BAXTIYoR TURMUŞIMIZ KAFOLATI
Xalqimiz azaldan ayollarga yuksak hurmat-ehtirom körsatişga, ularni asrab-avaylaşga alohida eʼtibor qaratib kelgan. Istiqlol yillarida bu ezgu anʼana yanada boyidi, yangiça mazmun kasb etdi. Darhaqiqat, ayol – jamiyat gultoji, oilaning fariştasi, mehr va muhabbat timsolidir.
"Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beşigimiz uzra parvona bölib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Qalbimizda neki olijanob tuyğular bölsa, ularning barçasi, avvalo, onalarimizdandir. Dunyoda muqaddas degan sözga eng munosib zot ham – Onadir. Şu bois, toki hayot bor ekan, inson möʼtabar Ona siymosi oldida doimo boş egib, taʼzim qiladi”, - degan edi muhtaram Yurtboşimiz Islom Karimov.
Ayol zoti timsolida gözallik va nafosat, sevgi va muhabbat, ezgulik va fidoyilik kabi çin insoniy fazilatlar mujassam. Ayolga yuksak ehtirom körsatiş azaliy qadriyatlarimizdan biri. Ayniqsa, istiqlol yillarida biz – xotin-qizlar yuksak qadr topdik. Bir vaqtlar faqat uy-rözğor va dala yumuşlaridan ortmagan özbek ayoli endilikda davlat işlarida va jamiyat boşqaruvida, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning turli jabhalarida erkaklar bilan baravar huquqli, ular bilan yelkama-yelka faoliyat olib bormoqda. Bu teng huquqlilikning kafolati esa Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bölib, asosiy Qomusimizning 46-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb belgilab qöyilgan. Mamlakatimizda keçayotgan demokratik islohotlar jarayonida xotin-qizlarning faol iştiroki Boş Qomusimizda mustahkamlangan qoidalarning hayotimizda öz aksini topayotganining yaqqol isbotidir.
Mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, soğlom farzandni dunyoga keltiriş, barkamol avlodlarni voyaga yetkaziş masalalariga ham davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimizning bunday oqilona siyosati ham biz – özbek ayollarining qalbimizni faxr-iftixorga töldiradi. "Ona bilan bola – gul bilan lola”, "Ayol – oila çaroğboni” degan iboralar şunçaki oddiy sözlar emas, ular özbek ayollari hayotining mazmuni, umrining gavhari bölmiş farzand va oila ayol uçun qançalar qadrli ekanligini anglatuvçi hayotiy xulosalardir. Şunday ekan, bu - farzandni eʼzozlaş, oilani qöllab-quvvatlaş, öz navbatida ayolni xursand qiliş, uni hayotdan rozi qiliş deganidir. Yurtboşimizning taşabbusi bilan 1998-yil – "Oila yili", 1999-yil – "Ayollar yili”, 2000-yil – "Soğlom avlod yili”, 2001-yil – "Ona va bola yili”, 2012-yil "Mustahkam oila yili” deb eʼlon qilinişi bu boradagi olib borilayotgan işlarning amaliy ifodasidir.
Boş Qomusimizning 63-moddasida "Oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega”, 64-moddasida "Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni taʼminlaydi, bolalarga bağişlangan xayriya faoliyatlarini rağbatlantiradi”, 65-moddasida "Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” kabi hayotiy normalarning mustahkamlab qöyilgani ham biz ayollarning baxtiyor turmuş keçirişimiz yölida qöyilgan mustahkam poydevordir.
Ona zoti borki, farzandim kamolini körsam, uning soğlom va barkamol ulğayib, öqib, ilm olib, kasb-hunar egallab, davlat va jamiyatga nafi tegadigan yetuk inson bölib voyaga yetişini taʼminlasam, deya orzu qiladi. Sir emas, dunyoning köplab davlatlarida yaşovçi onalar uçun bu quvonçli taşvişlar faqat orzuligiça qolmoqda. Masalan, tibbiy xizmatga pul topa olmay, farzandi bevaqt vafot etayotgan, öqişga, kasb-hunar örgatişga mablağ yetiştirolmay, öğil-qizlari savodsiz, biror tayinli kasb-korsiz, oç-yupun kun keçirayotgan oilalar ozmi dunyoda? Şunday oilalarning bekalari "baxtiyorman”, deb ayta oladimi?
Bizda-çi! Farzandlarimiz tuğilişi bilanoq şifokorlar tomonidan kasalliklarga qarşi bepul emlanib, çekka qişloqlarda yaşasa ham, zamonaviy tibbiy muassasalar xizmatidan foydalanadilar. Ular maktab yoşiga yetmayoq, maktabgaça taʼlim muassasalarida tarbiyalanib, maktabga tayyor holda boradilar. Barça şaroitlarga ega maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida bepul taʼlim olib, ilmli, hunarli bölib voyaga yetmoqdalar. Oliy öquv yurtlarida öqişni davom ettirib, el-yurt xizmatiga kamarbasta insonlar bölib kamol topmoqdalar. Ona uçun bundan ortiq baxt bormi? Eng asosiysi, Boş Qomusimizning 40-moddasida "Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqiga ega”, 41-moddasida "Har kim bilim oliş huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi” deya belgilab qöyilişining özi ham bizning ertanggi kunga işonçimizni, umidimizni oşiradi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida ayollar huquqlarining mustahkamlab qöyilişi öz navbatida turli qonun va qonunosti hujjatlarida, Prezident Farmon va qarorlari, hukumat qarorlarida öz ifodasini topmoqda. Prezidentimizning 1995-yil 2-martdagi "Özbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilişida xotin-qizlarning rolini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ayollarni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti masalalarini hal qilişga, ularning davlat va jamoat boşqaruvidagi iştirokini oşirişga jalb etiş uçun keng imkoniyatlar oçib berdi. Prezidentimizning 2004-yil 25-maydagi "Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-3434-sonli Farmoni ham yurtimizda ayollarga körsatilayotgan yuksak ehtirom namunasidir.
Bugungi kunda davlatimiz va hukumatimiz ayollarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning iş bilan bandligini taʼminlaş, xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalaş tizimini yanada mustahkamlaş, ularning salomatligini mustahkamlaş, rözğor yumuşlarida oğirini yengil qiliş, qöyingki, barça sohalarda ayollarga qulay şaroitlar yaratib berişni ustuvor vazifa qilib belgilagan.
Bu kabi ğamxörliklar esa jamiyatimizda siyosiy faol, ijtimoiy hayotda taşabbuskor, oilada va jamiyatda öz örniga ega, huquqiy bilimdon, zamon bilan hamnafas, yurtimiz ravnaqiga kamarbasta ayollar safining kun sayin kengayişiga zamin yaratadi.
Maryam AHMEDOVA,
tuman hokimining örinbosari, tuman Xotin-qizlar qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶