzatuv kameralari örnatildi.
Bu boradagi tizimli işlar Yangiobod mahallasida ham amalga oşirildi. Xususan, mazkur mahalla fuqarolar yiğini binosiga ham quyoş paneli örnatildi va şu orqali bino elektr energiyasi bilan taʼminlandi. Şuningdek, Yangiobod mahallasi hududidagi Abdulla Avloniy köçasiga yangidan elektr liniyalari tortildi, tayanç ustunlari örnatildi. Bu orqali hududdagi fuqarolar uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan elektr energiyasi taʼminoti bilan boğliq muammolar öz yeçimini topdi.
Yangiobod mahallasi hududidan ötuvçi kollektorga örnatilgan köprikdan, yaʼni mahallaning Farovon mahallasi bilan çegarasidan 40-sonli umumtaʼlim maktabigaça piyodalar yölakçasi qurildi. Uşbu piyodalar yölakçasining qurilişi mahalla aholisi, ayniqsa, maktab öquvçilarining yöllarda harakatlanişlarida xavsizlikni taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Mahallaning Amudaryo köçasiga bolalar maydonçasining qurilişi esa bolajonlarning böş vaqtini maroqli ötkazişlariga zamin yaratdi.
Bir söz bilan aytganda, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzurida Mahallalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan ajratilayotgan mablağlar mahallalar infratuzilmalarini takomillaştiriş, aholining turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan dasturlar ijrosini hamda mavjud muammolarning samarali va tezkor hal etilişini moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlaşda muhim vosita bölmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶