KUYuK KÖPIP OVULIDA YaNGI MINI FUTBOL MAYDONÇASI QUPILIB,FOYDALANIŞGA TOPŞIPILDI
“Yoşlar kelajagimiz” jamğarmasi yurtimizning köplab doimiy iş bilan band bölmagan yoşlari uçun yangi iş örinlari yaratilişiga, tadbirkorlik bilan şuğullanişlariga imkoniyatlar yaratdi. Kuyuk köpirlik Muhiddin Örozimbetov şu vaqtgaça mavsumiy işlar bilan şuğullanib keldi. Yoşlarga qaratilayotgan ğamxörliklardan köngli yuksalib, ovulida tadbirkorlikni yölga qöyiş, yoşlarning sport bilan muntazam, qulay şaroitlarda şuğullanişlarini taʼminlaş niyatida sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasi quriş niyatida Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşiga murojaat qildi. Taşkilot uning puxta öylangan va rejalaştirilgan loyihasini eʼtiborsiz qoldirmadi. Unga ”Yoşlar – kelajagimiz” jamğarmasidan imtiyozli ravişda 350 million sömlik kredit mablağlari ajratildi.
Muhiddin uşbu mablağ va yana öz hisobidan 100 million söm pul sarflab, ovul yoşlari uçun sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasi, maydonça atrofida tomoşabinlar uçun qişda sovuqdan, yozda oftob tiğidan himoyalanişga bostirma bunyod etdi. Şuningdek, futbol maydonçasi qoşida turli yoşdagilar jismoniy çiniqişlariga xizmat qiluvçi sport maydonçasi ham qurildi.

Sport - soğlom turmuş tarzining ajralmas bölagi. Ovul aholisi, ayniqsa yoşlar uçun sport bilan, mini futbol bilan şuğullanib, jismoniy çiniqişlariga, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga şaroit yaratilgani barça uçun juda quvonarli voqea böldi. Şu boisdan ham 15-dekabr kuni maydonçaning oçiliş marosimi bayram tusini oldi. Marosimda tuman hokimi örinbosarlari Maʼmur Temirboyev, Jasur Norimov, Alişer Yöldoşev, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi raisi Mahmud Şermetov, “Yoşlar kelajagimiz” jamğarmasi tuman bölimi raisi Paşid Tursunboyevlar, şuningdek, Kuyuk köpir ovul fuqarolar yiğini masʼullari, ovul aholisi, yoşlari iştirok etdilar. Marosimda sözga çiqqanlar tadbirkor yigit Muhiddin Örozimbetovning bunyod etgan sport inşootiga ulkan baho berdilar,boşlagan işi xayrli bölişiga tilak bildirdilar.
Ovul nuroniylari duolaridan söng mini futbol maydonçasi eşigi oldida ramziy tasma kesildi va şodliklari bir jahon bolajonlar ilk maşğulotni boşlab yubordilar.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶