21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:06
Siyosat 👁 2,411

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yanada rivojlantiriladi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yanada rivojlantiriladi

14-dekabr kuni Prezidentimizning "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni eʼlon qilindi. Farmon bilan sohada mavjud muammolarni hal etish, shuningdek, yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va uni jahon bozorlariga ilgari surish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar kompleksini belgilab berildi. Farmon matni va uning sharhi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

 

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining farmoni


Pespublikada keng turdagi sifatli toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik mahsuloti deb yuritiladi) ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik sanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan oʻrganishlarda mamlakat toʻqimachilik sanoatining izchil rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan qator tizimli muammolar aniqlandi, xususan:

birinchidan, tarmoqning yetarli salohiyatiga qaramasdan, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda uygʻunlashgan texnologik zanjirning mavjud emasligi sababli 2017-yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 4,6 foizni tashkil etdi;

ikkinchidan, toʻqimachilik sanoatining boshqaruv tizimi tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendentsiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning toʻplanib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal modernizatsiya qilinishiga toʻsqinlik qilmoqda;

uchinchidan, milliy standartlar va toʻqimachilik mahsulotlarining sinovlari boʻyicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uygʻunlashtirish ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga boʻlgan ishonchni oshirishga toʻsiq boʻlmoqda;

toʻrtinchidan, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va toʻqimachilik sanoati rivojlanishining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash uchun shart-sharoit yaratmayapti;

beshinchidan, xom ashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining toʻxtab qolishiga, iqtisodiy yoʻqotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda;

oltinchidan, toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib raqobatlashishga qodir boʻlgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada emasligi toʻqimachilik sanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti;

yettinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi toʻqimachilik sanoatining real ehtiyojlariga javob bermaydi, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha oʻqitishning innovatsion yoʻnalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.

Pespublika toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishini taʼminlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar Oʻzbekiston Pespublikasi toʻqimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchidan, toʻqimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh toʻqimachilik mahsulotlarini yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yoʻnaltirish orqali hajmi va sifatini oshirish;

ikkinchidan, toʻqimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilgʻor menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta koʻrib chiqish;

uchinchidan, toʻqimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uygʻunlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali yanada takomillashtirish;

toʻrtinchidan, tarmoqqa toʻqimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendentsiyalari haqidagi ishonchli va oʻz vaqtida axborotlar olishni taʼminlash imkonini beruvchi ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish;

beshinchidan, paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha boʻlgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish;

oltinchidan, xom ashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan oʻzaro uzviy bogʻliqlikda, shu jumladan koʻp funktsiyali transport-logistika xablarini qurish, yuklarni yetkazishning optimal yoʻnalishlari hamda yoʻlaklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini optimallashtirish orqali joylashuvini taʼminlash;

yettinchidan, yuqori sifatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

sakkizinchidan, talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha yoʻnalishlarni kengaytirgan holda toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish.

2. Oʻzbekiston Pespublikasida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishiga shaxsan javobgardir.

3. 2018-yil paxta hosilidan boshlab, eksperiment tartibida mahalliy toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaliklari deb yuritiladi) paxta xom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish, shu jumladan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin:

xarid qilinadigan paxta navi va hajmi, uni yetkazib berish muddatlari hamda tartibi fermer xoʻjaligi va toʻqimachilik sanoati korxonasi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi;

paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash paxta tozalash korxonasi tomonidan qayta ishlash asosida yoxud toʻqimachilik korxonasi tomonidan xususiy yoki ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshiriladi;

toʻqimachilik sanoati korxonalari fermer xoʻjaliklarining xarajatlarini (chigit, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, ish haqini toʻlash va koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash xarajatlari, boshqa sarf-xarajatlar) tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yoʻli bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi;

toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi narxi fermer xoʻjaliklarining haqiqiy xarajatlarini
va rentabelligini tahlil qilishdan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun oʻrnatilgan narxlardan past boʻlmasligi lozim;

toʻqimachilik sanoati korxonalari olingan chigitni shartnoma asosida yogʻ-moy korxonalariga, qoʻshimcha mahsulotlarni (lint, oʻlik paxta) boshqa isteʼmolchilarga realizatsiya qiladi;

toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilingan paxta xom ashyosidan faqatgina uni keyinchalik chuqur qayta ishlash uchun foydalaniladi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi:

2018-yil 10-yanvarga qadar muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari ishtirokchilari bilan paxta xom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish tizimiga kiritilayotgan eksperimentni hisobga olgan holda, paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalarining fermer xoʻjaliklari bilan oʻrnatilgan tartibda qayta tuzilishini;

2018-yil 15-yanvarga qadar muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari bilan paxta xom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berishning kiritilayotgan tizimini hisobga olgan holda, paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari fermer xoʻjaliklari bilan qayta tuzilishidan kelib chiqib, eksperiment oʻtkazish uchun hududlar va yer uchastkalari maydonlarining belgilanishini;

toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari bilan paxta xom ashyosini yetishtirishga shartnoma tuzgan fermer xoʻjaliklarini aniqlashni hisobga olgan holda, 2018-yil 1-fevralga qadar muddatda Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari balansi shakllantirilishini;

2018-yil 15-yanvarga qadar muddatda 2018-yil hosilining paxta xom ashyosi uchun davlat xaridi narxi belgilanishini;

qayta tuzilgan shartnomalarni hisobga olgan holda, 2018-yil 20-yanvarga qadar muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari ishtirokchilari bilan paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari bilan qamrab olinmagan fermer xoʻjaliklari kesimida 2018-yil hosilining paxta xom ashyosi ekilishi uchun “Oʻzpaxtasanoat” AJ buyurtmasining hajmi aniqlanishini taʼminlasin.

4. Toʻqimachilik sanoati korxonalari, “Oʻzbekengilsanoat” AJ aktsiyadorlarining umumiy yigʻilishi, Oʻzbekiston Pespublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:

Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi deb yuritiladi) tashkil etish;

“Oʻzbekengilsanoat” AJni uning mol-mulklari va davlatga tegishli boshqa mablagʻlari, shuningdek, debitor qarzdorligini keyinchalik “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga begʻaraz oʻtkazish orqali tugatish;

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tuzilmasida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendentsiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashni taʼminlovchi maslahat organi – Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

5. Quyidagilar:

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi aʼzolari toʻqimachilik sanoati korxonalari va tashkilotlari hisoblanishi;

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining joriy taʼminoti va faoliyatini moliyalashtirish uyushma aʼzolarining badallari va ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori bilan saylanishi;

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi bir vaqtning oʻzida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

6. Quyidagilar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida tadqiqotlar oʻtkazish asosida tarmoqni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

toʻqimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uygʻunlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

toʻqimachilik sanoati korxonalarining faoliyatiga innovatsion texnologiyalar, shu jumladan dizaynerlik ishlanmalari, nou-xau, sifat menejmenti tizimlari va zamonaviy marketing xizmatlari keng joriy etilishini taʼminlash;

ichki bozorni yuqori sifatli mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari bilan toʻldirish va uning eksport geografiyasini, shu jumladan turli axborot resurslarida hamda mamlakatdagi va xorijdagi koʻrgazma tadbirlarida milliy brendlarni yoʻnaltirishni ilgari surish va toʻqimachilik sanoati korxonalarining salohiyatini namoyish qilish orqali kengaytirish boʻyicha tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

toʻqimachilik sanoatiga chet el investitsiyalarini, shu jumladan logistika va muhandislik infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida faol jalb qilish;

toʻqimachilik sanoati korxonalari, paxta-toʻqimachilik klasterlarini hududlar salohiyatining yanada rivojlanish istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, infratuzilmasi, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib chiqib joylashtirishga koʻmaklashish;

tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olgan holda toʻqimachilik sanoati sohasida kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni va ularni tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;

tarmoqning jadal rivojlanishi va toʻqimachilik sanoati korxonalarining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

7. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

8. Paxta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Ishchi komissiya Buxoro va Navoiy viloyatlarida paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etilishining borishini oʻrganish natijalarini hisobga olgan holda, bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

toʻqimachilik sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, hududlarda paxta-toʻqimachilik klasterlarini joylashtirish tartibi, ularni shakllantirish muddatlari va bosqichlarini belgilash;

paxta-toʻqimachilik klasteri ishtirokchilariga yer, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olgan holda, tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash imkoniyati;

tashkiliy-xoʻjalik munosabatlarning shakllari, asosiy kompaniyaning paxta-toʻqimachilik klasteri ishtirokchilari oldidagi majburiyatlari;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster modelini tashkil qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani tizimli tahlil qilish va joriy etish;

paxta xom ashyosiga davlatning buyurtmasini bosqichma-bosqich qisqartirishni taʼminlaydigan xususiy kapital va chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga qishloq xoʻjaligida moliyaviy munosabatlarni yaxshilashga taʼsir etish istiqbollarini baholash;

qishloq xoʻjaligi va boshqa qoʻshimcha mahsulotlar ishlab chiqarishning (chorvachilik, issiqxona xoʻjaliklari va boshqalar) qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishiga taʼsirini tahlil qilish.

9. Belgilab qoʻyilsinki, toʻqimachilik sanoati korxonalari – “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi aʼzolari:

2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan paxta, sunʼiy va sintetik tola, jun, xom ashyo va boshqa materiallar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi;

qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori sifatli mahsulotlarni yagona “Uztextile” belgisi bilan eksport qiladi.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga davlat bojini toʻlamagan holda uyushma aʼzolarining manfaatlarini koʻzlagan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi berilsin.

10. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga badallar va ajratmalar soliq bazasidan chiqarilsin.

11. “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga qadar muddatda toʻqimachilik sanoati sohasida, shu jumladan mavjud xalqaro akkreditatsiyaga ega laboratoriyalar sonini koʻpaytirish, toʻqimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlarga tezkor va toʻliq muvofiqlashtirishni taʼminlash, toʻqimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga qadar muddatda mahalliy paxta tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa mamlakatlar-yetishtiruvchilarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonlarini tashkil etish, shuningdek, toʻqimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan aksessuarlar, furnituralar, boʻyoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarkasini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritsin.

13. Oʻzbekiston Pespublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi buyurtmalari boʻyicha toʻqimachilik sanoat korxonalari tomonidan jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni taʼminlasin.

14. Oʻzbekiston Pespublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining buyurtmalari boʻyicha toʻqimachilik sanoat korxonalari tomonidan jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish hamda ularning uzaytirilishini taʼminlasin.

15. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A.Avloniy koʻchasi, 20-uy manzili boʻyicha bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

16. Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2002-yil 1-iyuldagi “Pespublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–3102-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

17. Oʻzbekiston Pespublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirliklari hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Pespublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T.Mirzayev, N.S.Otajonov va Oʻzbekiston Pespublikasining Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.MIPZIYoYeV


Toshkent shahri, 2017-yil 14-dekabr

***

 

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik

va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish

chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga

ShAPH


Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik sanoati deb yuritiladi) modernizatsiya va diversifikatsiya qilish tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan ishlab chiqarilayotgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytirish, paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash samaradorligi va rentabelligini oshirishning eng muhim sharti hisoblanadi.

Shuni inobatga olgan holda, mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar izchil roʻyobga chiqarilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ–2687-son qarori bilan 2017-2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.

Bugungi kunda respublikada 7 mingga yaqin korxona faoliyat olib borayotgan yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega boʻlgan toʻqimachilik tarmogʻi shakllantirildi. 1,4 million tonna hajmdagi paxta tolasini ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi, shundan 60 foizga yaqinidan mahalliy toʻqimachilik korxonalarining ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilmoqda.

Eng avvalo, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish, tarmoqni boshqarishni tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish quvvatlarining taqsimlanishi, kadrlar malakasining yuqori emasligi bilan bogʻliq tizimli muammolarning mavjudligi paxta xom ashyosini yetishtirishning past rentabelligiga va uni qayta ishlashga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishning yetarli darajada emasligiga olib kelmoqda.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon mavjud muammolarni hal etish, shuningdek, yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va uni jahon bozorlariga ilgari surish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar kompleksini belgilab berdi.

Ushbu hujjat bilan toʻqimachilik sanoatini yanada isloh qilishning quyidagi muhim yoʻnalishlari belgilandi, xususan:

– toʻqimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining hajmi va sifatini oshirish;

– toʻqimachilik sanoatining boshqaruv tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish;

– toʻqimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish;

– tarmoqqa ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;

– toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishning klaster modelini amalga oshirish;

– logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan oʻzaro uzviy bogʻliqlikda xom ashyo resurslari taqsimotining va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalari joylashuvining muvozanatini taʼminlash;

– ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor innovatsiya texnologiyalari, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

– toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.

Taʼkidlash joizki, mazkur Farmon iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirishni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentyabrdagi PF–5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Pespublikasida Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini amaliy roʻyobga chiqarishda muhim qadam hisoblanadi.

Xususan, Farmon bilan boshqaruv va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish, toʻqimachilik sanoatining texnologik jarayonini modernizatsiya qilish va infratuzilmasini rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, toʻqimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha 20 dan ortiq tadbirlardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Pespublikasida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Paxta xom ashyosini ishlab chiqarishni tashkil qilishda sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish va bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida Farmon bilan eksperiment oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlib, uning doirasida birinchi bor mahalliy toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan paxta xom ashyosiga toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtma berish tizimini joriy etish rejalashtirildi.

Bugungi kunga qadar mahalliy toʻqimachilik korxonalari paxta tolasini eksport narxlar boʻyicha monopol yetkazib beruvchi – “Oʻzpaxtasanoateksport” XKdan xarid qilishga majbur edi. Mazkur tartib toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning rentabelligi va raqobatbardoshligini pasaytirgan.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan tashabbus qilingan eksperimentga muvofiq, toʻqimachilik sanoati korxonalari fermer xoʻjaliklari paxta xom ashyosini yetishtirish boʻyicha asosiy xarajatlarining tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yoʻli bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi. Bunda korxonalarga yetkazib berilgan paxta xom ashyosidan faqatgina keyinchalik chuqur qayta ishlash va tayyor raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladi.

Bundan tashqari, Davlat rahbari oʻzining Farmonida toʻqimachilik sanoati korxonalari, “Oʻzbekengilsanoat” AJ aktsiyadorlari yigʻilishining va qator idoralarning “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladi. Bunda davlatning tartibga solish va xoʻjalik funktsiyalarini oʻz ichiga olgan “Oʻzbekengilsanoat” AJ tugatiladi.

Mazkur uyushmaga respublika toʻqimachilik tarmogʻini barqaror rivojlantirish boʻyicha keng doiradagi vazifalar yuklatildi.

Sohani boshqarish tizimi toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalariga javob bermasligi, ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qodir emasligi mazkur qarorning qabul qilinishini taqozo etdi. Masalan, “Oʻzbekengilsanoat” AJ tarkibiga 436 ta korxona kiradi, bu esa ular umumiy sonining atigi 6 foizini tashkil etadi. Ushbu jamiyatning faoliyati asosan statistikani toʻplash, turli xil yigʻilishlar oʻtkazish, koʻrgazmalarni tashkillashtirishga qaratilgan. Uning tashkiliy shakli ham aktsiyadorlik jamiyatining huquqiy holatiga mos kelmaydi.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni koʻrsatdiki, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishning samarali shakllaridan biri klasterlarni tashkil etish hisoblanadi. Mazkur model paxta xom ashyosini yetishtirish, dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan yagona ishlab chiqarish tsiklini tashkil etishni koʻzda tutadi.

Bundan kelib chiqib, maxsus Ishchi komissiyaga Paxta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini, shunday klasterlarni Buxoro va Navoiy viloyatlarida tashkil etish natijalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish topshirildi.

Shu bilan bir qatorda, Farmon bilan toʻqimachilik sanoati korxonalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar, shu jumladan bojxona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyozlar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Taʼkidlash joizki, mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha laboratoriyalarning past samaradorligi, ularning koʻpchiligida xalqaro akkreditatsiyaning mavjud emasligi mahalliy toʻqimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorlarga chiqishiga toʻsqinlik qilmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish uchun toʻqimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish nazarda tutildi.

Umuman olganda, Davlat rahbari Farmonining amalga oshirilishi:

– tarmoqning boshqaruv tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish, narxlarni shakllantirish va paxtani sotish jarayoniga bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;

– paxta eksporti hajmini tobora qisqartirish va ichki bozorda uni chuqur qayta ishlashning oʻsishini taʼminlash;

– mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallarni ishlab chiqarishni, shu jumladan mahsulotning alohida turlarini mahalliylashtirish orqali ragʻbatlantirish;

– texnologik va marketing innovatsiyalarini keng joriy etish;

– davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda toʻqimachilik komplekslarini qurish;

– xalqaro akkreditatsiyaga ega mahalliy laboratoriyalar sonini koʻpaytirish, toʻqimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish hisobiga toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishini taʼminlaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026