Saylov adolat va oçiqlik tamoyillari asosida ötkazildi
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi tuman saylov komissiyasi “Xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 24- va 44-moddalariga asosan tuman Kengaşining böşab qolgan deputatlik örinlariga saylov ötkaziş töğrisida qaror qabul qilgan edi.
Mazkur qarorga muvofiq şu yilning 17-dekabrida 1-Navoiy va 10-Toşyop saylov okruglarida deputatlik böyiça saylovlari bölib ötdi. Saylovlardan oldin mazkur hududlarda deputatlikka nomzodlarning aholi bilan yaqindan taniştirilib, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, özlari eng munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berişlariga qulay şaroitlar yaratilganligi saylovning uşqoqlik bilan ötkazilişiga zamin yaratdi.
“Toşyop” ovulidagi 5-sonli maktabda joylaşgan 90-sonli saylov uçastkasi ertalabdan fuqarolar bilan gavjum böldi. Uçastkada yaratilgan şaroitlar har kimning özi tanlagan nomzodga ovoz berişini taʼminladi. Şuningdek, uçastkada tibbiyot xonasi, ona va bola xonasi ham taşkil etilib, yetarliça jihozlangani saylov kunida saylovçilarga yana ham qulaylik yaratdi.
1-Navoiy saylov okrugidagi 78-sonli saylov uçastkasida ham saylovga puxta tayyorgarliklar körildi. Aholi xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylovga doir amaldagi qonun-qoidalar bilan yaqindan taniştirildi va saylov kunida fuqarolarning özlari tanlagan nomzodlariga ovoz berişi uçun munosib şaroitlar yaratildi.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi böşab qolgan 1-Navoiy va 10-Toşyop okruglarida deputatlar saylovi oşkoralik, haqqoniylik tamoyillari asosida ötkazildi va saylovçilar eng munosib nomzodlarni deputat qilib sayladilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶