13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 10:06
Siyosat 👁 3,632

Eng ulugʻ bayramga ulugʻvor rejalar bilan

Eng ulugʻ bayramga ulugʻvor rejalar bilan

Kun sayin eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi tobora yaqinlashmoqda. Xalqimiz bu yil ham mamlakatimiz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan kunni katta tantana, shodu xurramlik bilan keng nishonlaydi. Umummilliy bayramimiz boʻlgan bu qutlugʻ sana oldidan shu davr mobaynida bosib oʻtgan yoʻlimizni, yurtimizda amalga oshirilgan katta bunyodkorlik ishlarini sarhisob qilib, oldimizda turgan yangi-yangi marralarni yana bir marta oʻzimizcha tasavvur qilib olishga odatlanganmiz.

Mustaqillikning ilk yillari bilan bugungi kunlarimizni solishtirar ekanmiz, yurtimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga ochilib, tobora obod va goʻzal boʻlib borayotganiga, barcha yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori boʻlgan xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi, ishga, hayotga munosabati butunlay oʻzgarib, oʻz kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchi mustahkamlanib borayotganiga guvoh boʻlamiz.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan uzoqni koʻzlab hayotga tatbiq etilayotgan taraqqiyotning "oʻzbek modeli” ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish surʼatlarini barqaror taʼminlash, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirish imkonini bermoqda. Sanoat salohiyatini oshirishga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilgan qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoit, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar, qulay investitsiyaviy muhit mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida muhim omil boʻlmoqda.

Istiqlol yillarida butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumani iqtisodiyotida ham barqaror oʻsish surʼatlari taʼminlanib, ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritilmoqda. Buning tasdigʻini tumanimiz mehnatkashlari erishayotgan salmoqli natijalar misolida ham koʻrish mumkin.

Sanoat salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2013-2015-yillarda tumanni kompleks rivojlantirish Dasturi ishlab chiqilib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu Dastur doirasida sanoat salohiyatini 2013-2015-yillarda rivojlantirish investitsiya loyihalari dasturi, mavjud sanoat korxonalarini toʻliq quvvatda ishlatish, boʻsh turgan bino va inshootlarda ishlab chiqarishni tashkil etish hamda tijorat banklari balansidagi korxonalarning ishlab chiqarish hajmlarini oshirish asosida kam quvvatli, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy qoʻllab quvvatlash Dasturi, 2012-2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish Dasturi hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni, yaʼni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni rivojlantirish Dasturlari ishlab chiqildi. Shuningdek, faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarini koʻp tormoqli xoʻjaliklarga aylantirish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Shu kabi keng koʻlamli ishlar natijasida «Asia silk» Vetnam shoʻʼba korxonasi, yiliga 9600 juft poyabzal va oyiga 200 dona kostyum-shim, yiliga 335 tonna kolbasa mahsulotlari, mebel va xoʻjalik qogʻozi ishlab chiqaruvchi korxonalar, loyiha qiymati 158,0 mln soʻmlik sutni qayta ishlash kompleksi, Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 25 mln dona gʻisht ishlab chiqarishga moʻljallangan, loyiha qiymati 1 mlrd 200 mln soʻmga teng boʻlgan «Qoraqalpoqqishloqqurilishservis» korxonasi, zamonaviy sovutgichli «sendvich» panelli meva-sabzavot saqlaydigan omborxonalar ishlab turibdi.

Shuningdek, Angliyaning «Welroy Technology LLP» kompaniyasi bilan birgalikda qiymati 29 mln AQSh dollariga teng boʻlgan «Amudaryotex» xorijiy korxonasi, Oʻzbekiston-Xitoy-Rossiya hamkorligidagi «Zhas metall production» xorijiy qoʻshma korxonasining metallni eritish va qayta ishlash tsexi qurilishi ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Umuman, 2013-2015-yillarda tumanning sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturiga asosan jami qiymati 32 mln 672,8 ming AQSh dollari ekvivalentidagi 20 ta loyihalar amalga oshirilishi va 478 ta yangi ish oʻrinlari tashkil qilinishi belgilab olingan va bu loyihalar ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda.

Faxr bilan aytish mumkinki, tumanimizda 2000 dan ziyod tadbirkorlik subʼektlari faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalarning 99,8 foizi xususiy va masʼuliyati cheklangan jamiyat shakliga oʻtgan boʻlib, ularda jami ish bilan band aholining 89,1 foizi mehnat qilmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha birgina 2013-yilda 380 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda va bu boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda tadbirkorlikka nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirish, balki aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ham hal qiluvchi kuch sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish natijasida aholining bandlik darajasi tobora oshib bormoqda. Jumladan, tumanimizda joriy 2013-yilda 5231 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan boʻlib, 6 oy davomida rejadagi 2616 ta oʻrniga 2651 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi va yarim yillik reja 101,3 foizga bajarildi.

Tadbirkorlik xususida gapirganda, istiqlol sababli yurtimizda yangidan yoʻlga qoʻyilgan fermerlik harakati albatta tilga olinadi. Muhtaram Yurtboshimiz Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga tashrifi chogʻida shunday degan edi: «Hammamizga maʼlumki, sovet tuzumi davrida xususiy mulk boʻlmagan. Biz sobiq sovet tuzumining asoratlaridan fermerlarga yer ajratib, ularda mulkdorlik hissini shakllantirish orqali xalos boʻla boshladik. Bugun fermerlar - mamlakatimizning ustuniga aylandi. Ustun esa tayanch demakdir. Lekin faqat dehqonchilik va chorvachilik bilan farovonlikka erishib boʻlmaydi. Fermerlarning huquq va vakolatlarini kengaytirish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish lozim».

Bu borada qilingan amaliy ishlar natijasida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 278 ta fermer xoʻjaliklaridan 197 tasida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va servis, qayta ishlash yoʻnalishidagi qoʻshimcha tarmoqlar yoʻlga qoʻyilib, fermer xoʻjaliklarining daromadi va ularda ish bilan band aholi soni ortib borayotgani quvonarli hol, albatta.

Fermerlarimizning fidoyiliklari tufayli tumanimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi boʻlmish qishloq xoʻjaligi sohasida katta natijalarga erishilmoqda. Bu yil ham tumanimiz pillakorlari 243,5 tonna pilla yetishtirib, yilning dastlabki shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajardi. Gʻallakorlarimiz esa 2800 gektar maydonga ekilgan gʻallaning har bir gektaridan oʻrtacha 37-38 tsentnerdan hosil olib, 10 ming tonnadan ortiq bugʻdoy yetishtirdi, shundan 4605 tonnasini shartnoma asosida qabul maskanlariga topshirdi.

Bu yil bahor ob-havosining noqulay kelganiga qaramasdan, paxtakorlarimiz koʻp yillik tajribalari, bilimi, mutaxassislar maslahati va fidoyiligi bilan dalalardan tekis nihol olishga erishdilar. Bu yili fermerlarimiz 16050 gektar paxta maydonlaridan barakali hosil olib, davlatga 33050 tonna paxta sotish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzgan boʻlib, ayni kunlarda yigʻim-terim mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar bugun oʻz samarasini berib, bu yutuqlarni dunyo jamoatchiligi eʼtirof etayotgan bir paytda, muhtaram Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk kunlaridayoq ilgari surilgan «Islohot islohot uchun emas, inson uchun, uning farovon hayoti uchun» degan oliy tamoyilning xalqimiz hayotida boʻy koʻrsatayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz.

Haqiqatan ham, yurtimizda qaysi soha isloh qilinib, qanday yangilikka qoʻl urilmasin, uning asosida inson manfaati degan oliy qadriyat turadi. Inson omiliga berilayotgan bunday katta eʼtibor natijasida xalqimizning turmush darajasi kun sayin yuksalib, farovonligi ortib bormoqda.

Prezidentimizning qishloq joylarida namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qarori asosida har yili minglab oilalar namunaviy joylarda yangicha hayot boshlamoqda. Bu yil tumanimizda ham 70 ta ana shunday uy-joylar qurilmoqda.

Ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida «Urganch shahri - Mangʻit shahri - Turkmaniston Respublikasi chegarasi» davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlining 75,5 - 79,0 kilometroraligʻida smeta bahosi 4,27 mlrd soʻm boʻlgan 3,5 kilometr yoʻlni rekonstruktsiya qilish, jami 4,5 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ evaziga Mangʻit shahri va qishloqlarda suv tarmoqlarini qurish ishlari davom etmoqda.

Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq yosh avlod tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilandi. 2012-2013 oʻquv yilida tumanimizdagi mavjud 75 ta umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan 3203 nafar yigit-qizlar taʼlimning keyingi bosqichiga - akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yoʻl oldilar. Tumanimizdagi 1 ta akademik litsey va 7 ta kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini esa ish bilan taʼminlashning barcha choralari koʻrilmoqda.

Bundan tashqari, 2013-yilda tumanimizning Xitoy ovulida loyiha qiymati 2,9 milliard soʻm boʻlgan, 360 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan Amudaryo transport kasb-hunar kolleji, Qipchoq ovulida 150 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan musiqa maktabi, Mangʻit shahrida Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi qurilmoqda. «Barkamol avlod» bolalar markazi, shuningdek bir qator umumtaʼlim maktablarida rekonstruktsiya va kapital taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida farovon kelajakni taʼminlashdek ezgu maqsad mujassam. Oʻtgan 2012-yilda birgina tuman markaziy koʻptarmoqli poliklinikasi va markaziy shifoxona boʻlimlari binolarini kapital taʼmirlash uchun davlat byudjetidan jami 3 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgani, joriy yilda «Kuyuk koʻpir» va Z.M.Bobur nomli ovullarda har biri 50 qatnovga moʻljallangan qishloq vrachlik punktlari qurilayotgani aholi salomatligini yanada yaxshilash borasidagi xayrli ishlarning davomi boʻldi.

Mamlakatimizda joriy 2013-yilga «Obod turmush yili» deb nom berildi. Buning negizida, avvalambor, har bir odam, har bir oila, qolaversa, butun xalqimiz hayotiga daxldor vazifalarni amalga oshirish, taraqqiyotimizni jadallashtirish, hayotimizni yanada farovon qilish kabi ezgu maqsadlar koʻzda tutilgan. Bizning yurtimizda inson aziz, inson moʻʼtabar. Shuning uchun inson manfaati, huquq va erkinliklarini taʼminlashdek eng ustuvor vazifa «Obod turmush yili» Davlat dasturida ham oʻz ifodasini topgan. Shu Dastur asosida qabul qilingan tuman Dasturida jami 50 milliard soʻmlikdan ortiq mablagʻ evaziga keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan va bugungi kunda bu boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, obodlik - koʻngildan boshlanadi. Shu maʼnoda, bugun yurtni obod etish ishtiyoqi koʻngillar, xonadonlar, qishloq va ovullar, shahardan boshlanib, butun mamlakatimiz miqyosida keng quloch yozmoqda. Bugun qaysi xonadonga kirmang, qaysi ovul yoki shaharda boʻlmang, har bir fuqaroning avvalo oʻzi yashayotgan, mehnat qilayotgan hududni, qolaversa oʻz mahallasini, shahar va qishlogʻini obod maskanga aylantirishga hissa qoʻshayotganiga guvoh boʻlasiz. Muhtaram Prezidentimizning shu yil 12-iyundagi «Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilingach, bu ishlar yanada qizgʻin tus oldi.

Shu kunlarda har bir yurtdoshimiz singari amudaryoliklar ham «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil Oʻzbekiston!» degan shiorni asosiy gʻoya sifatida oʻzida mujassam etgan holda oʻtkaziladigan mustaqilligimizning 22 yillik bayramini munosib kutib olish, qadr-qimmatimiz, tayanchimiz va iftixorimiz boʻlgan mustaqil Vatanimizning rivojiga hissa qoʻshishdek ulkan maqsadlarni koʻzlab, fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.

Butun mamlakatimiz boʻylab istiqlol shukuhi kezib yurgan shunday fayzli kunlarda yurtdoshlarimizni eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz Mustaqilligining 22 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, bunyodkor xalqimiz omon, turmushimiz bundan ham obod boʻlsin!

Rajabboy Yoʻldoshev,

tuman hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026