KELAJAGIMIZGA DAXLDOR SIYoSIY JARAYoN
Mamlakatimiz fuqarolari muhim ijtimoiy-siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turibdilar.
Ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida saylov okruglari, okruglar tarkibida saylov uçastkalari tuzilib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyuşqoqlik bilan ötkazişga tayyorgarlik işlari oçiq va oşkora amalga oşirilmoqda.
Saylov komissiyalari fuqarolarni öz faoliyatilari, saylov okruglari, uçastkalari faoliyati va saylov ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalarining tarkibi, joylaşgan manzili va iş vaqti bilan taniştirib, saylovçilarning röyxatlarini tuzişmoqda.
Ayni kunda tumanimizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 58 ta saylov uçastkalari tuzilgan bölib, uçastka saylov komissiyalari aʼzolari saylovning maqsad va mohiyatini fuqarolarimizga tuşuntirişda, saylovning yuksak saviyada ötişiga erişiş yölida sidqidildan mehnat qilmoqdalar.
Maʼlumki, "Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi Özbekiston RespublikasiQonunining 2-moddasiga muvofiq, "Özbekiston Respublikasining 18 yoşga tölgan fuqarolari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnaşiş huquqiga ega.
Ijtimoiy kelib çiqişi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabatiga, maşğulot turi va xususiyatiga qarab Özbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita çeklaş taʼqiqlanadi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek sud hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ötaş joylarida bölganlar bundan mustasnodir.
Qaysi bir bobini, moddasini olib qarasangiz ham Qonunning nihoyatda xalqparvarlik, ijtimoiy adolatlilik va insonparvarlik ruhi bilan suğorilganini körişimiz mumkin.
Tumanimiz fuqarolari 4-dekabrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol qatnaşib, eng munosib nomzodning saylanişiga hissa qöşadilar, deb umid qilamiz. Çunki eng munosib nomzod uçun ovoz beriş – mamlakatimizning kelajagiga bevosita daxldor vazifadir.
Muborak PRIMBETOVA,
tuman
fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi inspektori.
(Foto - https://www.gazeta.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶