SAYLOVÇILAR BILAN DOIMO BIRGAMIZ
"Manğit işlab çiqariş tijorat markazi” masʼuliyati çeklangan jamiyati mehnat jamoasi yilning ötgan davri mobaynida işlab çiqariş va xizmat körsatiş hajmini ança kengaytirişga muvaffaq böldi. Yilning dastlabki yarim yilida korxonamizda mahsulot işlab çiqariş va xizmat körsatiş rejasi 108 foizga, yuk maşinalari uçun ehtiyot qismlari işlab çiqariş rejasi 116 foizga, elektr dvigatellarini taʼmirlaş rejasi 100 foizga, qişloq xöjaligi maşinalari va mexanizmlari uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariş hamda ularni taʼmirlaş reja-si 262 foizga bajarilgan edi.
Jamoamiz işçilari ikkinçi yarim yillikda ham fidokorona mehnat qilib, bir qança muvaffaqiyatlarni qölga kiritişga erişdilar. Ayni kunda korxonamizda qişloq xöjaligi maşinalari va mexanizmlari uçun zarur bölgan ehtiyot qismlarni köplab işlab çiqariş, ularning sifatini yaxşilaş va nosoz texnikalarni sifatli taʼmirlaş işlari jadal davom etmoqda.
Jamiyatimizda fidokorona mehnat qilayotgan işçilarning ijtimoiy himoyasini yaxşilaşga alohida eʼtibor berilayapti.
"Manğit işlab çiqariş tijorat markazi” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari sifatida uşbu korxona işlarini yanada yaxşilaşga eʼtiborni kuçaytiriş bilan birga, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga saylangan okrugim – 13-Qiliçboy saylov okrugi saylovçilari bilan uçraşib, ularga tumanimiz va mamlakatimiz ijtimoiy hamda siyosiy hayotidagi yangiliklarni yetkazib turaman.
Saylovçilar bilan uçraşuvlar paytida ular tomonidan bildirilgan taklif va istaklarni örganib, aholi turmuş farovonligining yaxşilanişiga hissa qöşişga doimo harakat qilaman. Şu boisdan ham saylovçilar bilan aloqalarimiz yaxşi yölga qöyilgan.
Bu esa tuman Kengaşi deputati sifatida mazkur okrugda kelgusida amalga oşirilajak ustuvor vazifalarni belgilab, xalq bilan hamnafas işlaşda muhim omil bölmoqda.
Maqsud
JUMATOV,
"Manğit işlab çiqariş tijorat markazi” MÇJ direktori, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶