YuRTIM, ISTIQLOLING MANGUGA BÖLSIN!
Tutqun quş yuksakka parvoz qila olmaganidek, insonga özligini namoyon qilişi, nimalarga qodirligini körsata olişi uçun ham ozodlik, erk, imkoniyat kerak. Buni mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan beri ötgan 25-yil davomida amalga oşirilgan uluğvor yuksalişlarda ham körişimiz mumkin. Ötgan tarixan qisqa davrda Özbekiston qoloq agrar ölkadan dunyodagi qudratli davlatlardan biriga aylandi. Eng muhimi, xalqimiz buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy, milliy maʼnaviy merosidan kuç olib, öziga xos va mos taraqqiyot yölidan dadil odimlamoqda, tinç-osoyişta, farovon turmuş keçirmoqda.
Şu boisdan-da mustaqillikka erişilgan kun – 1-sentyabrni eng uluğ, eng aziz bayramimiz sifatida keng nişonlaymiz.
29-avgust kuni Bolalar-ösmirlar sport maktabining "Döstlik” mahallasi hududida joylaşgan öyingohida bölib ötgan "Gözal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani ifoda etuvçi ulkan teatrlaştirilgan bayram tomoşasi ham uşbu qutluğ sananing 25 yilligiga bağişlandi.
Şarlar, bayroqçalar, gullar bilan, xalqimiz asrlar davomida intilib, orzu qilib yaşagan mustaqillik degan bebaho neʼmatning qadr-qimmatini ifodalovçi, xalqimizning 25-yil mobaynida erişgan yutuqlarini, avval kim edi-yu, bugun kim bölganini körsatuvçi şiorlar, bannerlar bilan bezatilgan ulkan tomoşagohda Manğit şahridagi umumtaʼlim, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari öquvçi-yoşlari milliy kiyimlarda saf tortişgan.
Tomoşagoh taşqarisida tumanimizdagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari, MMTPlar, fermer xöjaliklari tomonidan körgazma taşkil etilgan. Körgazmadan joy olgan turli mevalar, qovun, tarvuz, qovoq va boşqada mahsulotlar, turli pişiriqlar, non mahsulotlari bilan bezatilgan bayram dasturxoni ona zaminimizning naqadar saxiyligidan, ayol-qizlarimizning ana şu mahsulotlardan naqadar nozik did va yuksak mahorat bilan turli totli yeguliklar tayyorlay olişidan darak berib turibdi.
Tadbir mehmonlari tuman rahbariyati vakillari boşçiligida avval körgazmani maroq bilan közdan keçirib çiqişdi. Ularga milliy liboslardagi ayol-qizlar odob bilan non tutişdi.
Xalqimizning urfiga köra, mehmonlar dasturxondagi nondan tatib, yurtimizga tinçlik-xotirjamlik, joriy yilgi paxta xirmonimizga baraka tilab, duoga qöl oçdilar.
"Turkmaniston” MMTP körgazmasi oldida mehmonlarni faxriy öqituvçi Anorgul Kenjayeva doira çalib, öynoqi qöşiq aytib kutib oldi.
Ötgan yigirma beş yil içinda,
Yurtim, sarhadlaring tinç böldi.
Ona xalqim möʼjizalar yaratding,
Öğling yoqa, qizing esa yeng böldi.
Mustaqillik töyiga
Paxtalar oçilibdi.
Dehqonning mehnatidan
"Oq oltin” yaralibdi.
Endi navbat yiğim-terimga döstlarim,
Oq bulutga qöying narvon döstlarim!
Nuroniy yoşga yetib qolgan onaxonning köngil izhorlarini öynoqi, şöx va kötarinki ruhda, yoqimli ohangda qöşiq qilib aytişi barça iştirokçilarning zavqini keltirdi. "Tölqin” MMTP körgazmasi yonida kökragiga medal taqqan ön nafar 5-6 yoşlar çamasidagi bolakaylarning, "Tölqin” boks maktabi tarbiyalanuvçilari, qöşa-qöşa medallar sohibi Behzod Jumanazarov, Dilşod Quvvatboyevlarning viqor bilan saf tortib turgani yiğilganlarning barçasining diqqatini öziga tortdi.
"Qiliçboy” MMTP körgazmasi oldida mehmonlar surnayning hayotbaxş sadolari ostida non-tuz bilan qarşi olindi.
Tumanimizda ötkazilgan "Eng obod ovul, mahalla”, "Mahallaning eng obod xonadoni” tanlovlari ğoliblari taqdirlangaç, bayram tomoşasi namoyişi boşlandi. Maydon uzra katta-yu kiçik jörligida Vatanimiz madhiyasi yangradi.
Yiğilganlarga tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşevning bayram tabrigini hokim örinbosari M.Temirboyev öqib eşittirdi.
Şundan söng tuman Madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan tayyorlangan ulkan teatrlaştirilgan bayram tomoşasi namoyişi boşlandi. Ona Vatanimizni, mustaqillikni, istiqlol bergan baxtning naqadar aziz va totli ekanligini ifoda etuvçi kuy, qöşiq, raqs va körinişlarni tomoşagohga yiğilgan aholi miriqib tomoşa qilib, ulkan taassurotlar oldi.
Tomoşagoh peştoqidagi öz uyasida bolalarini bağriga olganiça bexavotir orom olayotgan tinçlik ramzi – laylak timsoli yurtimizdagi barça xalqlarning tinç-totuv, farovon turmuşi ifodasidir. Onalik va bolalikning muhofaza qilinişi, ösib kelayotgan yoş avlodning barkamolligiga erişiş borasidagi ğamxörliklar natijasida barça jabhalarda ham iqtidorli va yuksak salohiyatli yoşlar kamolga yetmoqda. Yoşlarimizga muhtaram Yurtboşimizning: "Özbekiston bolalari – mening bolalarim, ular heç kimdan kam emas va kam bölmaydi ham”, deya yuksak işonç bildirişlari yangi-yangi marralarni zabt etişga ruhlantirmoqda. Köksiga turli bellaşuvlarda ğolib bölib, qöşa-qöşa medallar taqib maydonga çiqqan tumanimiz sportçi yoşlarini butun yiğilganlar olqişlar bilan kutib olişdi, ular ijrosidagi turli sport öyinlarini maroq bilan tomoşa qilişdi. Dastur söngida milliy sport bellaşuvlariga navbat berildi.
Bayram tomoşasi barçaga çeksiz şodliklar hadya etiş barobarida ona Vatanimizning betakror, yagona va muqaddas ekanligini qalblarimizga teranroq joyladi. Yoş-u qari, barça iştirokçilar könglida şunday niyat jöş urdi: Yurtim, istiqloling mangu bölsin!
Mustaqilligimizning 25 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Bahodir Yangiboyev, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, xalq sevgan sanʼatkor Yodgor Saʼdiyevlar iştirok etdilar.
Oygul RAJABOVA,
jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶