UPUSh FAXPIYLAPIGA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLAPI TOPShIPILDI


1941-1945-yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar kontslagerining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-apreldagi Qaroriga muvofiq 1941-1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar kontslagerining voyaga yetmagan sobiq mahbuslarining va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarning manzilli ijtimoiy himoyasi kuchaytirilmoqda, ularga koʻrsatilayotgan xizmatlari turi, sifatli oshmoqda.
Mazkur qarorga muvofiq ular har oyda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi 240 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari bilan, shuningdek har mavsumda mavsumiy kiyim-kechaklar bilan taʼminlanadi.
Shu yilning 2-avgustida tuman hokimi S.Yoʻldashev, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi B.Ollamberganovlar tumanimizda istiqomat qilayotgan urush faxriylari – Mangʻit shahrining Guliston koʻchasida istiqomat qiluvchi Sobir Nurullayev, Qipchoq ovulida istiqomat qiluvchi Oʻtamurot Bozorboyev, Bogʻ mahallasida yashovchi Yoʻldosh Ortiqovlarga maxsus qutilarga solingan, qiymati 1 mln.soʻmga yaqin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini topshirdilar.
Urush faxriylari davlatimizning oʻzlariga qaratayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklaridan cheksiz mamnun ekanligini izhor etdilar.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶