PARTIYa FAOLLIGI OŞMOQDA
Özbekiston "Milliy tiklaniş” demakratik partiyasining tuman kengaşi deputatlik guruhida 10 nafar deputat faoliyat olib bormoqda. 2009-yilda bölib ötgan saylovlarda tuman Kengaşida 2 nafar deputat faoliyat körsatgan bölsa, 2014-yildagi saylovlarda ularning soni 8 nafarga köpaydi. Bu tumanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida partiyamiz aʼzolarining faol iştirok etayotganini va yurtdoşlarimizning işonçiga sazovor böla olganligini körsatadi. Ayni kunda deputatlarimiz öz huquq va vakolatlaridan unumli foydalanib, aholi farovonligi, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qöşmoqdalar.
Partiyamizdan tuman Kengaşiga saylangan deputatlar faoliyatini yanada jonlantiriş, ularning faolligi, taşabbuskorligini oşiriş, quyi böğinlar bilan mustahkam aloqada böliş, boşlanğiç partiya taşkilotlari va deputatlik guruhi hamkorligini mustahkamlaş kabi vazifalarga alohida eʼtibor qaratib kelmoqdamiz.
Ötgan 2015 yil davomida Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi deputatlik guruhida iş rejaga muvofiq har oyda deputatlik guruhi aʼzolarining hisobotlari belgilangan reja asosida tinglab borildi. Bundan taşqari, ikki nafar mansabdor şaxslar hisobotlari tinglandi.
Partiyadan nomzodi körsatilgan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari har oyda belgilangan muddatlarda partiya deputatlik guruhi iş rejasi hamda şaxsiy iş rejasiga muvofiq öz saylovçilari bilan ötkazgan uçraşuvlarida fuqarolarning murojaatlari asosida hududlardagi mavjud muammolar yaʼni tabiiy gaz, toza içimlik suvi, yöl qurilişi, asfalt yotqiziş, qabristonlarni va aholi yaşaş joylarini tozalaş, obodonlaştiriş va boşqa masalalar böyiça jami 22 ta deputatlik sörovlari kiritdi va tegişli javoblar olindi.
Men raislik qilayotgan xalq deputatlari tuman Kengaşining ijtimoiy – madaniy rivojlaniş hamda yoşlar siyosati va soğlom avlodni tarbiyalaş masalalari böyiça doimiy komissiyasi tomonidan ötgan davr mobaynida doimiy komissiyaning 10 ta majlisi bölib ötdi. Mazkur majlislarda kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning barça deputatlari öz fikr va mulohazalarini bildirib, tegişli vazifalarni öz zimmalariga oldilar va ijrosini taʼminlamoqdalar.
"Keksalarni eʼzozlaş yili” tuman dasturining ijro etilişiga partiyamiz aʼzolari munosib hissa qöşdilar. Tumandagi barça korxona, taşkilotlar, jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda fuqarolarimizda yoşlar ongiga taʼsir qiluvçi turli mafkuraviy tahdidlar, xurujlardan himoya qilişga masʼullik hissini singdiriş, farzandlarini öz fikriga ega vatanparvar, maʼnaviy tazyiqlarga qarşi tura oladigan irodali, fidoyi insonlar qilib tarbiyalaş lozimligi xususida keng tarğibot işlari olib borildi.
Prezidentimiz Farmonlari, Hukumatimiz qarorlari va Özbekiston Respublikasi Qonunlarining turmuşimizga tatbiq etilişiga kömaklaşiş, fuqarolarimizning munosib turmuş şaroitlarda yaşaşiga, farzandlarimizning barkamol insonlar bölib voyaga yetişlariga hissa qöşiş bizning faoliyatimizning asosini taşkil etadi.
Şu maqsadga partiyamiz aʼzolari butun kuç-ğayratlarini safarbar etaveradilar.
Şirin YaNGIBOYeVA,
ÖzMTDP tuman Kengaşi raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.
(Foto - http://milliytiklanish.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶