VATAN HIMOYaÇILARI KUNI KENG NIŞONLANDI
Har qanday davlatning kuç-qudrati, xalqining erkin va ozod, tinç va osoyişta umrguzaronlik qilişi uning öz armiyasi, Qurolli Kuçlariga boğliq. Mamlakatimizda istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy armiyamiz tubdan isloh qilinib, harbiy xizmat yigitlar uçun çinakam şaraf işiga aylandi.
Avvalo, harbiy sohani isloh qiliş yölida mustahkam huquqiy poydevor yaratildi. Eng avvalo, Boş Qomusimiz — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimiz Qurolli Kuçlari Özbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinç hayoti va xavfsizligini himoya qiliş uçun taşkil etilişi belgilab qöyildi. Özbekiston Respublikasini himoya qiliş — Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçi ekanligi alohida qayd etildi.
Bu meʼyor milliy qonunçiligimizda ham öz aksini topdi – "Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida”gi (1999-yil), "Fuqaro muhofazasi töğrisida”gi (2000-yil), "Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida”gi (2000-yil), "Mudofaa töğrisida”gi (2001-yil), "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi (2002-yil), "Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari rezervidagi xizmat töğrisida”gi (2003-yil), "Özbekiston Respublikasining taşqi siyosiy faoliyati Kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi (2012-yil) Qonunlar şular jumlasidandir.
2016-yil 14 yanvar kuni Manğit şahridagi 1-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi.
Tadbirni tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova oçdi va olib bordi.
Tuman hokimining birinçi örinbosari B.Ernazarov, "Manğit” çegara posti boşliği A.Aytuğdiyev, 64-sonli maktab öqituvçisi O.Xolimbetova, harbiy xizmatdagi oddiy askar J.Ergaşev va boşqalar harbiylarni va Vatan himoyaçilarini bayram bilan qutlar ekan, ularning sarhadlarimiz daxlsizligi va osmonimiz musaffoligi yölidagi fidokorona xizmatlari uçun minnatdorçilik bildirdi. Prezidentimiz rahnamoligida muddatli harbiy xizmatning bir yil etib belgilangani, Qurolli Kuçlar safiga çaqiruv yiliga bir marta taşkil qilinişi, şartnoma böyiça hamda safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatning joriy etilgani mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oşirişda muhim omil bölayotgani taʼkidlandi.

Tadbir davomida "Tayançim
va suyançim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” şiori ostida Vatan himoyaçilari
kuniga bağişlab ötkazilgan sport musobaqalari ğoliblariga tuman hokimligi va
xomiylar tomonidan esdalik sovğalari topşirildi. "Manğit” va "Ayoqçi” çegara
postlarida xizmat burçini namunali ötayotgan askarlarga mudofaaga kömaklaşuvçi
"Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.

Tadbir tuman
Madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom
etdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶