14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:19
Jamiyat 👁 2,986

ILM-U MAʼRIFATGA BAXShIDA UMR

ILM-U MAʼRIFATGA BAXShIDA UMR

Doʻrmanliklarning katta-yu kichigi xalq taʼlimi faxriysi, umrini el bolalarini ham oʻz farzandlariday ilmli, odobli, barkamol boʻlib voyaga yetkazish uchun baxshida qilgan Ozod aka Otajonovni oʻzlariga ustoz deb bilishadi. Boisi, u 41-yil mobaynida shu el bolalariga taʼlim-tarbiya bergan boʻlsa, ovulida oilalarning tinch-totuv yashashi, oʻzaro ogʻzibirchilik va hamjihatlik mustahkam boʻlishi uchun ham harakat qildi. Xonadoni eshigi hol-ahvol soʻrashgani, biron muammosini hal qilishga yoʻl-yoʻriq soʻrab kelgan odamlar uchun doimo ochiq turadi. Ustoz hech kimdan vaqtini ham, maslahatini ham ayamaydi.

Ozod Otajonov Buxoro Davlat pedagogika oliygohining biologiya fakultetini tugatib qishlogʻiga qaytgach, ish faoliyatini dastlab 20-maktabda bolalarga dars berishdan boshladi. U paytlarda bolalar oʻqish-oʻrganishdan koʻra, koʻproq paxtani parvarishlashdan tortib, yigʻishtirib olishgacha boʻlgan ishlarda band boʻlar, yosh oʻqituvchi imkon topib bolalarga ilm-u maʼrifat ulashishga intilardi. Shuning uchun ham 1978-yildan boshlab maktab ilmiy boʻlim mudiri boʻldi. 1993-yildan 2008-yilgacha 70-sonli umumtaʼlim maktabiga direktorlik qildi. Yosh bolalar qalbida ilm-maʼrifatga qiziqish uygʻotishda va oʻqituvchilar jamoasiga rahbarlik qilishda oʻziga xos maktab yaratdi.

Ozod Otajonov xalqimizning oʻzligini anglashga, tarixini oʻrganishga intilishi qattiq qatagʻon etilgan oʻtgan asrning saksoninchi yillarida safdosh doʻsti, jonkuyar oʻqituvchi Kenja aka Jumaniyozov (joyi jannatda boʻlsin!) bilan Doʻrmanninggina emas, balki butun Qilichboy elining, tumanimizning tarixiga oid koʻpgina maʼlumotlar toʻplashga erishdi. Ikkinchi jahon urushida shahid boʻlgan, bedarak ketgan qilichboylik yuz nafarga yaqin yurtdoshlarimizning ism-familiyalarini aniqlab, "Xotira kitobi”ga kiritilishiga erishdi. Eng diqqatga sazovor joyi – ustoz bu maʼlumotlarning hammasini hozir ham yodida saqlab qola olgan va bemalol aytib bera oladi.

- Oyogʻimiz ostidagi tilsiz zamin ne-ne talotoʻplarni koʻrmagan, necha-necha bugungiday farovon hayotni orzu qilib kurashgan ajdodlarimizni bagʻriga olmagan deysiz? Qilichboy tarixi bilan qiziqib, izlanib, oʻtmishimizning biror sahifasini boʻlsa-da yoritishga, bularni boshqalarga ham oʻrgatishga intildim. Hozir ham qiziquvchilarga jonim bilan bularni oʻrgataman, - deydi Ozod Otajonov.

Ustoz bilan bir bor suhbatlashgan odam shuuri oydinlashganday boʻladi, tiriklikdek bebaho neʼmatning qadrini teranroq anglaydi.

Oʻqituvchilik kasbi zarracha qadrlanmagan davrlarda ham ana shunday fidoyilik bilan 41-yil ishlagan Ozod Otajonov 2008-yildan beri nafaqada. Davlatbika Tursunova bilan ahil yashab, kamolga yetkazgan 4 qiz, ikki oʻgʻilning ardogʻida keksalik gashtini surib yashayapti. Qizlarining hammasi uyli-joyli boʻlib, oʻsib-unib, oʻzliridan tinchib ketishdi. Oʻgʻillari Hamidullo, Xayrullo, ikkala kelin ham ota kasbini davom ettirishayapti.

Ularning oila qurganiga bu yil kuzda 40-yil toʻldi. 40-yil sen-menga bormay, ahil-inoq yashab, farzandlarini ham odobli, ilmli, halol va el koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazishdi. Shuning uchun ham ularning oilasi joriy yilda "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi OFY, MFYlar bilan hamkorlikda oʻtkazgan "Eng ibratli oila” koʻrik-tanlovining ovul bosqichi gʻolibi, deb eʼtirof etilib, tuman miqyosidagi bosqichda ishtirok etishdi.

- Opangiz ikkimiz ham keksalikka kirdik, deb qarab oʻtirmaymiz, doimo el bilan birgamiz, boʻsh vaqtlarimizda nevaralarimizni yonimizga olib, tomorqa ishlariga, mol-tovuqqa qaraymiz, - deydi Ozod aka kulib.

Shuning uchun ham ularning hovlisi atrofi yam-yashil daraxtlar, gullar bilan juda tarovatli. 18 nafar nevara, bir chevara quvonchini koʻrgan ustoz esa baribir tinim bilmaydi, gʻayratli, koʻnglida ertangi kun rejalari. Bularning barida kishini ezgulikka, intilishga chorlaguvchi ajib bir hikmat mujassam. Bu hikmatdan koʻpchilik oʻrnak olsa arzigulik.

 

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019