Ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar ekiladi
Mamlakatimiz qişloq xöjaligida erişilayotgan yuksak natijalar, xususan, ğallaçilik sohasidagi muvaffaqiyatlar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Amudaryo tumani mirişkorlari joriy yilgi ğalla topşiriş şartnomaviy rejasini respublikada birinçilardan bölib, ortiği bilan bajarib, yuksak marralarni zabt etişdi.
Joriy mavsumda tuman böyiça 12 ming 222 tonna ğalla topşiriş belgilangan edi. Fermer xöjaliklari va fidokor dehqonlarning tinimsiz, halol mehnati samarasi ölaroq, mazkur reja 108,4 foizga bajarildi. Natijada davlat xirmoniga 13 ming tonnadan ortiq sara buğdoy yetkazib berildi. Eʼtiborli jihati şundaki, Amudaryo tumani ötgan yillarda ham ğalla topşiriş rejasini mamlakat miqyosida birinçilardan bölib uddalagan edi. Bu esa hududda dehqonçilik madaniyati, agrotexnik tadbirlarning töğri va öz vaqtida olib borilişi mustahkam va barqaror tus olganidan yaqqol dalolat beradi.
Ana şunday ulkan zafarda tumandagi har bir hududning, har bir fermer xöjaligining öziga xos munosib uluşi bor. Xususan, tumanning Qumyop mahallasida joylaşgan "Miskin ota" fermer xöjaligi ham bu borada yuqori natijalarga erişib kelmoqda. Tajribali va intiluvçan rahbar Sarvar Matçonov yetakçiligidagi mazkur xöjalik joriy yil hosili uçun 35 gektar maydonga serhosil "Alekseyeviç" navli ğalla uruğini qadagan edi.
Yerga mehr beriş, parvariş va agrotexnika qoidalariga qatʼiy amal qiliş tezda öz samarasini körsatdi. Şartnomaga muvofiq xöjalik 112 tonna don topşirişi kerak bölgan bölsa-da, amalda bu körsatkiç 115 tonnani taşkil etib, şartnomaviy reja ortiği bilan bajarildi. Bunday yuqori hosildorlikka erişişda, albatta, ekin yerlarining maxsus lazer qurilmasi yordamida tekislangani, ekiş, suğoriş, oziqlantiriş, suspenziya bilan işlov beriş va boşqa barça agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida bajarilgani hal qiluvçi omil böldi. Ilğor innovatsion texnologiyalarning joriy etilişi suvdan oqilona foydalaniş va öğitlarning yerga bir tekis singişini taʼminlab, hosildorlikni keskin oşirişga xizmat qildi.
Mazkur fermer xöjaligida jami 41 nafar ijaraçi mehnat qilmoqda va ularning har biri jamoaning umumiy muvaffaqiyatiga kundalik mehnati bilan öz hissasini qöşib kelmoqda. Örim-yiğim mavsumida ayniqsa kombayn haydovçisi Tölqin Erdaşev hamda xöjalik iş yurituvçisi Zokir Eşmonovlarning xizmatlari alohida eʼtiborga molikdir. Ularning öz kasbiga bölgan sadoqati va keçayu kunduz qilgan fidokorona mehnati natijasida pişib yetilgan hosil zarraça nes-nobud qilinmasdan, qisqa muddatlarda örib-yiğib olindi.
Xöjalik tasarrufida jami 6 ta zamonaviy qişloq xöjaligi texnikasi, jumladan, "Orion", "VT-150" hamda 2 ta "Belarus 80x" rusumli traktorlar mavjud bölib, uşbu qudratli texnikalar dala işlarini unumli, tezkor va sifatli bajarişda dehqonlarning asosiy kömakçisiga aylangan.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, "Miskin ota" fermer xöjaligi faqatgina ğallaçilik bilan çeklanib qolmagan. Bugungi kunda xöjalik tasarrufidagi 50 gektar yer maydoniga "Sulton" navli çigit ekilgan bölib, hozirda ğöza parvarişi ham eng qizğin pallaga kirgan. Mehnatkaş dehqonlarning kelgusi rejalari ham bisyor: endilikda ğalladan böşagan yer maydonlaridan yanada samarali foydalaniş maqsadida, bu joylarga takroriy ekin sifatida moş ekiş rejalaştirilgan. Bu tadbir, öz navbatida, tuproq unumdorligini oşiriş va tiklaş bilan birga, bozorlarimizni arzon hamda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaşga, qolaversa, fermer xöjaligining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.
Amudaryolik mirişkorlarning şijoati, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayangan holda yerga bölgan munosabati yurtimiz farovonligi va xalqimiz dasturxoni tökinligini taʼminlaş yölidagi eng mustahkam poydevor vazifasini ötamoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶